7-mavzu. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O'zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari Mavzuni o’rganishdan maqsad


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun



Download 108,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana26.06.2022
Hajmi108,86 Kb.
#706017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

2.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun
ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda
qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar
strategiyasi to'g'risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni
modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani
ayniksa e'tiborga molik. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi
rivojlanish yo'nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik
asoslangan darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni
himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi
organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa
sifatida belgilanadi” .
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati
tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o'rtasidagi munosabatlarning samarali
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so'nggi yillarda konstitutsiyaviy
qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan,
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
ayrim moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (78, 80, 93, 96 va
98-moddalariga)”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini
yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo'ldi.
Hokimiyat sub'ektlari o'rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga
erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga
kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni
takomillashtirishga yo'naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari
mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida
o'zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo'g'inlarni nazarda tutadi.
Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar
qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi
Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar
hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun
taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi
hokimiyat mustakilligini va ta'sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini
taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va
muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada
kuchaytirishga ko'maklashuvchi institut bo'ldi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan
yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining
sub'ektlari, ya'ni, davlat boshlig'i bo'lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini
ta'minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to'g'risidagi ta'limotga


ko'ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to'g'ri taqsimlanishi davlat idoralari
faoliyatining barqarorligini, ular o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilishini
kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib
va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma'noda demokratik tabiatga
ega bo'lishi va inson huquqlari izchil ta'minlanishining garovidir.
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va
ma'muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy,
milliy, jug'rofiy, ma'naviy va boshqa omillar ta'sirida shakllanadi. Boshqaruv
madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va
turg'undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt
ichida o'zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi
tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o'zgartirish
(yangilash) mumkin, ammo bosharuvga bog'liq mafkurani, mentalitetni, ongni va
madaniyatni darxol o'zgartirishning iloji yo'q.
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini
modernizatsiya qilishning bir qator yo'nalishlari va vazifalari Harakatlar
strategiyasida belgilab berilgan. 
Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi
printsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular
boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar
taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar
o'rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat
boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish,
davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochikligi kabi
tamoyillardir.
Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparata faoliyatining qonunchilik, huquqiy
bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi.
Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug'ullanuvchi
organlarning tarkibiy tuzilmasi va funktsiyalarini ratsionallashtirish ma'muriy
islohotning muxim vazifasi xisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy
tuzilmalarning bo'lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo'lishini
bartaraf etib borish talab etiladi.
Turtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini
ta'minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta'minlovchi
samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini
faollashtirish zurur.
Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma'muriy
islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy
asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida axamiyat kasb etadi.
Bunday huquqiy xujjatlar qatorida Ma'muriy protsessual kodeksning, “Ma'muriy
protseduralar to'g'risida”gi va “Davlat xizmati to'g'risida”gi qonunlarning qabul
kilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o'tiladi.
O'zbekistan Respublikasida sudьyalar mavqeini oshirish bo'yicha sudьya
lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini va


shundan so'ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudьyalarga
nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan
Resiublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida

gi PF-4966-son Farmoniga
ko'ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudьya katta
yordamchisi, sudьya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudьyalarni
odil sudlov bilan bevosita bog'liq bo'lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda
sudьyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi.
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni
tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudьyalar
xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekistan Respublikasida sud
hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini
ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekistan Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi
tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudьyalik lavozimlariga
nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas'uliyatli mutaxassislar
orasidan sudьyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudьyalik lavozimlariga
ko'rsatish uchun tavsiya berish yo'li bilan sudьyalar korpusini shakllantirish,
sudьyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish
borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish, odil
sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo'yicha
takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning
mexnatiga xaq to'lash normalari va pensiya ta'minoti mexanizmini belgilash, shu
jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirish
tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan
ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo''tabar tutishi, xalol va
beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishi,
xar kanday nojuya harakatlar yoki shunday bo'lib ko'rinishi mumkin bo'lgan
harakatlardan o'zini tiyishi, o'zining sudьyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy
manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini
saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida
taraflarga sabr-toqatliligini va obro'sini ko'rsatishi, shaxsiy xayotda yuksak ahlokiy
qoidalarga amal qilishi shart.
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekistan Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq
bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturining ikkinchi yo'nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam
mustaqilligini ta'minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O'zbekistan
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Respublikasi sud
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4966-son Farmoni bilan sudьyalar
xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekiston Respublikasida sud


hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini
ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi
tashkil etildi. 
Mazkur farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik
sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iktisodiy sud ish yurituvi
soxasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy
sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni
ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil
etish; O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy harbiy sudlarning
159 ta shtat birligini qisqartirish va O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining
qo'riqlash vzvodini tugatish; 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay'ati, O'zbekiston Respublikasi
Harbiy sudi, okrug va xududiy xarbiy sudlar shtat birliklarini sudьyalar va xarbiy
sudlar xodimlaridagi xarbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan xarbiy
xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saklanmagan holda
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O'zbekiston Respublikasi
Oliy sudi tizimiga o'tkazish; 
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xarbiy xay'atini tugatib, O'zbekiston
Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov xay'atini tashkil etish;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarini
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib
o'zgartirish; ishlarni birinchi instantsiyada ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan 71 ta
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi
kotibi lavozimini tugatib belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning
tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish
ma'qullandi.

Download 108,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish