Mashinasozlik sanoatini tarixi O‘zbekistonda Mashinasozlik
sanoatining dastlabki korxonalari
.
Bir qarashda O‘zbekiston mashinasozligi ma’lum bir bosqichni bosib o‘tgan,
o‘z tarixiga ega bo‘lgan sohalardan biri. Sobiq sho‘rolar davrida o‘lkamizda
qishloq
xo‘jaligi
mashinalari
ishlab
chiqaradigan
«Tashselmash»,
«O‘zbekselmash»,
Toshkent
traktor
zavodi,
Ekskavator
zavodi,
«CHirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi
traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tor ma’nodagi ishlab chiqarish
quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
O‘zbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr
boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta
kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, t. y., paxta tozalash va
yog‘ zavodlarini ta’mirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy
hajmida og‘ir sanoat va metallga ishlov berish tarmog‘ining hissasi 1,3% ni tashkil
etgan. 1920-y. lardan q. x., sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan
mavjud ta’mirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927 y.
noyab. da Toshkentda «Boshpaxtasanoat»ning mexanika zavodi ishga tushirildi.
1931 y. da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar i. ch.
va q. h. texnikasi ta’miri bilan shug‘ullanadigan «Qishloqmash» (hoz.
«Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi» aktsiyadorlik jamiyati) tashkil
etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kulьtivatorlar tayyorlash yo‘lga
qo‘yildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-
yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yo‘q edi. O‘zbekistondagi bir
necha avtomobilь tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939 y. da
ishga tushirilgan), yengil mashinalarga xizmat ko‘rsatadigan «O‘zavtotexxizmat»,
«O‘zavtoVAZxizmat» i. ch. birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va aholining
avtomobillariga texnika xizmati ko‘rsatib kelgan. Avtomobilsozlik sanoati
sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobilь
industriyasini barpo etish, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar
hamda ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish servis xizmatini yo‘lga qo‘yish,
respublika xalq xo‘jaligining avtotransport texnikasiga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirish, avtomobilь sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar bilan jahon
bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda
Traktorsozlik
va
qishloq
xo‘jaligi
mashinasozligi.
Respublika
mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq
hissasiga to‘g‘ri keladi. 90-y. boshigacha tarmoqning ko‘pgina mahsulotlari sobiq
Ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan. MDH mamlakatlari bo‘yicha paxta terish
mashinalari,
chigit
seyalkalari,
paxtachilikka
moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining
asosiy
kismi
O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. 30-y. lar boshida paxtachilikda ishlatiladigan
ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun
texnologik va b. jihozlar O‘rta Osiyoda yagona «Boshpaxtasanoat»ning mexanika
zavodida tayyorlangan. 90-y. ga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi
tarmog‘ida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatdi. Bu
tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik
texnikasi kompleksi, bog‘dorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari
reduktorlari, chorvachiliq ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h.
k. ishlab chikariladi. 20-a. ning 90-y. lar boshida quvvati 30 ot kuchi bo‘lgan TTZ
– 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi.
Traktorsozlikning yirik korxonalari — «Toshkent traktor zavodi» davlat-
aktsiyadorlik jamiyati va «O‘zKeystraktor» qo‘shma korxonasida TTZ-30, MT-30,
TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 («Keys»), SXR-100 va boshqa paxtachiliq
universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar,
shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘idagi
yirik korxonalardan biri «O‘zqishloqmash» aktsiyadorlik jamiyati chigit se-
yalkalari, ko‘sak chuvish mashinalari, rotorli o‘rim mashinalari, TTZ-30 va b.
traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ekkichlar,
«Kimyoqishloqmash»
aktsiyadorlik
jamiyati
q.
x.
da
ishlatiladigan
tirkamali purkagichlar ishlab
chiqariladi.
Paxtachilikni
kompleks
mexanizatsiyalash
uchun
mashina
va
mexanizmlar, g‘o‘za kulьtivatorlari,
chizelkultivatorlar, o‘g‘it solgichlar, ariq qazgich tekislagichlar, ko‘sak terish
mashinalari,
pluglar, chorvachilik uchun
turli
mashinalar
va
b.
mahsulotlar «CHirchiqqishloqmash» aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi.
1959 y. dan «Toshqishloqmash» aktsiyadorlik jamiyati paxta terish mashinalarini
ishlab chiqarishga ixtisoslashdi (dastlabki paxta terish mashinasi 1949 y.
tayyorlangan). Hozirgi davrda korxonada yangi, gorizontal shpindelli XMG-04 va
XMG-12 o‘rnatiluvchi paxta terish mashinalari, «O‘zKeysmash» qo‘shma
korxonasida «2022 Kotton Ekspress» ikki qatorli, gorizontal shpindelli
o‘ziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. Bog‘dorchiliq tokchilik va
polizchilikda
foydalaniladigan
mashina
va
moslamalar
«Bog‘dorchilik
mashinasozligi zavodi» aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. Zavod 1969 y.
ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi tarzida tashkil etilgan, keyinchalik
Toshkent tajriba eksprimental
zavodi
bilan
«O‘rta Osiyo qishloqmash»
birlashmasiga aylantirilgan. «Urganchozuqamash» aktsiyadorlik jamiyati (1987)
osma
traktor
uroq
mashinalari,
traktor
xaskashlari, sholi o‘rish
mashinalari, Buxoro ixtisoslashtirilgan tajriba zavodi chorvachilik jmhozlari,
g‘o‘zapoya yulgichlar i. ch. ga ixtisoslashgan.
Respublikada umumiy mashinasozliq to‘qimachilik sanoati, paxta tozalash
sanoati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va korxonalari 1994 y.
da
tashkil
etilgan
O‘zbekiston
mashinasozligi
sanoati
uyushmasi
(«O‘zmashsanoat»), qishloq xo‘jaligi mashinalari va traktorsozlik korxonalari
«O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding» kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va
unga texnika
xizmati
ko‘rsatish korxonalari
O‘zbekiston avtomobilsozlik
korxonalari uyushmasi («O‘zavtosanoat»), elektrotexnika, radiotexnika sanoati
korxonalari O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika sanoati korxonalari
uyushmasi («O‘zeltexsanoat») tarkibiga kiradi. 2002 y. da O‘zbekiston
Mashinasozlik sanoatida 716 dona kuchli tok transformatorlari, 35130 dona
avtomobilь (shu jumladan, 414 avtobus), 3148 dona traktor, 65 dona paxta terish
mashinasi ishlab chiqarildi .
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq
yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi,
to‘qimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-
atining salmog‘i katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan
avtomobilsozliq radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |