- bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 292 940 so'm;
- zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz
fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 179 755 so'm kilib belgilandi.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash tizimini tubdan
takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va axolining boshqa ijtimoiy extiyojmand
qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so'zsiz ta'minlash, ularning
O'zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar
uchun to'lovlarni to'siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida O'bekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaki,
pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doyr
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-2753-son karori qabul kilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevralь oyidan boshlab:
- barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida xech kanday cheklovlarsiz
to'liq xajmda naqd shaklda beriladi;
- 58 ta tog'li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to'lash,
ijtimoiy to'lovlar hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga
oshiriladi;
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo'lsada,
o'tgan yili Bandlikka kumaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5
foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl
va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik.
Bunday xolat bandlikka ko'maklashishiing faol siyosat choralarini amalga oshirish,
ya'ni ish o'rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj axoli
toifalarini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish chorasini
ko'rishga zaruriyatini keltirib chikaradi.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi
muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta'lim
yo'nalishlarini qisqartirishii va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab
chiqarish soxasi, uy-joy kommunal xo'jaligi soxasi mutaxassislari tayyorlashni
kengaytirishni ko'zda tutuvchi o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim mutaxassislik
yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo'nalishlariga
bag'ishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida
ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to'xtalib,
quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar: «Uchinchi vazifa - ayollarni ularga munosib
mexnat bilan bandligini ta'minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari
yaratish borasidagi muxtsm masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik,
xunarmandchilik, tomorqa xo'jaligini keng rivojlantirish ishlari amalga
oshirilmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: