7-mavzu. M ehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholining ish bilan bandligi reja


Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash



Download 54,74 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi54,74 Kb.
#684644
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu

7.3. Mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida 15 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni bir milliarddan oshib ketgan. Ular yer yuzi aholisining 20,0 % dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Yoshlaming 85,0 % rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Insoniyatning butun tarixi davomida hozirgi avlodning o‘qimishli ekanligi tan olinsa-da, 113 million nafar bo’la maktabga bormaydi. Zamonaviy dunyoda 130 million o‘smirning savodsiz ekani tan olinadi.


Ma’lum bo’lishicha, Yevropada 25 yoshgacha bo’lgan 5 milliondan ortiq ishsiz mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar, asosan, norasmiy shaklda ishlaydi. Yoshlar kam miqdordagi ish haqiga bo’lsa-da, ishlashga rozi bo’ladi. Iqtisodchilaming fikricha, yoshlar qanchalik ko‘p noqonuniy mehnat bilan band bo’lar ekan, mamlakat shunchalik iqtisodiyoti qiyin ahvolda qolaveradi. Jahondagi ishsizlik muammosi xavfli holat ekani tan olinadi. Bu nafaqat iqtisod uchun, balki ijtimoiy hayotda ham fojealarga sabab bo’ladi.
AQShdagi yoshlar orasida esa giyohvandlar, jinoyatchilar, ishsizlar, irqchilar soni ortib borayotganidan xavotirlar paydo boidi. Center for American Progress tadqiqot tashkiloti xulosalariga ko‘ra, ayni damda 10 milliondan ortiq yosh amerikalik ish topishga qiynalmoqda ekan.
Yoshlar orasidagi global ishsizlik 13,1 % ni tashkil qiladi. Bu kattalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘p ekanini ko‘rsatib turibdi. Xalqaro Mehnat tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, shuningdek, Lotin Amerikasi, Karib xavfzasi va Janubiy Yevropada bu boradagi ko‘rsatkich ancha yuqori ekani aytiladi. Kuzatuvchilarning fikricha, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yoshlar global inqirozning asosiy jabrdiydasiga aylanishdi. Vaziyatni tahlil qilgan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti bu holatni yoshlar o‘rtasidagi inqiroz deb atadi.
Inqirozning yana bir sababi, rivojlangan davlatlarda ish beruvchilar yoshi kattalami emas, balki yoshlarni ishdan bo‘shatishni afzal ko‘rishadi.
Yoshlar o‘rtasida ishsizlar soni bo‘yicha Afrika qitasi yetakchilik qiladi. Liberiya, Malavi va Togoda 25 yoshgacha bo’lgan yoshlaming 70,0 % dan ko‘prog‘i ishsizlikni o‘ziga kasb qilib olgan. Bu kabi muammoni iqtisodi taraqqiy etgan Xitoy va Hindiston ham bartaraf eta olmayapti. To‘g‘ri, bu ikki mamlakatdagi vaziyatni Afrika va Lotin Amerikasi bilan taqqoslab bo’lmaydi.
Yoshlar o'rtasida yana bir illat paydo bo‘lgan. XXI asr - ilm-fan va texnika, taraqqiyot asri. Zamonaviy dunyoni kompyuter, mobil telefoni, nanotexnologiya mahsulotlarisiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Ayni shu boisdan ham yoshlarning dunyoqarashi tubdan o‘zgarib ketdi. Bugungi yoshlar o‘z vaqtini mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishni o‘ylab emas, balki bekorga sarflayotgandek boimoqda. Ular kunlarini Intemetning ijtimoiy tarmoqlarida, virtiual olamda o‘tkazishni afzal ko‘rishmoqda. Internetga mubtalo bo’lish XXI asrning bedavo kasalligidir. Real hayotdan virtual makonga o‘tayotganlar ko‘payib borayotgani tashvishli hoi, albatta.
Yoshlar - bizning kelajagimiz. Agar mamlakatda yoshlar bilan bogiiq muammolar bor ekan, u mamlakatning kelajagi yo‘q. Kechagi va bugungi kun bilan emas, balki ertangi kun uchun ham yashash kerak. Buning uchun kelajak avlod borasida qayg‘urish lozim. Ularga barcha imkoniyatlami yaratib berish zarur.
O‘zbekistonda ham yoshlami ish bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb vazifalardan biri bolib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ular halol mehnat qilib, daromad topishi yoiida ko‘p ishlar qilinmoqda.
Xalqaro mehnat tashkilotining «Yoshlar o‘rtasida ishsizlik - 2017» ma’ruzasida ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda dunyoda 15-24 yoshdagi yigit-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 12,0 % ni tashkil qiladi. 2017-yilda kurrayi zaminimizdagi 70 mln dan ko‘proq yigit-qiz ish topa olmagan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan kamaygan bo’lsa ham, bugungi kunda jahon bo‘yicha jami ishsizlaming 35,0 % ni yoshlar tashkil etadi. Bu esa dunyo bo‘yicha ishsizlikning o‘rtacha darajasidan deyarli uch baravar ko‘pligini anglatadi.
Shu bilan birga, yoshlar mehnat bozorida raqobatdosh bo’lmaganliklari sababli juda kam ish haqiga ham ishlashga rozi bo’ladi. Xalqaro mehnat tashkiloti dunyodagi yosh ishchilaming 39,0 % (160 mln kishidan ko‘prog‘i) kambag‘allik darajasida kuniga atigi 3,1 AQSh dollari hisobiga kun kechirayotganliklarini qayd etdi.
Shuning uchun O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ushbu masalaga alohida e’tibor beriladi. Xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

  • yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • yoshlarni ishga joylashtirish va ularning ish bilan bandligi uchun shart- sharoitlar yaratish;

  • yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Davlat yoshlar o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin ulaming ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, yigit-qizlaming mehnat sohasida yoshga doir o‘ziga xosliklami inobatga olgan holda, ularga imtiyozlar berish va ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida imtiyozli kreditlar beriladi. Ularni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni shartnoma asosida rivojlantirish, tegishli imtiyozlar va afzalliklar belgilashga yo‘naltirilgan yoshlar tadbirkorligini qollab- quvvatlash dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat­ lashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolami ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalami barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish y o li bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zimmasiga yoshlarning ish bilan bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, mehnat bozori va yosh mutaxassislami ishga joylashtirish amaliyoti monitoringini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Mamlakatdagi mehnat organlari esa:

  • yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • yoshlarning ish bilan bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ulaming o‘ziga mos keladigan ish bilan bandligini ta’minlashda ishtirok etadi;

  • yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha innovatsion tizimni tashkil etadi;

  • yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarda yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Yoshlarning samarali ish bilan bandligini ta’minlash va ular orasida ishsizlik darajasini kamaytirish mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlaming eng asosiylaridan hisoblanadi. Uning samarali faoliyat olib borishi quyidagi chora- tadbirlami bajarishni talab etadi:

  • hududiy yoshlar mehnat bozoridagi o‘ziga xos, xususiy muammolarni yechishda mahalliy boshqamv organlari rolini kuchaytirish;

  • yoshlar o‘rtasida yuqori ishsizlik darajasi kuzatilgan hududlarda davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar hisobidan hududda ijtimoiy iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish;

  • monoiqtisodiy tuzulmaga ega aholi punktlari, shahar va sanoati rivojlangan hududlarda yoshlarning ommaviy ishsizligining salbiy asoratlarini bartaraf etish;

  • yosh xodimlami ommaviy ishdan bo‘shatilishlarining oldini olish, yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangilarini yaratish, yangi progressiv ishlab chiqarish tuzilmalari uchun yosh kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni istiqbolli rejalashtirish;

  • iqtisodiy jihatdan nochor korxonalar yosh ishchilarining mehnat huquqlarini ta’minlash, ish joyini yo‘qotgan yoshlarni samarali qoilab-quvvatlash;

  • malaka oshirish hamda ijtimoiy himoyalash maqsadida kerakli bo’lgan infratuzilmaga ega yirik «yoshlar qurilishlari»ni tashkil etish.

Milliy mehnat bozori va uning hududiy bo‘g‘inlarming tarkibiy qismi hisoblangan yoshlar mehnat bozorini shakllantirish murakkab, ko‘p bosqichli, uzoq muddatli, ammo obyektiv zarur bo’lgan jarayon hisoblanadi. Uning rivojlanishi yoshlar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham og‘riqli kechadi. Mazkur bozor unda aylanuvchi resurslaming o‘ziga xosligi bilan boshqa bozorlardan farqlanib turadi. Shu nuqtayi nazardan, u makro, mezo va mikroiqtisodiy muvozanatni, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda yoshlar mehnat bozori o‘z ichki tuzilmasiga, alomatlariga, qiziqish doirasiga va ish maromiga ega. U mehnat bozorining boshqa unsurlaridan turli-tuman munosabatlar bilan o‘zaro bogiangan har xil sifatli tarkibiy qismlar (kichik tizimlar, tuzilmalar, obyektlar) tizimi bilan farqlanadi.
Ma’lumki, yoshlik har bir inson hayotining o‘ziga xos davri bo’lganligi uchun, yoshlar mehnat bozorining tarixiy yaxlitligi haqida so‘z yuritish mumkin, chunki dunyo aholisining barcha avlodlari yoshlik bosqichidan o‘tgan. Bundan tashqari, sinfiy jamiyat yuzaga kelgan davrdan boshlab mehnat bozorida mulkdorlar tomonidan ijtimoiylashish jarayonini boshdan kechirayotgan va bo‘sh ish joylarini toidirish fazilatlari yoshlaming fazilatlariga mos keluvchi ishchi kuchi talab etilgan ish joylariga da’vogar bo’la oladigan ishchi kuchi taklif qilingan.



Download 54,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish