7-Mavzu: HAJMIY BLOKLI BINOLAR
Reja:
1.
Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari
2.
Hajmiy blok turlari
3.
Hajmiy - blokli binolar konstruksiyalari
4.
Panel-blokli bino konstruksiyalari
5.
Zilzila bo‘ladigan rayonlarda hajmiy blok konstruksiyali binolarni qurilishi
Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtirish
Mavzuni jonlashtirish uchun blis so‘rov savollari
1.
Hajmiy – blokli uylarning afzalliklari.
2.
Hajmiy-bloklarning turlari.
3.
Bloklarning o‘zaro qanday joylashtiriladi?
Bir xonali
Sanitariya –
texnika
Ikki xonali
Hajmiy
bloklar
Truba
Stakan
Qalpoqli
Zinapoya
Yotqizilgan
stakan
1. HAJMIY BLOKLI BINOLARNING KONSTRUKSIYAVIY
SXEMALARI
Qurilishni sanoatlashtirish montaj elementlarni yiriklashtirishni va to‘laligicha
zavodlarda tayyorlashni talab etadi. Hajmiy blokli binolarni montaj qilish rivojlangan
yo‘nalishlardan deb hisoblash mumkin. Yirik panelli qurilishga nisbatan bu usul
umumiy sarflarni 15% ga, qurilish muddatini 2,5-3 marta qisqartirishga olib keladi.
Hajmiy bloklar qurilish maydoniga santexnik, elektrotexnik va pardoz ishlari bajarilgan
holda zavoddan foydalanishga to‘la tayyor holda keltiriladi.
Hajmiy
blokli binolarga ham, boshqa konstruksiyaviy sxemali binolardagidek
talablar qo‘yiladi:
-
hajmiy-rejaviy yechimi funksional jarayon talablariga javob berishi kerak;
-
me’moriy-rejaviy yechimi bino qurishni zamonaviy kompozitsion va badiiy
ko‘rinishlariga javob berishi kerak;
-
konstruksiyaviy yechimi tabiiy-iqlimiy va boshqa tashqi ta’sirlarga javob berishi
va sanoatlashgan baza barpo etish va hajmiy elementlar yagona o‘lchamlari va
markalari sonini minimal bo‘lishiga erishish kerak.
Hajmiy blokli binolarni uchta konstruksiyaviy sxemasi ma’lum:
I -blokli; II -
panel blokli; III - karkas blokli. Blokli sxemada hajmiy elementlar yoppa joylashgan
bo‘lib, har biri yuqorida yotgan bloklar og‘irligini qabul qilib, o‘z og‘irligi bilan pastda
yotgan bloklarga uzatadi. Hajmiy blokli binolar bir-biri bilan bog‘langan hajmiy-blokli
ustunlar tizimida tasavvur qilinadi. Blok o‘lchamlari aniqlash bo‘ylama (2,7; 3,0; 3,3;
3,6) va ko‘ndalang (4,8; 5,1; 5,4; 5,7; 6,0; 6,6) o‘lchamlarda qo‘yiladigan
konstruksiyaviy o‘lchamlari orqali bo‘lishi mumkin. Maxsus ruxsatnomali binolarda
transport cheklanishi natijasida chegaraviy o‘lchamni 3,6 m qabul qilishi mumkin.
Hajmiy blokli binolar yechimi har hil variantlarda bo‘lishi mumkin (1-rasm, b).
Eng ko‘p tarqalgani lodjiya o‘rnatish uchun bo‘ylama o‘q bo‘yicha siljigan bo‘ladi (1-
rasm, v).
Kichik o‘lchamli hajmiy bloklarni kiritish yo‘li bilan fasad bo‘yicha siljishlar hal
qilinadi. Ba’zi bir hollarda hajmiy blokli binolar blokini burishga to‘g‘ri keladi.
Lekin bu usul bino konstruksiyaviy sxemasi umumiy
ish xarakterini buzadi va
yagona o‘lchovda qoliplangan hajmiy bloklar prinsipini o‘zgartiradi (1-rasm, g). Hajmiy
bloklarni vertikal bo‘yicha siljigan usuli bo‘lishi mumkin. (1-rasm, d). Bu eng qiyin
usul. Konstruksiyaviy tizim har hil o‘lchamdagi hajmiy bloklar kombinatsiyasidan -
kattasi (bino oraliq o‘lchami bo‘yicha) va kichigi bir yoki ikki qatorli yo‘lak bloklaridan
(1-rasm, ye) bajarilgan bo‘lishi mumkin.
Loyihalash va qurilish amaliyotida hajmiy bloklar qo‘llanilgan
kombinatsion
tizimli binolardan ko‘p foydalaniladi. Bu talab qiladigan hajmiy elementlar kiritish
hisobiga (sanitar-texnik kabinalar, oshxona, lift va shamollatish shaxta bloklari) bunday
yechim panel tizimini rivojlantirishga yo‘l ochib beradi. Panel-blokli tizim panelli va
hajmiy - blokli binolarning eng yaxshi texnik va me’moriy
sifatlarini
mujassamlashtirgan.
Panel - blokli sxema tekis har hil shakldagi hajmiy elementlar birikishini
qaytarilishi natijasida ichki qo‘shaloq devorlarni yo‘qotish hisobiga yengilashtirilgan
blokli sxema varianti bo‘lib hisoblanadi (2-rasm). Masalan, hajmiy
elementlar yonma-
yon emas, balki bino ko‘ndalangi bo‘yicha qo‘yiladi - hajmiy elementlar orasidagi
bo‘shliq tekis plitalar bilan yopiladi, yon tomoni devor panellari bilan o‘raladi.
Balandlik bo‘yicha hajmiy elementlarni shaxmat shaklida o‘rnatish mumkin. (2-rasm,
a). Panel-blokli qurilishda oraliq va qadam o‘lchami taxminan teng bo‘lgan
kichik
hajmiy elementlarni qo‘llash mumkin. (2-rasm, v). Bu holda konstruksiyaviy tizim blok
ustunlaridan, bino bikr gardishi esa tekis orayopma panellardan iborat bo‘ladi.
Bunday yechimda hajmiy elementlar va tekis panellar og‘irligi tahminan teng
bo‘ladi. Panel-blokli yechimda panellar yiriklashadi va tekis mahsulotlar og‘irligi 1, 5-2
marta oshadi (2-rasm, g). Qurilish montaj ishlarini sermehnatligini hisobga olib, korpus
eni uzunligida uzun o‘lchamli panel konstruksiyalarni (ichki devor panellari) binolarda
qo‘llash yaxshi samara beradi.
Panel-blokli tizim hajmiy bloki yuk ko‘taruvchi va o‘z yukini ko‘taruvchi, hamda
tutashgan yuk ko‘taruvchi panel devorli qilib tayyorlanadi. Tutashgan devorlarni
qo‘llash yagona o‘lchamlari sonini ko‘paytiradi, lekin hajmiy-blokli bino uchun tavsiya
etilgan o‘z yukini ko‘taruvchi hajmiy bloklarni qo‘llashga sharoit yaratadi.
Karkas-blokli sxema oldingi ikkalasidan keskin farq qiladi.
Bu sxemada yuk
ko‘taruvchi va o‘rovchi konstruksiyalar vazifasi boshqacharoq bo‘ladi. Yuk ko‘tarish
vazifasini oddiy karkas, yoki minorali binolarning o‘zagi ko‘rinishidagi bikr yadro
bajaradi (2-rasm, ye). Bu yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar temirbetondan yoki metaldan
tayyorlanadi. Yengil issiqlik o‘tkazmaydigan materiallardan qilingan hajmiy o‘z yukini
ko‘taruvchi elementlar, karkas to‘siniga o‘rnatiladi yoki markaziy bikr yadroga rafaqli
mahkamlanadi. Bikr yadro ustiga qalin rafaqli konstruksiya o‘rnatish to‘g‘ri kelsa,
hajmiy elementlarni bir tomoni bikr yadroni chiqqan
devorlariga mahkamlanadi,
ikkinchi tashqi tomoni bilan yuqoridagi konstruksiyalar rafag‘iga tasmalar bilai osiladi.
Bunday sxema qavati osilgan bino nomini olgan. Hajmiy elementlarni rafaqli
mahkamlash nafaqat bino o‘zagida, balki cho‘zilgan binoni yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalarida ham amalga oshirish mumkin. Bu holda binoning yuk ko‘taruvchi
asosi - ikkita bo‘ylama devor - qavatlararo orayopmalar bilan biriktiriladi.
Zinapoya katagi devori va qo‘shimcha ko‘ndalang devorlar ko‘ndalang
yo‘nalishda asosni chidamliligini ta’minlaydi. Asosning yuk ko‘taruvchi bo‘ylama
devorlariga qavatlararo rafaqli hajmiy elementlar mahkamlanadi.