hujjatlarning tili va uslubi
masalasidir.Hujjat tayyorlash
va rasmiylashtirishda ,eng avvalo ,o’zbek adabiy tilining barcha qonuniyatlati va
qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish lozim. Har bir rahbar, boshqaruv
muassasalarining hodimlari, umuman faoliyati hujjatchilik bilan bog’liq har bir kishi
o’zbek tilining imlosini, tinish belgilarini va uslubiy qoidalarini egallagan bo’lishlari
lozim. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo’nda va
teran mantiqiy hujjatlarni yaratib bo’lmaydi.
Hujjat ma’lum ma’noda uni yozgan kishining savodxonligini ko’rsatadigan
oynadir. O’zbek tilining vazifaviy jihatdan amalda, iste’molda bo’lish yo’llarini
ham farqlab, ularni rasmiy uslubda shakkllantirish lozim. Har bir hujjatning o’ziga
hos rasmiylashtirish xususiyatlari ham borki, ularni inobatga olmasdan bo’lmaydi.
Hujjatlarning kirish va yakuniy qismlari deyarli bir xil. Ammo asosiy mazmuni ifoda
etadigan matnda farqlar jiddiy bo’ladi. Masalan,
ariza tilxat, tushuntirish xati,
tarjimai hol, ishonchnoma singari hujjatlar bir kishi tomonidan yozilgani
ushun uning rasmiylashtirilishi I shaxs tilidan bo’ladi va unda
men olmoshi,
ma’lum qilaman, iltimos qilaman, so’rayman, harakat qilaman, tug’ilganman,
tugatganman
singari
fe’lning I shaxs o’tgan va kelasi zamon shakllari ko’p
qo’llangan . Ma’lumotnoma, bayonnoma, dalolatnoma singari hujjatlarda esa
ko’pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda
berildi, tuzildi, eshitildi, qaror qilindi
singari so’z va jumlalar o’tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi. Buyruqlarning
rasmiylashtirilishi esa tamoman boshqacha. Unda qat’iyat ohangi kuchli bo’ladi va
topshirilsin, yuklatilsin, so’ralsin, ogohlantirilsin, tayinlansin, ozod etilsin
singari
fe’l shakllari buyruq maylida beriladi.
Mustaqillik yillarida Respublikamizda ancha o’zgarishlar yuz berdi. Yangi-
yangi qonunlar ishlab chiqildi. Hujjatlarimiz ham o’zbek tilida yurgizilishi yo’lga
qo’yilmoqda. Davlat tilida ish yuritish ancha yuksalmoqda.
Ijtimoiy munosabatlar doirasida o’lchamlar, idoralar va tashkilotlar,
korxonalar va muassalar o’rtasida o’zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari
mavjud bo’lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish qiladigan kishilarning
savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar,
ma’lum darajada kishilar shakllangan nutqiy madaniyati, ayni paytda bu hujjatlarga
bo’ladigan zaruriyat bilan bog’liq bo’ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini
huquqiy asoslarga qo’yish tartibida amalga oshirilgan. Demak, u davlat yoki
davlatlararo bo’ladigan ma’lum talablar darajasida bo’ladigan va dunyoviy
an’analarni ham o’zlashtiradi. Davlat ta’limining barcha bo’g’inlarini ana shu
hujjatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, ish faoliyati ana shu hujjatlar
yordamida tartibga solib turiladi. Shuning uchun ham, vaqti-vaqti bilan ish yuritishni
takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilib borilgan. Masalan:
Shunday qaror O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi tomonidan 1929
yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo’lib, “Ishlarni o’zbek tilida yurgizish ham
O’zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo’mitasi huzurida markaziy yerlashtirish
hay’ati va mahallarda muzofot yerlashtirish hay’ati tuzilishi to’g’risida” deb
nomlangan.
Yurtimizning mustaqilligi arafasida ( 1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili
haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo’ydi. Yangi
tahrirdagi Qonuning 9- moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida
ishning davlat tilida yutitilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi
alohida ta’kidlab o’tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish,
uni milliy asosga qo’yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18- avgustdagi 424- sonli qarori
bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1909- yil
29- martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirliklari,
davlat qo’mitalari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, kompaniyalarida va
boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil
etish bo’yicha na’munaviy yoriqnoma”lar fikrimiz dalilidir.
Mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo’l- yo’riqlari xodimlarning
faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o’rgatadi,
ish qog’ozlarining hamma joyda bir xil bo’lishini ta’minlaydi.
Ammo shunday qo’llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish
talab darajasida deb bo’lmaydi. Chunki 2000 yilda 10000 nusxada chop etilgan bu
kitob bilan hamma o’quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlanishi va har bir
talabaning qo’lida bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ish yuritishning tarkibiy qismi bo’lgan hujjatlarni ikki qismga bo’lib o’rganish
mumkin.
Rasmiy hujjatlar.
Shaxsiy hujjatlar.
Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va
mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o’rtasida olib
boriladigan yozishmalar tushuniladi.
Alohida shahslar, jamoa tashkilotlari o’rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini
qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo’riqnoma, nizom, qoida, ustav,
shartnoma singari hujjatlar kiradi.
Ma’lum bo’lyaptiki, ma’muriy- boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan
bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan
yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtai nazardangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol,
tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz
mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmuniga ega.
O’zbek tilining vazifaviy jihatdan amalda iste’molda bo’lishi yo’llarini
ham farqlab, ularni rasmiy uslubda shakllantirish lozim. Har bir hujjatning o’ziga
hos rasmiylashtirish hususiyatlari ham
Do'stlaringiz bilan baham: |