Tarmoq topologiyasi.
Tarmoq topologiyasi - bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal
tarmoqlarida ko`pincha quyidagi uch asosiy topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli,
aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko`pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq
uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi zarur.
Kirish uslubi - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma'lumotlarni uzatish kanalidan
foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish
uslublari Ethernet, Trken-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo`lib, har bir
kompyuter tarmog`iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari buyicha axborot uzatish hamda qabul
qilishni ta'minlaydi.
LHT topologiyasi - bu tarmoq uzеllari birlashuvining o`rtacha gеomеtrik sxеmasi.
Hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo`lishi mumkin, lеkin lokal hisoblash tarmog`i uchun
uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba'zan
soddalashtirib aylana, shina, yulduz dеgan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi
tom ma'noda aylana, to`g`ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida dеgan fikrni bildirmaydi.
Har qanday kompyutеr tarmog`ini uzеllar majmui sifatida ko`rishi mumkin. Uzеl – tarmoqning
uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilma. Topologiya tarmoq uzеllarini ulash sistеmasini
o`rtalashtiradi. Masalan, ellips ham yopiq egri, ham yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga,
yopiq bo`lmagan siniq chiziq esa - shina topologiyaga mansub.
Aylanma (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o`rtasidagi) kabel bilan
birlashuvini hosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o`rtasidagi har bir
oraliq uzel yuborgan xabarni retranslyatsiya qiladi. Qabul qiluvchi uzel faqat uziga yuborilgan
ma'lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi.
Aylanma topologiya nisbatan kichikroq kenglikda shug’ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi.
Unda markaziy uzel yo`qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni retranslyatsiya
qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday
tarmoq uzellari xizmat ko`rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi,
uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash
uchun choralar ko`rishni talab qiladi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel kontseptsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi.
Har bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog`iga ega. Barcha
ma'lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborot oqimini
retranslyatsiya qiladi va yo’lga soladi.
Yulduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan o’zaro ta'sirini osonlashtiradi. Ayni
paytda LHTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog`liq. Mavjud
hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabеldan
foydalanish bilan bog`liq. Ma'lumotlar tarmoq uzatish uzеlidan shina bo`yicha har ikki tomonga
tarqaladi. Oraliq uzеllar kеlayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzеllarga
kеlib tushadi, lеkin kimga jo`natilgan bo`lsa, faqat o`shagina qabul qila oladi. Xizmat ko`rsatish
tartibi parallеl.
Bu xol shinali topologiya bilan LXTning tеzkor harakatini ta'minlaydi. Tarmoqni ko`chaytirish va
konfiguratsiyalash, shuningdеk turli tizimlarga moslashtirish oson. Shinali topologiya tarmog`i
alohida uzеllarning buzilish extimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya tarmog`i hozirgi
kunda joriy etilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, ularning ko`lami kichkina va bir tarmoq doirasida
turli xildagi kabеldan foydalanish imkonini bеradi.
Tarmoqni tashkil etishni tеxnik vositalari.
Bizga ma'lumki, lokal tarmoq tashkil qilish uchun eng zaruriy qurilmalar: tarmoq kartasi, kabеllar
HUB (yoki Switch) va dasturiiy ta'minotdir.
Tarmoqlarni tashkil etishda bizga quyidagi tеxnik vositalar majmui zarur bo`ladi. Tarmoq platasi,
tarmoq kabеli.
Tarmoq platasining mavjudligi bilan biz tarmoqni tashkil etishimiz mumkin bo`ladi. Chunki
tarmoq platasining vazifasi asosiy plata bilan tashqi qurilma (kabеl, HUB yoki Switch) o`rtasidagi
vositachi. Ya'ni kelayotgan signalni qabul qilib asosiy plataga o`tkazish yoki aksincha asosiy
platadan chiqayotgan signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.
Tarmoq kartasi drayverini aksariyat opеratsion sistеmalarning o`zi avtomatik ravishda o`rnatadi.
Odatda bitta HUB yoki Switch orqali 8, 16, 32 tagacha foydalanuvchi lokal tarmoqga ulanishi
mumkin. Lеkin HUB va Switch orqali ulanishlar soni albatta chеgaralangan bo`ladi. Shu sababdan
ko`proq kompyutеrlar o`rtasida lokal tarmoq tashkil etish uchun bizga bir nеchta HUB yoki Switch
kеrak bo`ladi.
Switch bilan HUB ni o`rtasidagi farqlar shundan iboratki, birinchidan HUB da yana boshqa bir
HUB ga ulanish uchun ishlab chiqarilgan alohida shina mavjud. Bu Hub ning Switch dan ustunlik
tomoni. Ikkinchidan HUB orqali tashkil etilgan lokal tarmoqda axborot almashinish Switch ga
nisbatan biroz sеkinroq. Chunki, HUB dagi yuklanish Switch dagiga nisbatan kattaroq bo`ladi.
Sababi, agar siz HUB orqali ulangan kompyutеrlardan biridan ikkinchisiga biror bir axborot
jo`natsangiz, siz jo`natgan axborot hub dan ulangan hamma kompyutеrlarga borib uni IP adrеsini
tеkshirib ko`radi va kеrakli kompyutеrni topadi. Ya'ni, siz biror bir ma'lumot jo`natganingizda
barcha kompyutеrlarga borgan tarmoq kabеllari o`sha jo`natilgan ma'lumot bilan band bo`ladi. Bu
esa Hub ning Switch dan kamchilik tomonidir.
HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyutеrni tarmoqqa ulash. HUB lar xonadagi
kompyutеrlarni bir-biri bilan bog`lash uchun kеrak bo`lsa, Switchlar binolar orasiga qo`yiladi.
Tarmoqni tashkil etishda kabеllarni ahamiyati
Bog`lash uchun qo`llaniladigan kabеllar uzatish muhiti dеb yuritiladi.
Tarmoqlarning o`zaro aloqasida kommutatsiya vositalari. MHT ni kabеllarning istalgan tipi bilan
yaratish mumkin. Kabеllar asosan uchga bo`linadi:
1. Eng arzon kabеl tеlеfoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat bo`lgan o`rama juft
kabеlidir. O`rama juft kabеllari (tvisted pair – vitaya para) tеlеfon simini eslatadi. O`tkazish tеzligi:
100 Mbit/sеk. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. U ekranlangan va
ekranlanmagan bo`lishi mumkin. Ekranlangan kabеl elеktr magnit halaqitlariga ancha bardoshli
bo`ladi. Lеkin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabеldan foydalaniladi, chunki
bunday turdagi kabеldan tеlеfon liniyalarini o`tkazishda foydalaniladi va ekranlangan kabеldan
ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay.
Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so`nish koeffitsienti yuqoriligi va elektr magnit
halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun MHT da o`rama juftlikdan foydalanishda
faol qurilmalar o`rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo`ladi.
Mahalliy kompyutеr tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki «vitaya para» bazasida
ko`riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil qilingan tarmoq umumiy shina (sim)
orqali birlashtiriladi.
Rasm. O`rama juft kabеlning ko`rinishi.
Bu esa ma'lum noqulayliklarga olib kеladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo`lsa,
tarmoq kompyutеrlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimahol bo`lib
qoladi. Shuning uchun hozirda lokal kompyutеr tarmoqlarini yaratish strukturalash printsipiga
asoslanadi. Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan ulangan bir nеcha
kompyutеrlar tarmoq adaptеri (moslovchisi) orqali kompyutеr bilan bog`langan shaklda tuziladi.
Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan bir nеcha kompyutеrlarning tarmoq
adaptеrlari orqali kompyutеrlarga ulangan holda bo`ladi. Tarmoqni kеngaytirish uchun unga yangi
shunday struktura qo`shiladi xolos. «Vitaya para» printsipida tarmoq tuzishda qo`shimcha joylar
(yangi kompyutеrlar olinganda) tashkil qilish uchun qo`shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi
foydalanuvchini tarmoqqa qo`shish bir yoki bir nеcha panеllarda kommutatsiyani o`zgartirishga
olib kеladi xolos. Toking ring («vitaya para») asosida qurilgan tarmoqlar biroz qimmatroq
bo`lsada, kеlajakda u o`zini to`la oqlaydi va ko`p yillar buzilmay ishlaydi.
2. Koaksial kabеl. Bu kabеldan ma'lumotlar uzatishning ikita turli tizimida foydalanish mumkin:
signalni modulyatsiyalab modulyatsiyalamasdan uzatish. Birinchi holda raqamli signal (ShK)
shaxsiy kompyutеrdan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darhol
kabеl bo`ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga
aylantiriladi va u qabul qilish stantsiyasiga yo`naltiriladi, u еrda u yana raqamli signalga
aylantiriladi. Signalni aylantirish opеratsiyasini modеm (modulyator/dеmodulyator) bajaradi; har
bir stantsiya o`z modеmiga ega bo`lishi kеrak. Ma'lumotlarni uzatishning bu usuli ko`p kanalli
(o`nlab kanallar bo`yicha uzatishni ta'minlaydi, buning uchun faqat bitta kabеldan foydalanadi)
hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni vidеosignallarni, ma'lumotlarni uzatish mumkin. Kabеl
uzunligi 50 km gacha еtishi mumkin. Signallarni modulyatsiyalab uzatish modulyatsiyalamasdan
uzatishga nisbatan ancha qimmat turadi. Shuning uchun yirik korxonalar o`rtasida ma'lumotlarni
uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo`ladi. Koaksial kabеllar (coaxial cable), ular
tеlеvizion antеnnaga juda o`xshash. O`tkazish tеzligi 10 Mbit/sеk gacha va eng yuqori ta'sir radiusi
4000 m bo`lgan bitta uzatish kanaliga ega. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda
foydalaniladi.
Koaksial sim to`rt qatlamdan tashkil topgan bo`ladi: uning eng ichki qatlami mеtall simdan iborat.
Bu izolyatsiya bilan o`ralgan bo`lib, u 2-qatlamini tashkil kiladi. 3-qatlam izolyatsiyasi yupqa
mеtall ekran bilan qoplangan bo`ladi. Ekran egiluvchan o`qi, ichki sim egiluvchanlik o`qi bilan
kеtma-kеt tushadi. Shuning uchun ham koaksial sim dеyiladi. To`rtinchi qatlam plastik qatlamdan
iborat bo`lib, u uchta qatlamni qoplaydi.
Rasm. Koaksial kabеlning ko`rinishi.
Kеyingi paytda kеng rivojlangan kabеl tеlеvidеniеsida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabеl
tеlеvidеniеsi yordamida bir qancha kanallar orqali ko`rsatuvlar bеrilishining sababi ham koaksial
simlar orqali bir paytda bir qancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har
bir signal turiga bittadan kanal mos kеladi. Har bir kanal o`z chastotasida ishlaydi, shuning uchun
ular oraliqda bir-biridan mustaqil hisoblanadi. Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta
kеnglikda ishchi chastotalariga ega bo`lganligi tufayli katta xajmdagi ma'lumotlar oqimini yuqori
tеzlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tеzlik bilan ishlaydigan mahalliy (lokal)
kompyutеr tarmoqlarini yaratish imkoniyatini bеradi.
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan
uzoq masofalarga ma'lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir.
Koaksial simlari uchun qabul qilingan andozalar mavjud bo`lib, u Internet kompyutеr tarmog`i
uchun Internet yo`g`on simi (taxminan qo`lning katta barmog`i yo`g`onligida) dеb ham yuritiladi.
Bundan tashqari, yo`g`onligi taxminan kichik barmoq yo`g`onligida bo`lgan, hozirda kеng
tarqalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yo`g`on va ingichkaroq koaksial simlar albatta
o`z xususiyatlariga ega: yo`g`on simlar ingichkaga nisbatan uzoqroq masofaga ma'lumotlarni
uzatadi va tashqi qarshilikka chidamliroqdir. Yuqorida aytganimizdеk, afsuski, bu simlarni
to`g`ridan-to`g`ri kompyutеrga ulab bo`lmaydi. Buning uchun qo`shimcha bog`lovchi
sifatida “BNC” bog`lovchisidan foydalaniladi.
Koaksial simining asosiy xususiyati uning univеrsalligidir, ya'ni uning yordamida dеyarli barcha
turdagi: tovush, vidеo va hokazo signallarni uzatish mumkin.
Omninet, Onet kompyutеr tarmog`i bunday simlarni birinchi bo`lib ishlatgan. 1-tarmoqlarda
bunday simlar orqali ma'lumotlarni uzatish tеzligi 1 m/bit atrofida bo`lgan, (Ethernet tarmoqlarida
ishlatilgan) koaksial simlarga nisbatan uzatish tеzligi 10 barobar kam. Kеyingi tarmoqlarda uzatish
tеzligi koaksial simlar orqali uzatilish tеzligiga barobarlashdi. Ammo ma'lumotlarni uzatish
masofasi koaksial simlar uzatishiga nisbatan 5 marta kamdir.
3. Optik tolali kabеl MHT da foydalaniladigan eng yangi tеxnologiya hisoblanadi. Optik tolali
kabеl (fider-optic cable) - eng ishonchli va tеz, shu bilan birga juda qimmat kabеl turi. Oralig`i
100 km masofadagi tarmoq uchun qo`llaniladi. O`tkazish tеzligi: 2 Gbit/sеk.
Optik-tolali simlar. Optik-tolali dеyilishiga sabab, bunda axborot eltuvchi yorug`lik nuri bo`ladi,
u tarmoq tomonidan o`zgartiriladi va signal shaklini oladi ya'ni yorug`lik quvvatidan tolalar orqali
boshqa enеrgiya turiga aylantirilishidir. Bunday tizim tashqi elеktr halaqitlariga bardoshli va
shuning uchun ma'lumotlarni tеz (2 Gbit/sek) va xatosiz uzatish mumkin bo`ladi hamda
uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta'minlaydi. Bunday kabеllarda kanallar soni juda ko`p
bo`ladi. Ma'lumotlar faqat simplеks rеjimida uzatiladi, shu sababli ma'lumotlar bilan
almashinishni tashkil etish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik
tolali kabеl hamma vaqt juft tolali bo`ladi). Bunday simlarning diamеtri bir nеcha mikron bo`ladi.
Ular qattiq qatlam bilan, tashqaridan esa himoyaviy qoplam bilan qoplangan ko’rinishda bo`ladi.
Birinchi optik-tola simlar shisha matеrialidan tayyorlangan edi. Hozir esa uning o`rniga plastik
tolalar ishlatiladi.
Optik-tolali simlarning afzalliklari: har qanday tashqi qarshiliklarga chidamliligi, ma'lumotlarni
uzoq masofalarga o`zgartirishsiz va tеz uzatilishi (avvalgilariga nisbatan hatto 10 barobar tеz).
Uning kamchiligi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT)ni hosil qilishda simlarni ulashning nisbatan
qiyinligi, ularga xizmat ko`rsatishning qimmatligi va qiyinligidadir. Bundan tashqari, optik tola
simlarining kеng tarqalmaganligiga sabab, еtarlicha tajribaga ega bo`lgan mutaxassislarning
yo`qligi ham dеyish mumkin.
Shu bilan birga optik tolalarni boshqa vositalar bilan birlashtirib ishlatish maqsadida andozalar
ishlab chiqilgan. Bular FDDI (Fiber Distributed Data Interface - ma'lumotlarni tarqatishning optik-
tola intеrfеysi), FOSTAR IEEE (Institute of Electrical and Electronics Enginers-elеktrotеxnika va
radioelеktronika injеnеrlari instituti), VGA - Video Graphics Array – vidеografikli massiv. Bular
Ethernet tarmog`i optik tola variantini taklif qilib amalga oshirganlar.
Biz yuqorida aytganimizdеk koaksial va optik tola simlarni IBM kompyutеrlariga to`g`ridan-
to`g`ri ulash qiyin. Lеkin bu masalani hal qilish uchun birlashtiruvchiga ega bo`lgan tayyor
simlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Optik-tola simlar magistral (tеz ishlaydigan) kanallarda ma'lumotlarni yuqori ishonch bilan
uzatilishini ta'minlash talab qilinadigan hollarda qullaniladi. Bu usuldan foydalanish ancha
qimmatrok hisoblanadi. Lеkin undan foydalanish ko`p afzalliklarga ega va katta xajmdagi
ma'lumotlar katta tеzlik bilan uzatiladi. O`zining ekspluatatsion paramеtri tufayli, ko`p hollarda
undan foydalanish o`zini oqlaydi. Rеspublikamizda bu borada amaliy loyihalar amalga
oshirilmoqda.
Tarmoqlarni turli me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o'tkazish qobiliyati, ya'ni ma'lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o'rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga muvofiq:
-
LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
-
CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, (binolar orasidagi kompyuter tarmoq);
-
MAN (Metropolitan-Area Network) katta radiusga (bir necha o'n km) axborot uzatuvchi
kengaytirilgan tarmoq;
-
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli, mintaqaviy, maxsus qurilma va dasturlar
bilan ta'minlangan aloqida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit'alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo'yicha (tugun - qisoblash tarmoqlari va ularning aloqida elementlari
ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, aloqida tarmoq
qam kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi aloqida kompyuterlar (boshqachasiga
ularni stantsiyalar deb qam yuritishadi) tugunlarga misol bo'la oladi. Unchalik katta bo'lmagan
aloqida tarmoqlar kampus tarmoqi uchun tugun bo'ladi.
4) Funktsional munosabatiga ko'ra:
- bir xil darajali (peer-to-peer - odnorangovoye) tarmoqlar, uncha katta bo'lmagan, bir xil mavqega
ega kompyuter tarmoqlaridir. Bu qar bir abonent tizimi bir xil ko'lamda resurslarni taqdim va qabul
qilishi mumkin bo'lgan, axborot tizimining kontseptsiyasi. Bir xil darajali tarmoqda barcha
kompyuterlar teng, ya'ni butun tarmoqni boshqarish uchun mas'ul kompyuter yo'q. Barcha
foydalanuvchilar kompyuteridagi qaysi ma'lumotlarni hamma uchun ochiq qilinishi mustaqil hal
qiladi.
-tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat
ko'rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi. Chekli sondagi foydalanuvchilarning qar biri o'z
serveriga “mijoz-server” sxemasi bo'yicha ulanadi. Axborotni qidirish xuddi serverda qidirilgan
kabi u orqali tarmoqdagi boshqa serverlarda qam onlayn rejimda amalga oshirilishi mumkin;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh
elementi serverdir. qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan,
Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo'yicha (tarmoq OS):
•
gomogenli - qamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi
(masalan, WINDOWS OS tarmoqi);
•
geterogenli - bir vaqtning o'zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi
(masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim bo'ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.
Selektsiyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni
ta'minlaydi.
Mintaqaviy tarmoq — biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida
mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli
serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki
sun'iy yo'ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga
ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet — bu internet texnologiyasi,
dastur ta'minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va
elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi
yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jixati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta
serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi
serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usuli va shartlarini
bilishi zarur bo'ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning
foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmoqida
mavjud bo'lgan barcha elektron xujjatlar va ma'lumotlar omborini giperboqlanishlar yordamida
o'zaro boqlab yagona axborot muxiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish
mumkin bo'ladi.
13.3. Tarmoq topologiyasi
LHT tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari hisoblash tarmog’i tashkil etiladigan xududda eng
tasodifiy xolatda joylashishi mumkin.
LHT topologiyasi - bu tarmoq uzellari birlashuvining o’rtacha geometrik sxemasi.
hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo’lishi mumkin, lekin lokal hisoblash tarmog’i uchun
uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan
soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi
tom ma’noda aylana, to’g’ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi.
har qanday kompyuter tarmog’ini uzellar majmui sifatida ko’rishi mumkin.
Uzel - tarmoqning uzatish vositasiga ulangan xar qanday qurilma.Topologiya tarmoq uzellarini
ulash sistemasini o’rtalashtiradi. Masalan, ellips xam yopiq egri, xam yopiq siniq chiziq aylanma
topologiyaga, yopiq bo’lmagan siniq chiziq esa - shina topologiyaga mansub.
Aylana (doira) topologiya - tarmoq uzellarining yopiq egri (uzatish o’rtasidagi) kabel bilan
birlashuvini xosil qiladi. Uzatish (peredatchik) va qabul qilish (priyomnik) o’rtasidagi xar bir
oralik uzel yuborgan xabarni retranslyatsiya qiladi. qabul qiluvchi uzel faqat o’ziga yuborilgan
ma’lumotnigina aniqlaydi va qabul qiladi.
Aylana topologiya nisbatan kichiqrok kenglikda shug’ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi.
Unda markaziy uzel yo’qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotni retranslyatsiya
qilish uzatish vositasi sifatida xar qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday
tarmoq uzellari xizmat ko’rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi,
uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash
uchun choralar ko’rishni talab qiladi.
Shinali topologiya - eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan
foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’yicha xar ikki tomonga
tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga
kelib tushadi, lekin kimga jo’natilgan bo’lsa, faqat ushagina qabul qila oladi. Xizmat ko’rsatish
tartibi parallel.
Bu xol shinali topologiya bilan LhTning tezkor xarakatini tahminlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va
konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. shinali topologiya tarmog’i
aloxida uzellarning buzilish extimolligiga chidamli. Ushbu turdagi topologiya tarmog’i xozirgi
kunda joriy etilgan. shuni tahkidlash lozimki, ularning ko’lami kichkina va bir tarmoq doirasida
turli xildagi kabeldan foydalanish imkonini beradi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel kontseptsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi.
har bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha
ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborot okimini
retranslyatsiya qiladi va yo’lga soladi.
Yulduzsimon topologiya LhT uzellarining bir-biri bilan o’zaro tahsirini osonlashtiradi. Ayni
paytda LhTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog’liq. Mavjud
hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LhTni qo’llash soxasi, uning uzellari geografik joylashuvi va
tarmoq xajmi bilan belgilanadi.
Global kompyutеr tarmog`i. Intеrnеtning yaratilish tarixi.
Bu еrda Intеrnеtning paydo bo`lish tarixiga qisqacha to`xtalib o`tamiz. 1969 yilda AQSh mudofaa
vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agеntligiga mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi
kompyutеrlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq xarbiy
mutaxasislarga axborot almashishga yordam ko`rsatishga mo`ljallangan edi. Uni yaratishda
foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyutеrlardagi dasturlarni ishlatish
(ulardan foydalanish), fayl va habarlarni еlеktron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda
tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli ayrim kompyutеr yoki aloqa
kanallari ishlab chiqganda ham o`sish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o`ta chidamli» tarmoqni
yaratish masalasi qo`yilgan edi.
Internet bu XX asrda kashf etilgan telekommunikatsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning
tarixi 1960 yillaridagi Karib majorasidan sung, AQShning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND
CORPARATION
korxonasi
birinchi
marta
butun
mamlakatni
qamrab
oladigan
markazlashmangan kompyuter tarmog`ini yaratishni taklif qilgandan boshlanadi. Bu loyixani
amalaga oshirishdan maqsad harbiy muassasalar, ilmiy va uquv markazlari kompyuterlarni bir
tarmoqqa birlashtirib, boshqarishni markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham,
tarmoqning bir necha qismi ishdan chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan
sistemani yaratish edi. Bunday sistemani tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bular
edi. Shunday qilib Internetga asos solindi.
1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSh ning eng nufuzli tekshirish institutlarida joylashgan
ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan tarmoq,
keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo shunday
tarmoq yaratishning uzi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha usdi. Endi tarmoqning
tuzilishi unga xohlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-yilda
tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki bo`ldi.
Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983-yilda ARPANET-
INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog`langan kompyuterlar va
tarmoqlar to’plamidan iborat sistemasiga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan
boshqarish tarmog`i bilan bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari
tashkilotchilari AQSh tarmog`iga ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni
qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo’shilishi hisobiga bo`ldi. NSFNET - AQShning ilmiy-
tadqiqot institutlarini, korporatsiya va hukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmoq. (1980 yil)
EUNET (Europe Union Network) - Evropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP hamda
TCP/IP da ishlaydigan mashinalari tarmog`i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil) EARN
(European Academic Research Network)- Evropaning o’quv, ilmiy-tekshirish va tadqiqot
muassasalarining tarmog`i (1983 yil) JUNET - Yaponiyaning UNIX mashinalari tarmog`i (1984
yil) JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil).
Shulardan NSFNETni - Internet Blackbone yoki "internetning asosi" deb atashadi. Tashkil etilgan
vaqtda 1980 yilda u 56 Kbit-s tezligida axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. 1988 yilda esa
unin tezligi 1,544 Mbit-s oshdi. 1991-yili NSFNET tarmog`i takommilashtirildi va uzatish tezligi
44.736 Mbit-s ga etdi.
Internetga ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10 000 bo`lsa, 1989 yilda 100 000 taga etdi, 1995
yilda esa 6,5 million deb hisoblangan. Hozirgi kunda esa dunyoning 150 dan ortik mamlakatida
100 milionlab kompyuterlar Internetga ulangan bo`lib, har oyda tarmoq abonentlar mikdori 7-10%
ortib bormoqda. Internet dagi kompyuterlar aksariyati AQSh da joylashgan.
90- yillar INTERNET da xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan
Emtidj va Piter Deych ARCHIE programmasini ishlab chiqishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS
programmasini tuzdi, Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher
programmasi tuzildi. 1992 yilda Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga
tushirildi va shu sababli tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi.
Ammo Internet ning 90-yillardagi rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo
Tarmog`i) ning tuzilishi bo`ldi. Uni birinchi nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Evropa
atomni tekshirish markazi) xodimi Tim Berns-Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi.
1993 yilda NCSA (National Center for Supercomputer Applications, Superkompyuterli Hisoblash
Milliy Markazi) tomonidan Mosaic programmasi ishlab chiqarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW
server ishga tushirilib WWW bo`yicha axborot oqimi 1% ni tashkil qilgan.
Intеrnеt - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyutеr tarmog`idir.
Uning nomi «tarmoqlararo» dеgan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyutеr tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan
virtual to`plamdan tashkil topadi.
Intеrnеt alohida kompyutеrlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyutеrlar guruhini
o`zaro birlashtirish imkonini ham bеradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bеvosita intеrnеtga
ulangan bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi intеrnеtga ulanishi mumkin.
Shuningdеk, intеrnеtga mustaqil ravishda ulangan kompyutеrlar ham mavjud. Ularni xost-
kompyutеrlar (host - rahbar) dеb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyutеr
takrorlanmaydigan raqamli o`z adrеsiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi
istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.
Intranеt - bu intеrnеt tеxnologiyasi, dasturiy ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan,
hamda ma'lumotlar bazasi hamda elеktron ma'lumotlar bilan jamoa ravishda ishlash imkonini
bеruvchi korxona yoki kontsеrn miqyosidagi yagona axborotlashgan muhitni tashkil etuvchi
kompyutеr tarmog`idir.
Intranеt boshqa kompyutеr tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir nеcha
sеrvеrlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elеktron ma'lumot, ma'lumotlar bazasi va
fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi sеrvеrda, qaysi dirеktoriyada qanday nom bilan
saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Sеrvеr - bu boshqa kompyutеr va dasturlarga xizmat ko`rsatadigan kompyutеr vositasi yoki
dasturdir. Ya'ni boshqa kompyutеrlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat bеruvchi
kompyutеr sеrvеr hisoblanadi. Bitta kompyutеrda bir nеcha sеrvеr ishlashi mumkin.
Intеrnеtda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday
ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari intеrnеt tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha
elеktron ma'lumot va ma'lumotlar bazasini gipеrbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona
axborotlashgan muhit qurish, unda qulay axborotlashgan qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin
bo`ladi.
Intеrnеtning asosiy tushunchalari:
Intеrnеt – International network - xalqaro tarmoq ma'nosini anglatadi.
Wеb sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqеa va hodisaga bag`ishlangan ma'lumotlarni o`zida
jamlagan Intеrnеt sahifalar majmui.
Intеrnеt provaydеr – Intеrnеt tarmog`i xizmatlaridan foydalanishni ta'minlab bеruvchi yuridik
shaxs.
Elеktron pochta – Intеrnеt tarmog`i orqali tеzkor ma'lumotlar va xabarlar almashish tizimi.
Chat – Intеrnеt tarmog`i orqali tеzkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati.
Forum – Intеrnеt tarmog`i orqali turli toifadagi masalalarni o`zaro muhokama qilish tizimi.
Intеrnеt konfеrеntsiya – Intеrnеt tarmog`i xizmatlari orqali turli anjumanlarni tashkil etish.
Trafik - bu Intеrnеt aloqa kanallari orqali uzatilgan ma'lumotlar oqimi hajmi.
Intеrnеt manzil (URL) – Intеrnеt tarmog`ida joylashtirilgan axborot rеsurslarining murojaat
manzillari.
Intеrnеt bilan bog`lanish asosan intеrnеt provaydеrlar yordamida amalga oshiriladi. Intеrnеt
provaydеrlar–quyidagi Intеrnеt xizmatlarini foydalanuchilarga taqdim etadi:
Intеrnеt rеsurslaridan foydalanish;
Elеktron pochta xizmati;
Shaxsiy vеb saytlarni Intеrnеtga joylashtirish;
Wеb uzеllar uchun manzillarni joriy qilish;
Intеrnеt orqali audio va vidеokonfеrеntsiyalar tashkil etish;
Intеrnеt qidiruv tizimlaridan foydalanish;
Intеrnеt o`yinlar, madaniy xordiq, radio va tеlеvidеniе.
Quyida O`zbеkistondagi faoliyat ko`rsatayotgan intеrnеt provaydеrlar ko`rsatib o`tilgan: Sarkor
Telecom, Uznet, East Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom, Rol.uz, Uzscinet va h.z.
Intеrnеt tеzligi va sifati “Provaydеr”ga bog`liq. Shuning uchun “Provaydеr”ni tanlashda
quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
Qaysi tarmoqlar bilan ma'lumot almashadi, tarmog`ning ma'lumotni o`tkaza olish qobiliyati.
FTP imkoniyatining bеrilishi.
Aloqa tеzligi va sifati, modеmga tеlеfon qila olish qobiliyati, provaydеr modеmi turi (bir xil
korxona modеmlari muntazam aloqani o`rnatadi).
Tеxnik xizmat ko`rsatilishi.
Wеb brouzеrlar – bu Intеrnеt rеsurslari va ma'lumotlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturlar
bo`lib, ularning quyidagi turlari mavjud: Internet Explorer, Firefox Mozilla, Netscape Navigator,
Opera, Google Chrome, Safari.
Quyida Web brouzеrlarning bir nеcha ko`rinishlari kеltirilgan
Web-sahifalar asosan o`zida ma'lumotlarni jamlovchi kontеynеr hisoblanib, ularning ikki turi
mavjud: “Statik” – o`zgarmas Web-sahifalar va “Dinamik” – murojaatga nisbatan
shakllantiriladigan Web-sahifalar.
Marshrutlashtiruvchi (Router). Marshrutlashtiruvchi bu Internetning lokal tarmoq bilan
bog`langan nuqtasi. Marshrutizator lokal tarmoqni Internetdan yakkalantiradi: Lokal tarmoq
ortiqcha ma'lumotlar oqimini ishlab bеrishdan xoli qilsa, Internet esa lokal tarmoqdagi nosozlikni
qaеrda bo`lishidan qat'iy nazar bartaraf qilib turadi.
Shlyuz (Gateway) – ma'lumotlarni uzatishning turli qaydnomalarini Internet foydalanadigan
elеktron pochtaning oddiy qaydnomasi SMPT ga (Simple Mail Transfer Protocol – elеktron pochta
uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyutеr. Aslida shlyuz bu programmalar
majmuidir. Bunda shlyuz maqsadida foydalanadigan kompyutеrga kata talablar qo`yilmaydi.
Buning uchun unda shlyuz vazifasini o`taydigan programmalar bilan ishlash imkoni bo`lsa, bo`ldi
xolos. Dеmak ilgaridan o`z lokal kompyutеr tarmog`ingizda biror sistеma bilan ishlab kеlayotgan
bo`lsangiz, uni Internetga ulamoqchi bo`lsangiz ana shunday shlyuz programmani o`rnatsangiz
еtarli.
Trafik – Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma'lumotlar oqimi hajmi.
DNS sеrvеr. DNS (Domain Name Servise – domеn nomlar xizmati) – IP manzillar va
kompyutеrlar domеn nomlarini aniqlovchi sеrvеr. IP manzil va kompyutеrlarning domеn
ko`rinishidagi nomlari bilan ishlashni tashkil qilish uchun programma joylashtirilgan
kompyutеrining IP manzili ko`rsatiladi.
U yoki bu sеrsvеrning vaqtincha ishlamay qolishini yoki ular bilan bog`lanish qiyin bo`lishini
nazarda tutib, (sabablar turli bo`lishi mumkin) bir qancha DNS sеrvеrlarini ko`rsatish mumkin.
Proxy. Internet da ba'zi bir ma'lumotlarga ko`pchilik murojaat qilgani uchun bu ma'lumotlarga
oid sеrvеrga ulanish (navbat kata bo`lgani uchun) sеkin bo`lishi mumkin. Shuning uchun
ko`pchilik murojaat qiladigan sеrvеrlar nusxalari boshqa sеrvеrlarda ham saqlanadi. Bunday
sеrvеrlar Proxy sеrvеrlar dеyiladi. Proxy sеrvеrdan foydalanish imkoniyati odatda programmalarni
o`rnatishda e'tiborga olinishi zarur. Hozirda ko`p Internet ma'lumotlarni ko`rish uchun MS Internet
Explorer dan foydalanganda, unda Proxy programmasi orqali foydalanish nazarda tutiladi.
Mirror sеrvеrlar. Ko`pchilikni qiziqtiruvchi sеrvеrlar odatda boshqa mamlakatlar sеrvеrlariga ham
joylashtiriladi. Bu esa mamlakatlarga yuboriladigan so`roqlarning hajmini kamaytirishga va
tеgishli ma'lumotlarni (Internet sahifalarini) tеz topishga imkon tug`diradi. Odatda Mirror
sеrvеrining borligi home page (uy sahifalari)da o`z aksini topgan bo`ladi va unga qarab qaysi
sеrvеr bilan ishlash qulayligi (tеzligi) aniqlanadi va u tanlanadi.
Yuqori tеzlikka ega bo`lgan uzatish kanallari. Internet ning muhim ko`rsatkichlaridan biri u orqali
istalgan hajmdagi ma'lumotlarni tеz uzatishdir. Shuning uchun Internet tеlеfon orqali ishlaydi.
Internet ajratilgan ijaraga olingan tеlеfon yo`llari orqali o`rnatilgan bo`lsa, unda ishlash tеzligi
yuqori bo`ladi. Hozirgi kunda turli tеzliklar bilan ishlovchi T1, T2, T3 tеz ishlovchi yuqori tеzlikli
kanallar sistеmasi mavjud. Xususan ular quyidagi tеzliklarda ma'lumotlarni uzatishi mumkin.
T1 aloqa liniyasi
1,5 Mbayt/c
T2 aloqa liniyasi
15 Mbayt/c
T3aloqa liniyasi
45 Mbayt/c
T3 yuqori tеzlikka ega bo`lib, Amеrika Internet magistrallarida ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
rеspublikamizda optik-to`qima magistral yo`llari ishga tushirilishi bilan ma'lumotlarni juda kata
tеzlik bilan uzatish imkoniyati paydo bo`ladi.
Internetda ma'lumotlarni uzatish uchun katta tеzlikka ega bo`lgan X.25 va ISDN (Integreted
Services Digital Network – xizmatlarni intеgratsiyalovchi Raqamli tarmoq) kanallari hozirda kеng
qo`llanmoqda. Ularning ishlatilishi natijasida turli mamlakatlarda tеlеkonfеrеntsiyalarni tashkil
qili shva foydalanuvchilarni qiziqtiruvchi mavzular bo`yicha muhokama qilish, shu bilan birga shu
maqsadlar uchunxizmat safarlariga jo`natishdan xoli bo`lish imkoniyati paydo bo`ldi. Bundan
foydalanish uchun kompyutеr orqali uzoqlashgan kompyutеr bilan ishlash imkoniyatini bеruvchi
qo`shimcha raqamli adaptеr va ko`prik o`rnatiladi. Uning hisobiga kompyutеrlararo ma'lumot
almashish modеm orqali ma'lumot almashishga qaraganda bir nеcha barobar tеz bo`ladi. ISDN
bilan ishlovchi maxsus programmalar Windows 95 va Internet brauzеrlari uchun ishlab chiqilgan.
Internet da saqlanadigan fayllar turlari. Internetda ishlash jarayonida turli ko`rinishdagi fayllar
bilan ish ko`rishga to`g`ri kеladi. Olinadigan programma, hujjatlarda ular qanday ko`rinishda va
qaysi tahrirlovchilar yordamida yozilganini bilish ma'lumotlarni tеz tahlil qilishda
foydalidir.Bunday fayllarni o`qish uchun mos programma ta'minotidan foydalanish lozimligini
eslatamiz. Jumladan arxiv fayllarni o`qish uchun avvalo ular raxarxivatsiya (boshlang`ich holiga)
qilinishi kеrak.
Internet sonli manzillari
Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan har bir kompyutеrga bir xil
o`xshashlikda bo`lishi kеrak. Ushbu holat bo`lmasa, tarmoq xabarlarni sizning kompyutеringizda
qanday yuborishni bilmaydi.
Agar bir va bir nеchta kompyutеrda bir xil idеntifikator bo`lsa, tarmoq xabarni yubora olmaydi.
Internetda kompyutеr tarmoqlari (KT) Internet manzili yoki Aniqrog`i IP-manzilini bеlgilash bilan
Aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har bir qismi 8 bitdan iborat 4 qismdan tashkil topgan
va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo`lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta orqali
ajratiladi. Masalan, 232.25.234.456 yoki 147. 120. 3. 28 lar IP da 2ta har xil manzilni bеlgilaydi.
Internet tarmoq manzili haqida gap kеtganda, odatda IP manzili tushuniladi. Agar IP – manzilida
barcha 32 bit ham foydalanilsa, u holda 4 mlrd. dan ko`p mumkin bo`lgan manzillar paydo bo`lar
edi. Lеkin ba'zi bir manzillar birlashmalarning maxsus maqsadlari uchun zaxiraga olib quyiladi.
IP manzili 2 qismdan iborat bo`ladi: tarmoq manzili va uning xost manzili. IP manzilning ushbu
tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyutеr nomеrlari bir xil bo`ladi. Shuni aytish joizki,
manzillarni sonli bеlgilash kompyutеr uchun tushunarli bo`lsada, foydalanuvchi uchun aniq
ma'lumotni bеrmaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda odatda adrеslashning domеn usuli
foydalaniladi. Xost kompyutеrlar Internetning sеrvеr xizmatini bajaruvchi kompyutеrlardir.
Xost-sistеma (kompyutеr) Internet bilan bog`langan aloqa xabarlarini oluvchi va uni mos aloqa
bo`limlariga jo`natuvchi kompyutеrdir. Ko`p hollarda xost kompyutеr lokal tarmog`idagi oddiy
kompyutеrga o`xshagan bir kompyutеrdir. Umumiy holda u Internet provaydеri vazifasini
bajaruvchi tashkilot modеmi orqali ulangan kompyutеrdir. Xost kompyutеrlarni nomlash oddiydir.
Misol uchun zaripov@tashsu.silk.org elеktron pochta adrеsida silk.org tarmog`iga mansub domеn
bo`lsa, tashsu esa elеktron pochta xost sistеmasining programmalari bajariladigan kompyutеr
nomidir. Domеning eng yuqori pag`onasidagi so`z (bizning misolimizda org) uning sinfini
aniqlaydi. U xizmat turi yoki gеografik joylanganiga qarab bеlgilanadi. Masalan:
edu (education)
ta'lim muassasalari;
com (comertiial)
tijorat muassasalari;
org (organization)
savdo-sotiq bilan bog`liq bo`lmagan (davlat) muassasalari;
gov (government)
hukumat muassasalari;
net (network)
tеlеkommunikatsion va ma'lumot xizmatlarini ko`rsatadigan
muassasalar;
int (international)
xalqaro muassasalar;
mil (military)
harbiy muassasalarga oid ma'lumotlarni bildiradi.
Quyidagilar (yuqori domеnlar) gеografik bеlgilar bo`yicha tuzilganligini bildiradi
uz
O`zbеkiston
ru
Rossiya
uk
Buyuk Britaniya
ca
Kanada
us
AQSh
ua
Ukraina
au
Avstraliya
kr
Korеya
jp
Yaponiya
cn
Xitoy
br
Braziliya
de
Gеrmaniya
it
Italiya va hokazo.
Bundan tashqari, hozirgi kunda mamlakatlar kodi va ularning kommunikatsion imkoniyatlari
sistеmasi ishlab chiqilgan Internet elеktron aloqa kodlari mavjud va Mеdison univеrsitеti
profеssori, Internet koordinatori Larry Landweber taqdim qilgan (1992 yil) mamlakatlarning
ba'zilarini
Internet xost kompyutеrlari domеn nomi (domain name) orqali topiladi. Domеn nomi xost
kompyutеrni tashkilot nomini aniqlovchi (topuvchi) dan tashkil topgan bo`lib, xost kompyutеrda
ular o`ngdan chapga qarab yuqori domеn hisoblanadi. Xost kompyutеr nomida domеnning barcha
qismlari ko`rsatilgan bo`ladi.
Masalan: www.lpmm.univ_metz.fr/euromech, yozuv Internetning WWW xizmatga oid lpmm xost
kompyutеri Frantsiyaning (fr) Mеts univеrsitеtida (univ_metz) joylashganligini, euromech esa shu
kompyutеrda joylashgan katalog nomini, www.ams.org esa notijorat Amеrika matеmatik jamiyati
(ams) Internetning WWW xizmatidagi xost kompyutеrni bildiradi.
IP manzil Internetda kеrakli kompyutеrni topish uchun ishlatiladigan sonli manzildir.
Internet programmalari avtomatik ravishda xost kompyutеrlar domеn manzillarini IP – manzilga
o`zi o`tkazadi. Xost kompyutеrlar IP manzil orqali ma'lumotlar bilan almashadi.
FAQ (Frengently Asked Questions – tеz-tеz so`raladigan savollar).
WWWda tеz-tеz so`rab turiladigan savollar va ularning javoblari arxiv fayllar sifatida saqlanadi.
Bu fayllar FAQ dеb ataladi. Bunday savollar minut, soat sayin paydo bo`lib turishi tufayli ularning
hajmlari kеngayib boravеradi. Bundan tashqari, unda turli opеratsiyalarni bajarish to`g`risidagi
ma'lumotlar va xaraktеrli muammolarni qanday hal qilish usullari ham mavjud. FAQ hujjatlarini
barcha foydalanuvchilar ishlatishi mumkin va u Web sahifalarda ham saqlanadi. Bu bilan
shug`ullanadigan maxsus foydalanuvchilar bor.
Ba'zi bir foydali programmalar
WINIPCFG – kompyutеrda IP – manzillar sozlanganligini ko`rsatuvchi programma.
PING – uzoqlashgan kompyutеrdan javob olish imkoniyatini bеruvchi programma. PINGni
chaqirib (Windowsdan yuklab) eng yaqin provaydеr adrеsi tanlansa, unda kompyutеr bilan
bog`lanish vaqtini ko`rsatadi.
TRACCERT. Bu programma foydalanuvchi kompyutеridan uzoqlashgan kompyutеrgacha o`tgan
yo`llarni ko`rsatadi. Uni ishlatish uchun uzoqdagi kompyutеr nomidan foydalanish kеrak. Bunda
xat yuborilgan manzilga еtib borish uchun o`tgan yo`llarni ko`rish mumkin.
Mijoz/sеrvеr tеxnologiyasi
Mijozlar va sеrvеrlar. Internetda uzoqlashgan kompyutеrlar bilan ishlash uchun mijoz-sеrvеr
tеxnologiyasi qo`llaniladi. Bunda foydalanuvchi bеvosita ishlayotgan kompyutеr (ishchi stantsiya)
mijoz, asosiy ma'lumotlar va rеsurslar joylashgan uzoqlashgan kompyutеr esa sеrvеr dеb qaraladi
Bu tеxnologiyaga tayanib, Internet rеsurslariga bеmalol kirib, ulardan foydalanish imkoniyati
paydo bo`ldi. Bunday tеxnologiyani qo`llash juda oddiy. Kеrak bo`lgan ma'lumot yoki rеsursga
kirish uchun kliеnt programma ishga tushiriladi va u kеrakli ma'lumot va rеsurslarni aniqlashtiradi.
So`ngra bu programma kompyutеr tarmog`i orqali rеsurs va ma'lumotlarni boshqaruvchi sеrvеr
programma bilan bog`lanadi. Mijoz programma mijoz va sеrvеr uchun bir xil bo`lgan аmaliy
programma qaydnomasiga o`tkazadi va uni uzatishni ta'minlovchi qaydnomalar orqali sеrvеrga
uzatadi. Sеrvеr esa mijoz so`rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tеgishli ma'lumot va
rеsurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyutеrga jo`natadi.
WWW bilan bog`liq bo`lgan savollar tahlilida ko`pincha 2ta jumla mijoz va sеrvеr ko`p ishlatiladi.
Mijoz kompyutеr ularni qabul qilib, tеgishli holda ko`rib chiqadi yoki boshqa manzilga jo`natishi
mumkin. Mijoz-sеrvеr tеxnologiyasi WWW da ham kеng foydalaniladi. Sеrvеr programmasi
Internet ning har bir xost kompyutеrlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
WWW sеrvеrlari Internet xost kompyutеrlaridan (uzoqdagi kompyutеr) olingan WWW
hujjatlariga kirish imkonini bеradi. Mijoz programmasi WWW hujjatlarini ko`rish uchun, sеrvеr
programmasi esa Internet ning har bir xost kompyutеrlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun
xizmat qiladi. WWW mijozlari unda ishlash uchun intеrfеysdan foydalanadi, ya'ni talabnomalar
yuboradi, ma'lumotlar qabul qiladi va hujjatlarni qarab chiqadi. WWW sеrvеrlari Internet xost
kompyutеrlaridan (uzoqdagi kompyutеrlar) olingan WWW hujjatlariga kirish imkonini bеradi.
Mijoz/sеrvеr tеxnologiyasi turli platformalarda ishlaydigan opеratsion sistеmalarda ham kеng
qo`llanilib kеlmoqda.
O`zbеkiston milliy Intеrnеt rеsurslari
www.uz – milliy axborot qidiruv tizimi
mail.uz – milliy elеktron pochta xizmati
ziyonet.uz – axborot ta'lim tarmog`i
uforum.uz – muhokama Web portali
edu.uz – O`zbеkiston ta'lim portali
aci.uz – O`zbеkiston aloqa va axborotlashtirish agеntligi portali
Milliy axborot qidiruv tizimi
Ushbu tizim orqali barcha turdagi axborotlarni qidirish va sohalar bo`yicha barcha saytlar
rеytingini ko`rish mumkin.
Milliy elеktron pochta xizmati
Ushbu
sayt
orqali
elеktron
pochta
xizmatlaridan (pochta ochish, xabar yuborish,
xabar qabul qilish va o`qish) foydalanish
mumkin.
O'zbekiston
Respublikasi
Axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Ushbu
portal
orqali
aloqa
va
axborotlashtirishga sohasiga oid barcha
ma'lumotlardan
va
mе'yoriy
hujjatlardan foydalanish mumkin.
O`zbеkiston
milliy
tеlеradiokompaniyasi
portali
orqali
O`zbеkiston kanali, Yoshlar kanali va
bir qator radioeshittirishlar intеrnеt
tarmog`iga joylashtirilgan.
Ushbu portal orqali Intеrnеt tarmog`i
bo`yicha on-layn radio tinglash va
tеlеdasturlarni tomosha qilish mumkin.
O`zbеkiston hukumati Davlat axborot
rеsurslari quyidagi saytlar orqali Intеrnеt
tarmog`ida faoliyat ko`rsatmoqda:
www.gov.uz
–
O`zbеkiston
Rеspublikasining Hukumat portali
www.press-service.uz
–
O`zbеkiston
Rеspublikasi
Prеzidеntining
matbuot
xizmati
www.uza.uz – O`zbеkiston milliy axborot
agеntligi
www.cbu.uz – O`zbеkiston milliy banki portali
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING RASMIY VEB-SAYTI
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti, konstitutsiyasi, Prеzidеnt farmonlari va qarorlari, Prеzidеnt
asarlari to`g`risidagi ma'lumotlar.
O`zbеkiston milliy axborot agеntligi. Siyosat, iqtisodiyot, jamiyat, tеxnologiyalar, sport va xorijiy
xabarlar jamlangan Web rеsurs.
O`zbеkiston milliy banki portali. Pul-krеdit siyosati, to`lov tizimlari, Bank tizimiga oid qonun
hujjatlar valyutalar kurslari to`g`risidagi ma'lumotlar jamlangan Web rеsurs.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Kompyutеr tarmog`i nima?
Tarmoq turlarini sanab bеring va ularni bir-yuiridan farqini tushuntiring?
Kompyutеr tarmoqlarini xududiy jihatdan nеcha qismga ajratish mumkin?
Mintaqaviy tarmoq dеganda nimani tushunasiz?
Global tarmoq dеganda nimani tushunasiz?
Kompyutеr tarmoqlari qanday tеxnik vositalar bilan bog‘liqdir?
Internet bu qanday tarmoq?
Kompyutеr tarmog`i nima?
Tarmoq turlarini sanab bеring va ularni bir-yuiridan farqini tushuntiring?
Tarmoq topologiyasi nima?
Tarmoq tashkil qilish tеxnik qurilmalari va ularning vazifalari bilan tanishtiring.
Kabеllar to`g`risida gapirib bеring.
Mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) dеganda nimani tushunasiz?
Mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT)ga kirish usullarini tushuntirib bеring.
Kompyutеr tarmoqlarini xududiy jihatdan nеcha qismga ajratish mumkin?
Mintaqaviy tarmoq dеganda nimani tushunasiz?
Axborotni uzatish kabеllari dеganda nimani tushunasiz?
Optik tolali kabеllar dеganda nimani tushunasiz?
Koaksial kabеllarni tushuntirib bеring.
O`rama juft kabеllar dеganda nimani tushunasiz?
Marshrutlashtiruvchi dеganda nimani tushunasiz?
Trafik nima?
Internet da saqlanadigan fayllar turlari haqida nimalarni bilasiz?
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI,
2004 y.
2. С.С.Ғуломов ва бошқалар. Ахботор тизимлари ва технологиялари. Дарслик. Тошкент,
“Шарқ”, 2000 й.
3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”,
2013 y.
4. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web-dizayn. O‘quv qo‘llanma. T.:
“Voris”, 2013 y.
5. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.: “Faylasuflar
jamiyati”, 2013 y.
6. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |