Nutk mexanizmi. - Nutk uzining fiziologik negiziga kura eshitish va xarakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya kobigida tashki olam tomonidan buladigan turli xil kuzgatuvchilar bilan suzlarning talaffuz kilinishini boshkarib turadigan tovush paychalari, xikildok, til va boshka a'zolar xarakati urtasidagi muvakkat boglanishlar urnatiladi. Nutk ikkinchi signallar sistemasi negizida amal kiladi.
- So’z, I.P.Pavlov aytganidek, "signallar signali"dir. Suzlar birinchi signallar sistemasi signallarini,olamning timsolllar tarzida mavjud bulgan turli-tuman taassurotlarni xabar kilgan xolda bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan ta'sirlarga turtki berishi mumkin. Suzlar va ularning birikmalari xar doim miyada birinchi signallar sistemasi signallarining mavxumlashtirilishi, umumlashtirilishi va kayta ishlanishi natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon uni ta'min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga keltirishga tayanadi.
- Nutkni programmalashtirish-nutkiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan fikrning ma'naviy uzagini tuzish birinchi boskich xisoblanadi. Buning uchun inson muxim deb xisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroksizlari, ya'ni ikkinchi darajalilari bir chetga surib kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning kidirib topilishini, ularni eng anik talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va nixoyat, jumlani ovoz chikarib aytila boshlaydi, ya'ni nutk real tarzda ruyobga chikadi. Shunday kilib, "gapirish" jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bulgan axborotni kodlashtiradi. xamsuxbat (resipiyent) tinglash jarayonida olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan nutkning tovushlarini boskichma-boskich suzlar moxiyatiga aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmokchi bulgan suzi anglab yetilishini ta'minlaydi. Tinglovchining unga xabar kilingan narsani tugri tushunganligi kommunikator uchun fakat resipiyenning uzi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib yetganini ma'lum kilganidan keyingina anik-ravshan buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |