7-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT USLUBLARI
1. Boshqaruv uslubi
2. Menejmentning ijtimoiy uslublari
3. O’z-o’zini boshqarish
1. Boshqaruv uslubi
Avval ko’rib chiqilgan menejment tamoyillari turli uslublarni qo’llash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruv uslubi-bu tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun boshqarilayotgan ob’ektlarga ta’sir qilish usullari yig’indisidir.
«Uslub» so’zi grekcha «methodos» so’zidan kelib chiqqan. Tarjimasi biror - bir maqsadga erishish usuli. Boshqaruv uslublari orqali boshqaruv faoliyatining asosiy mazmuni amalga oshiriladi.
Boshqaruv uslublarini xarakterlab, ularni yo’nalishi mazmuni va tashkiliy shaklini ochish kerak.
Boshqaruv uslublari yo’nalishi boshqaruv tizimiga qaratilgan.
Mazmuni - bu ta’sir qilish usullarining o’ziga hosligi.
Tashkiliy shakli - aniq hosil bo’lgan vaziyatga ta’sir qilish. Bu to’ridan-to’g’ri (bevosita) yoki bilvosita ta’sir bo’lishi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida turli uslublar va ularning qorishmasi (kombinatsiyasi)dan bir vaqtning o’zida foydalaniladi. Barcha boshqaruv uslublari tashkiliy tomondan bir-birini to’ldiradi, doimiy dinamik muvozanatda bo’lishadi.
Boshqaruv uslublari yo’nalishi doim bir xil - ular turli mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi odamlarga yo’naltirilgan.
SHundan kelib chiqish kerakki, boshqaruvning ma’lum uslubida ham mazmun, ham yo’nalish, ham tashkiliy shakl ma’lum tarzda qorishtirilgan. SHuning uchun boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish mumkin:
-to’g’ridan-to’g’ri direktiv ko’rsatmalarga asoslangan tashkiliy-ma’muriy;
-iqtisodiy;
-odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llanuvchi ijtimoiy va ijtimoiy - psixologik;
-ijtimoiy tizimni o’zini-o’zi nazorat qilishi sifatida o’z-o’zini boshqarish.
Umumiy xolda boshqaruv ta’siri uslublarini ikki guruhga ajratish mumkin: asosiy va majmuaviy. Asosiylariga boshqaruv uslublari talablarini u yoki bu ob’ektiv qonunlarga mosligi belgilari bo’yicha mazmun jixatlari yaqqol ko’rinadiganlar kiradi (masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnik). Asosiy uslublarning qorishmasi ijtimoiy boshqaruvning majmuaviy yoki murakkab uslublariga kiradi.
Mazmuni bo’yicha ijtimoiy boshqaruv uslublari ijtimoiy rivojlanishning turli ob’ektiv qonunlari talablarini aks ettiradi: iqtisodiy, tashkiliy-texnik, demografik, sotsiologik, psixologik va h.k. SHuning uchun iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik boshqaruv uslublari ajratiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamiyatning ijtimoiy maqsadlariga erishishning nafaqat inson hulqining iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy uslublari bilan bog’liq, balki bevosita: ijtimoiy maqsadlarni qo’yish, turmush sifatini oshirish, ijtimoiy tashkilotlarni mustaxkamlash, jamiyatning ijtimoiy etukligini oshirish bilan ham bog’liq. Ijtimoiy uslublar asosiy hisoblanib, majmuaviy bo’lib ham namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |