7-mavzu. Power Point da animatsiyali grafik va sxemalar tuzish
Matn va diagrammalar kiritib bo`lingach, har bir slaydni qayta ko`rib chiqish kerak.Ba’zi slaydlarga kiritilgan izoxlar prezentatsiya moxiyatini auditoriyaga etkazishda katta yordam berishi mumkin. ”Risovanie” asboblar oynasidagi “Tekst” tugmasini ishlatib,slaydning ixtiyoriy joyida shu mavzuni yorituvchi matnlarni annotatsiyalar ko`rinishida kiritish mumkin. Bundan tashqari bu qadamda “Risovanie” asboblar oynasidan foydalanib, slaydlarni rasmlar bilan to’ldirishingiz mumkin. Oddiy holda annotatsiya bu biror diagrammani yorituvchi va u bilan chiziq orqali bog’langan matndir. Lekin POWER POINT muhitining kuchli grafik vositalari yordamida ancha murakkab grafik obrazlarni ham yaratish mumkin.
Agar siz rasmlar chizishda qiynalayotgan bulsangiz, ko`plab tayyor rasmlardan iborat bo`lgan ”Servis” menyusining «Avtografika» bo`limi yordamida chaqiriladigan POWER POINTning grafiklar kutubxonasi «Risunok» dan foydalanishingiz mumkin. POWER POINTda rasmlar kategoriyalarga bo`linadi.
Grafiklar kutubxonasi «Vstavka kartinki».Rasmda ko`rsatilgandek, slaydning qabul qilinish samaradorligiga matnga mos rasmni tanlash bilan erishish mumkin.
Rasmlar bilan birgalikda oldin boshqa dasturlar tomonidan yaratilgan illyustratsiyalar, shuningdek, skanerlangan fotosuratlarni ham joylashtirish mumkin. POWER POINT boshqa muxarrirlardagi rasmlarni ham bemalol ekranga chiqaradi.
Rasmni joylashtirish algoritmi.
1."Risunok" punktini tanlash.
2. Kutubxonadan kerakli rasm faylini tanlash, yoki rasm chizilgan faylning nomini ko`rsatish.
3. Rasmni slaydning kerakli joyiga joylashtirish.
4. Rasmning o’lchamlarini zarur kattalikkacha o’zgartirish.
Prezentatsiyadagi rasmlar juda muhim rol o’ynashi sizga ma’lum albatta.Rasmlarni chizmasdan, moxir rassomlar yaratgan asarlardan Risunok kutubxonasidan foydalanish mumkin.
Prezentatsiyani yaratish uchun menyuning «Vstavka» bo`limidan foydalangan bo`lsangiz, «Kartinka» buyrugi prezentatsiyangizda asosiy tayanch iboralarni topib, mavzuga mos rasmlarni tanlash imkonini beradi. Slayd rejimida «Vstavka» menyusidan «Risunok» buyrug’i tanlansa, ekranda «Kartinka» muloqot oynasi hosil bo`ladi. Rasm joylashtirilishi kerak bo`lgan slaydga o’tish uchun kalitli so’zlar orasidan keraklisini tanlash, hamda «Na slayde» ro’yxatidan zarur slayd tanlanib, «Pokaz slayd» tugmasi bosiladi (tanlangan rasm ajratilgan bo`ladi). Eski ajratilgan rasm yoki kutubxonadagi ixtiyoriy rasm ajratilib, «Vstavit» tugmasi bosiladi.
Slayd rejimida ixtiyoriy slaydga grafikani «qo’lda» joylashtirishingiz mumkin. Agar slayd bilan ish boshlaganda, grafika uchun ajratilgan ikkita avtorazmetkadan bittasi tanlansa, grafika uchun ajratilgan joyda sichqoncha tugmasini ikki marta bosish, “Kartinki” kutubxonasini yuklaydi.
-«Standartnaya» asboblar oynasida «Vstavit grafiku» tugmasini tanlash;
-«Vstavka» menyusida «Grafika» buyrug’ini tanlash, Microsoft ClipGallery kutubxonasining muloqot oynasini yuklaydi. Muloqot oynaning chap tomonida bo`limlarning alfavit bo’yicha nomlari, rasmlar o’ng tomonda joylashgan bo`ladi. Ma’lum bo`limdagi rasmlarni ko`rish uchun, ro’yxatda shu bo`lim nomida manipulyator tugmasi bosiladi. Kerakli rasmni sichqoncha tugmasini bir marta bosib tanlangach, rasm ramka bilan o’raladi. «Vstavit» tugmasi rasmni slaydga joylashtiradi (yoki rasm ustida sichqoncha tugmasi ikki marotaba bosiladi). Slaydga joylashtirilgan rasmni kerakli joyga surish mumkin.Burchaklardagi markerlarni surib, rasm o’lchamini o’zgartirish mumkin.Ctrl tugmasi bosib turilsa, rasm markazga nisbatan kichrayadi, yoki kattalashtiriladi.Ctrlni bosib turib, rasm surilsa, yangi joyda uning nusxasi hosil bo`ladi.
Prezentatsiya vaqtida siz o`zingizning barcha qobiliyat va energiyangizni grafikingizdagi kichkina texnik qismlarini tushuntirishga qaratasiz. Yaxshiki, siz matnli va grafik sohalar yonida paydo bo`luvchi matnli maydonlardagi qisqa izoxlardan foydalanishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |