Virulentlikni paydo qiluvchi xususiyatlar
1.Invazivlik –mikroorganizmlarning makroorganizm to’qimalariga kirishi,tarqalish va ko’payishi qobiliyatidir. Ba’zi mikroorganizmlar ajratgan moddalar ta’siri - makroorganizmning himoya kuchlarini, asosan fagositozni pasaytiradi.
2. Toksinlar – mikroorganizmlar hosil qiladigan zararli moddalar.Toksin bilan organizmni zaharlanishi intoksikasiya deyiladi Mikrobning toksin hosil qila olish xususiyati toksigenlik deyiladi. Ekzo va endotoksinlar farqlanadi. Ekzotoksinlar (oqsil moddalar) mikrob tirik vaqtida yoki o’lganidan keyin uning tanasidan sirtga ajrab chiqadi. Endotolksinlar bakteriya hujayrasiga ayniqsa devoriga mahkam bog’langan bo’ladi.Shu sababdan mikrob o’lganidan keyingina ajraladi. Ular asosan kapillyarlar endoteliysi, leykositlar, limfoid to’qimalar va vegetativ nerv sestemaga ta’sir qilib organizmda kompleks patologik o’zgarishlarni hosil qiladi. Ekzo-ham endotoksinlar hosil qiluvchi mikroorganizmlar ham bor.
Toksinlar( qotma, botulizm, difteriya zaharlari) bir oy davomida 38-39oC haroratda 0,3-0,4% formalin tasir etirilganda zaharlilik hususiyatini yo’qotadi, lekin immunogenlik xususiyati saqlanib qoladi. Shu usullar bilan anatoksinlar tayyorlanib, vaksina preparatlari sifatida ba’zi toksikoinfeksiya larga qarshi (qotma, botulizm, difteriya) hosil qilish maqsadida ishlatiladi.
3.Kapsula hosil qilish. Kapsula hosil qilish mikroblarning agressiv bo’lishiga olib keladi. Kapsula himoya vazifasini bajarib, mikroorganizmda mikrobning fagositozga rezistentligini oshiradi, tez ko’payadi, virulentligi ortib, agressiv bo’ladi va kasallik qo’zg’aydi.
Mikrob organizmga ma’lum yo’llar bilan kiradi, ular infeksiya darvozasi deyiladi. Tabiiy sharoitda ko’p hollarda qo’zg’atuvchi organizmga alimentar- hazm yo’llari (yem- xashak, suv bilan), aerogen -nafas olish organlari orqali, kontaktda-bir-biriga tegishi bilan, hasharotlar chaqqanida, nosteril igna bilan inyeksiya orqali o’tadi. Shuningdek shikastlangan teri, ko’z, siydik yo’llarining shilimshiq qavatlari ham infeksiya darvozasi bo’lishi mumkin. Patogen mikroblar organizm bo’ylab turlicha tarqaladi: qon orqali (gematogen), limfa orqali (limfogen), nerv tolalari orqali (neyrogen)yo’llar bilan. Mikrobning qonda ko’payib, qon orqali butin organizmga tarqalishi septisemiya deyiladi. U juda tez kechib, odatda o’lim bilan tugaydi. Mikrobning qonda paydo bo’lishi ba’zan juda qisqa muddatli bo’lib, u yerda mikrob ko’paymaydi, balki qon mikrobni hamma organlarga tarqatadi, bu bakteremiya deyiladi. Ba’zi mikroblar shikastlangan joyning o’zida (to’qima) ko’payadi, hosil bo’lgan toksini qon oqimiga o’tib, butun organizmni zaharlaydi. Bu esa toksemiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |