b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi:
- agar ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning har ikkala komponenti o‘zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo‘llansa, bunday terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi.
- birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan tashkil topgan qo‘shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel, antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi.
-boshqa holatlarda esa, ya’ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning muayyan qismi mustaqil termindan va de-, per-, re-, so-, sub- kabi prefikslardan iborat bo‘lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil qo‘llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi.
2. Turli tillarga mansub so‘z birliklardan hosil bo‘lgan (gibrid) qo‘shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so‘zlarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo‘shma so‘zlar3” yoki gibrid terminlar4 deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo‘ladi:
a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o‘zbekcha komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishga ega bo‘lgan so‘z-terminlardan iborat bo‘ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, yodmoy va boshqalar.
b) baynalmilal komponenti avto-, azo-, nitro-, psevdo- singari aniqlovchilar bilan ifodalangan gibrid terminlar. Masalan, avtosug‘orgich, agroqoida, azoqo‘shilma, allodolchin kislota, antixossa, aeropurkagich, geteroqutbiylik, gidroqurilma, izotuzilish, makrodunyo, mikroiqtisod, pnevmog‘ildirak, psevdoko‘paytma, protoyulduz, fotoqog‘oz, infraqizil, ultrako‘paytma, multiturg‘unlik, videoyozuv kabi.
S.Usmonov metaforaga bag‘ishlangan maqolasida shunday bir dalilni alohida ta’kidlab o‘tgan edi: Qo‘shma so‘z sostavidagi komponentlar, ko‘pincha, ko‘chgan ma’noga ega bo‘ladi. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli. Masalan: bo‘tako‘z (gul), otquloq, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, chumchuqtil, ho‘kiztili... itburun (o‘simlik) va boshqalar5.
Tilshunos M.Mukarramov metaforalarning qo‘llanish xususiyatlari haqida so‘z yuritib shunday degan edi: «… metaforalar doimo bir so‘zdan tarkib topmay, balki birikmali bo‘lishi ham mumkin»6. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli. Masalan:
1. «Zoologik termin + zoologik termin» yoki «zoologik leksema + anatomik leksema» qolipli terminlar: kapalakqanot, mushukquyruq,
sigirquyruq, otquloq, bo‘tako‘z, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, cho‘chqayol.
2. «Zoologik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: baqajo‘xori, baqaterak, baqayaproq va b.
3. «Zoologik termin + boshqa soha termini yoki oddiy leksema»
qolipli botanik terminlar: pashshaqopqon, to‘ng‘iztaroq, qushqo‘nmas,
pashshaqo‘nmas va boshqalar.
4. «Botanik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: gulkara.
Keltirilgan botanik terminlardan ma’lumki, zoologiya sohasiga oid terminning qaysidir xususiyati o‘simliklarda mavjud bo‘lganligi bois zootermin bilan birga ifodalanadi7.
Birikma terminlar ko‘proq terminologik xarakterda bo‘ladi va u birikma holida bir tushuncha beradi. Unda hokim bo‘lak tushuncha mohiyatini bildirib, tobe bo‘lak uniig nimaga xosligini belgilaydi yoki ma’noni mo‘ljallangan tushuncha hajmigacha toraytirib ifoda etishga xizmat qiladi. Masalan, agrar masala birikma terminsining ma’no mohiyati masala so‘zidan anglashiladi. Uning aniklovchisi esa uning nimaga taalluqniligini ko‘rsatib kelgan. Yana melodiy yil, qamara yil, muchal yili birikma terminlarida birikma ma’nosi mohiyati yil so‘zida ifoda topgan. U to‘rt fasl vaqtiga teng. Lekin unga aniqlik kiritish uchun aniqlovchi berilgan. Aniqlovchi aniqlanmishdan anglashilgan vaqtning aniq belgilanishida ahamiyat kasb etadi. Melodiy yil 365-366 kundan, qamara yil 354 kundan, muchal yili esa 365 kunu qancha soat va daqiqadan iborat bo‘ladi.
Birikma terminlar asosan ot turkumida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bu birikma terminlar esa asosan terminlardan iborat. Masalan, aylanma harakat, yo‘nalma harakat, ayirish belgisi, analitik geometriya kabi birikma terminlar matematik, yetti og‘ayni, somon yo‘li, andromeda tumshig‘i kabi birikma terminlar astronomik, absolyut monarxiya, demokratik hokimiyat, agrar masala, vaziri akbar kabi birikma terminlar siyosiy terminlardir. Shularga o‘xshash yana terminologik bo‘lmagan chin arafa, yolg‘on arafa, tashviqot nuqtasi, katta maslahatchi, ilmiy xodim, ichki ishlar kabi birikma terminlar o‘zbek tilida ot turkumiga oid lug‘aviy birliklar ichida ko‘plab uchraydi.
Birikma terminlar ikki xil bo‘ladi8:
Do'stlaringiz bilan baham: |