7-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari
Ilmiy tadqiqot (izlanish)
uchta tarkibiy qism
: insonning maqsadli faoliyati, ilmiy
mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir.
Insonning
maqsadli ilmiy faoliyati
tadqiqot obyekti haqida (bo'yicha) yangi
bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo'yicha) mavjud bilimlarni to'ldirishga
erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan
(o'lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi.
Ilmiy mehnat predmeti
tadqiqotining faoliyati yo'naltirilgan tadqiqot obyekti va u
haqidagi (oldingi) bugungacha bo'igan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy
dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan
qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnoiogik, energetik,
agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi.
Ilmiy tadqiqotlar
, ko'zlangan maqsadi, tabiat yoki ishiab chiqarish bilan bog'liqlik
darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental,
amaliy va ishlanmalarga bo'linadi.
Fundamental tadqiqotlar
prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va
oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad
tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi
bog'liqliklarni ochjb berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan,
elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy -
metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar).
Amaliy tadqiqotlar
texnika sohasida yangi ishlab chiqarish vositalarini, iste'mol
mahsulotlarini va h.k.larni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirishga
yo'naltirilgan bo'lib, uni maqsadi fundamental tadqiqotlarda to'plangan ilmiy
omillarni amaliy tacqiqotlar orqali o'z o'rniga qo'yishdir. (Masalan, urug'lik
mahsulotlami saralash elektrotexnologiyasi va texikasini yaratish, energiya
tejamkor meva quritish texnikasini yaratish, asinxron motorlarni quvvat
koeffitsiyentini (cos u) oshirish teznik vositasini ishlab chiqish va h.k.lar).
Ishlanmalar yoki loyiha-konstruktorlik ishlari
(LKI) amaliy tadqiqotlar
natijalarini (masalan texnika sohasida) texnik yechimlarni (mashina, qurilma,
material, mahsulot) ishlab chiqarish texnologiyalarini tajriba nusxalarini yaratish
va sinab ko'rish, yangilikiami takomillashtirishda foydalanishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotning yakuniy qisrnidir. (Masalan, elektr maydoni yordamida urug'lik
donlarni saralash texnologiyasini am alga oshiriuvchi texnik qurilmani yaratish,
dielektrik don quritish usulni amalga oshirish texnik qurilmasini ishlab chiqish,
ichimlik suvga impulsli ishlov berish elektr qurilmani tajriba nusxasini ishlab
chiqish va h.k.).
Yuqoridagi ilmiy-tadqiqotlar klassifikatsiyasi va ularni chegaraIanishi ko'pchilik
hollarda shartli bo'isada, ularni fanning muayyan bir sohasiga tegishliligi
birlashtirib turadi. (2.1-rasm).
2.1-rasmda keltirilgan sxemada loyihalash va o'zlashtirish bosqichlari bir vaqtning
o'zida fan va texnika sohalariga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, fundamental
tadqiqotJar va ishlab chiqarish oralig'ida o'zaro bog'langan bosqichlar: amaliy
tadqiqotlar - ishlanma - loyiha joylashgan. llmiy tadqiqotlar strukturasi. llmiy
izlanishlar (tadqiqotlar) - obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari
orasida bog'liqlikni anglab yetish - bilish jarayonidir.