7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi



Download 418,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana23.12.2022
Hajmi418,43 Kb.
#895044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resources

Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi: 


- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i; 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; 
- qo’shilgan qiymat solig’i; 
- aktsiz solig’i; 
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 
Mahalliy soliqlar va yig’imlarga quyidagilar kiradi: 
- mol-mulk solig’i; 
- yer solig’i; 
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq
- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni 
sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari; 
- yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy 
shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im; 
- avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im; 
- obodonchilik ishlari uchun yig’im; 
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig’im; 
- va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan yig’imlar. 
Mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi. 
Soliq nimaga olinsa, o’sha narsa soliq ob’ekti bo’ladi. Soliq ob’ekti 3 guruhga 
bo’linadi: oborot, daromad va mulk. 
Soliq ob’ektining har bir soliq birligi uchun davlat tomoni-dan belgilab qo’yilgan 
me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki foizlarda ob’ektga 
nisbatan qo’l-laniladi. 
Soliq stavkalari proportsional, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
Proportsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bo’lgan yuridik va 
jismoniy shaxslar bir xil proportsiyada (ulushda) soliq to’laydilar. Bu yerda soliq stavkasi 
qat’iy o’rnatilgan bo’lib, proportsional ravishda olinadi. Masalan, korxona asosiy 
fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan undiriladigan soliq 
stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. so’mni (200 mln x 
2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko’zda 
tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan 
daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz mumkin. 
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o’sishi (oshishi) bilan mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi ko’payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko’payishi bilan soliq 
stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona byudjetga kam soliq to’lay boshlaydi. 
Reg-ressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’paytirish yoki o’z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag’batlantirish 
maqsadida qo’llaniladi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim 
mahsulotlar aktsiz solig’iga tortiladi. 
Aktsiz 
– bu ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo’yiladigan egri soliqdir. Egri 
soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga to’lovchilari aktsiz osti tovarlarini ishlab 
chiqarib sotuvchilardir. Ammo, soliqni haqikiy to’lovchilari mahsulolt yetkazuvchilardan 
tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchi-lardir. SHuning uchun bu soliq ba’zi 
mamlakatlarda iste’mol solig’i deb ham ataladi. 
Aktsiz solig’i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. 


Aktsiz solig’i stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilash har yilgi byudjetning asosiy ko’rsatkichlari belgilanganda ko’rsatiladi. Biroq, yil 
davomida aktsiz stavkalariga o’zgartirishlar kiritib borilishi mumkin. 
Aktsiz solig’i to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxo-nalar, mulk shaklidan 
qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aktsiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladilar. 
Kizil Yarimoy jamiyati korxonalari o’zlari ishlab chiqargan tovarlardan kelgan 
daromadlarini jamiyatning Ustavida ko’zda tutilgan vazifalarni bajarishga sarflasalar, u 
holda ular ham aktsiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladilar. 
Aktsiz solig’i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar tovarlar mamlakat 
ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
ASS = STO * A / 100; 
bu yerda, ASS – aktsiz solig’i summasi, so’m. 
STO – soliqka tortiladigan oborot, so’m. 
A – soliq stavkasi,%. 
Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aktsiz solig’i 
summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
STO = F * A * 100 / (100 - A); 
Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan oborot, so’m. 
F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so’m. 
A – soliq stavkasi, %. 
Aktsiz solig’i byudjetga ikki xil muddatda – har kuni va har o’n kunda to’lanadi. 
Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to’lov 
tovarlarning haqiqiy oboroti amalga oshgandan so’ng uning uchinchi kunida to’lanadi. 
Ikkinchi usulda aktsiz osti tovar-lari sotuvchi korxonalarning haqiqiy oborotidan har o’n 
kun o’tishi bilan soliq to’lanadi, ya’ni: 
- birinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 13-sanasiga; 
- ikkinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 23-sanasiga; 
- uchinchi o’n kunlik uchun – kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to’laydi. 
Aktsiz solig’iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida soliqqa tortiladigan baza aktsiz 
solig’i summasiga kamaytiriladigan tartib o’rnatildi. Yangi tashkil etilayotgan 
mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini bir yilga 
kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 
oy davomida to’lash huquqi berildi. Ilgari mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona 
soliq to’lash bo’yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to’lovini to’lash chog’ida 
saqlab qolindi. Yagona soliq to’lovini to’laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun 
hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi to’lashdan 
ozod qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli 
«Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlan-tirishni rag’batlantirish borasidagi 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes sub’ektlarini 
jadal rivojlantirishni yanada rag’batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi 
ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va 
kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, 


Respublika yo’l jamg’armasi va Maktab ta’limi jamg’armasiga majburiy ajratmalar to’lash 
o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etildi.
Mazkur farmonga binoan, yagona soliq to’lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-
kunigacha har chorakda to’lanishi belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli 
«To’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasida 
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan 
boshlab to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot 
tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo’yicha daromad (foyda) solig’i, mulk solig’i, 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, ekologiya 
solig’i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to’lashdan, 
shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasiga majbu-riy ajratmalar to’lashdan ozod qilindi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur 
soliq imtiyozlari: 
- 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha – 3 yil muddatga; 
- 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga; 
- 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil muddatga beriladi. 
SHuningdek, Farmonda ko’rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida 
qo’llanilishi belgilab qo’yilgan: 
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar – Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, 
shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining qishloq aholi 
punktlarida joylashtirish; 
- xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni 
O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni 
tashkil etishi lozim; 
- ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri 
xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish; 
- xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy 
texnologik uskuna tarzida qo’yish; 
- mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan 
daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga 
yo’naltirish. 

Download 418,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish