7-mavzu Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, va dinlararo bag’rikenglik, (tolerantlik) ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti



Download 17,11 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2020
Hajmi17,11 Kb.
#48635
1   2   3
Bog'liq
Mamlakatda millatlararo

Millatlararo totuvlik - milliy mafkuraning asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha. Yoki boshqacha aytganda, millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omildir.

O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo’lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag’rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O’sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o’rganganlar, ustozshogird bo’lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.

Bu muqaddas Vatanda azizdir inson ”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan” g’oyalarining ijtimoiy ma’naviy ahamiyati O’zbekistoda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili,madaniyati,diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarini hurmat qilish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirishga ko’maklashish. Umumiy maqsad-Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini mustahkamlash istagiumumiy taqdir va kelajak, O’zbekistonda yashaydigan barcha xalqlarni yanada hamjihat bo’lishga, o’zlarini bir butun xalq-o’zbekistonlik deb, O’zbekiston uchun o’zini mas’ul deb his qilishga, taraqqiyotda yanada yuksak pog’onaga qo’tarilishga da’vat etadi. Bugungi xayotiy, zarurat shuni taqazo etmoqda. “Shu aziz Vatan -barchamizniki” amalda ana shu umummilliy g’oyaning xususiy ko’rinishlaridan biridir. U mamlakatimiz xalqlarini, millatdan, dinidan, tilidan qat’i nazar, Vatan ravnaqi yo’lida, yangi jamiyat barpo etish yo’lida birlashtiradigan milliy konsolidatsiyani kuchaytiradigan qudratga ega omildir.

8 mavzu

Taraqqiyotning milliy modellari va ularning mazmuni. “O’zbek modeli”-evolyutsion taraqqiyot g’oyasining gumanistik xarakteri. Ijtimoiy ong va tafakkur yangilanishiga milliy taraqqiyot modelining ijobiy ta’siri. Tafakkurning mafkuraviy aqidalaran holi bo’lgan, har bir mamlakatning va butun jahon ma’rifatparvarligining sifat jihatdan yangi holatga o’tish shakllari va yo’llarining xilma-xilligini ko’rsatib beradigan yangi turi va uslubini yaratish zarurati yetildi. Shu bois eng taraqqiy etgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi yo’li chuqur o’rganildi va ulardan qaysi jihatlarni, qay tarzda joriy etish yoki joriy etmaslik tamoyillari ishlab chiqildi va eng muhimi, islohotlar jarayonida avvalo nimalardan voz kechish lozimu nimalarni asrab qolish kerak, nimalarni umumbashariy taraqqiyot tajribalari asosida rivojlantirish keragu nimalarni milliy an’analar negizida joriy etish kerak, degan hal etuvchi masalalarga oydinlik kiritib olish zurur edi.

Yangi tarixiy vaziyat –mustaqillikning o’zi ko’p narsaga oydinlik kiritdi va g’oyatda ulkan imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Islom Karimov bu haqda shunday degan edi: “Mustaqillik yillario’z o’tmishimizni, o’z madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu davr boy imkoniyatlarga ega bo’lgan respublikaning tang ahvolga solib qo’ygan sabalarni mafkuraviy aqidalardan xoli tarzda jiddiy tahlil qilish, tanglikni tezroq bartaraf etish yo’llarni izlash yillaridir. Bu davr ma’naviy uyg’onish va milliy o’zlikni anglashning o’sish davridir. Bu-ozodlik ruhi bilan, o’z kuchlariga, mamlakatning, xalqning yorqin kelajagiga ishonch bilan to’lb-toshgan davrdir ”.

2.Mafkuraviy munosabatlarda milliy va umuminsoniy manfaatlar birligini ta’minlash imkoniyatlari Talabalar ushbu rejani yoritishda I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asariga murojaat etishi zarur. Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o’z oldimizga asosiy vazifa qilib qo’yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o’tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o’rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.

Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy tsivilizahsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarilishida ona yurtimizda tug’ilib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o’zining ko’rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadimqadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YuNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi

9- mavzu


1.Mafkuraviy tarbiyaning yo’nalishlari va ijtimoiy funktsiyalari. G’oya va mafkuralar sohasidagi plyuralizm va tolerantlikni tarbiyalash. Ijtimoiy sub’ektlar, turli qatlamlar, partiyalararo munosabatlar uyg’unligini saqlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati. Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon. Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari o’z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g’oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g’oyalar ta’siriga tortishga, o’z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi. G’oyalar adolatli va haqqoniy bo’lib, ko’pchilikning talab, ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoiy bo’lsa, g’oyaviy tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishiladi. Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillarni O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo’nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, Ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.


Download 17,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish