7-mavzu. Farmatsevtika muassasalarida xodimlarning kasb kasalliklarini aniqlash va tibbiy ko’riklarni tashkil qilish tizimi Reja


Kasb kasalliklarning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar



Download 72,75 Kb.
bet7/7
Sana26.07.2021
Hajmi72,75 Kb.
#129421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
мавзу 7

Kasb kasalliklarning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar.

Respublikamizda xodimlarga tibbiy-sanitar xizmat ko‘rsatish, kasb kasalliklarining oldini olish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda:

1. Mehnat sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish.

2. Tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish.

Kasb kasalliklari profilaktikasida ishlab chiqarish jarayonlarining modernizatsiyasi, avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, distansion boshqaruv va robot texnikasidan foydalanish, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishni cheklash, chang miqdorini, fizik omillar darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan texnologik chora - tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishda mahalliy va umumiy havo almashtiruvchi ventilyatsiyani qo‘llash, xodimlarni shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish uchun sharoitlar yaratish, mehnat rejimini to‘g‘ri tashkil etish kasbiy va umumiy

kasalliklarning oldini olishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Kasb kasalliklari profilaktikasining eng samarali yo‘nalishlaridan biri ishchi va xizmatchilarni profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishdir.

Respublikamizda kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishga qabul qilinayotganda xodimning dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklari Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200 - sonli buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Ushbu buyruqda profilaktik rasmiylashtirish, jumladan tibbiy ko‘riklarni o‘tkazishda qatnashishi shart bo‘lgan shifokor-mutaxassislar va laborator funktsional tekshiruvlar, ishlab chiqarishning zararli, xavfli va noxush omillari bilan bog‘liq ish joylariga ishga qabul qilish uchun qarshilik ko‘rsatuvchi moniyliklar ko‘rsatilgan. Profilaktik ko‘riklarni tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish, har bir xodimga to‘g‘ri xulosa berish, nafaqat davolash-profilaktika muassasalarining ishi, bu kasaba uyushmalarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Dastlabki tibbiy ko‘riklar organizmning a’zolari va tizimlarida u yoki bu o‘zgarishlar bo‘lgan va zararli kasbiy omillarning ta’sirida ishlashga ruxsat etilmaydigan shaxslarni ishga ko‘ymaslikka yo‘naltirilgan. Bunday ko‘riklar avvalo kasb kasalliklarning oldini olishga va ishlab chiqarishda ishga kirayotgan fuqarolarning sog‘ligini hisobga olgan holda ratsional ishga joylashtirish, ya’ni zararli omillarning ta’siri bilan bog‘liq kasblarga ruxsat berishning tibbiy reglamentini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, profilaktik chora-tadbirlarni yaratuvchi asosiy sharoitlardan biridir. Shuning uchun bunda qo‘yidagilarni hisobga olish zarur:


  • shaxsiy himoya choralariga amal qilish;

  • profilaktikaning tibbiy – biologik – fiziologik usullarini qamrab olgan choralarni to‘liq o‘tkazish;

  • ishga kirishdan oldingi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200 sonli buyrug‘iga qat’iy va to‘la amal qilgan xolda sifatli o‘tkazish;

  • ishga kirishdan oldingi dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarning sifatli

o‘tkazilishini kasaba uyushmasi, mehnat xavfsizligi bo‘limlari, qolaversa

ish beruvchi tomonidan nazorat qilish;



  • xodimlarga sog‘lom turmush tarziga yangicha qarash, sog‘lom mehnat sharoitlarini talab qilish, o‘z sog‘lig‘iga e’tibor berishni o‘rgatish;

  • sanitar-maishiy ishlarni faollashtirish.

Profilaktik chora-tadbirlar ichida kasb kasalliklari rivojlanishi xavfi bo‘lgan guruhni o‘z vaqtida aniqlash va ularga davolash sog‘lomlashtirish tadbirlari majmuini qo‘llash xodim (aholi)ning sog‘lig‘ini saqlashda katta ahamiyatga ega.

Kasb kasalliklarining profilaktikasida quyidagilar muhim ahamiyatga ega:



  • barcha bemorlar kasb kasalligi aniqlanishi bilanoq, jumladan kasallikning boshlang‘ich klinik belgisi kam namoyon bo‘lgan holatlarda ham dispanser nazoratiga olinishi kerak;

  • kasb kasalligi bilan kasallangan bemorlar mehnat qilishlari yoki nafaqada

bo‘lishlaridan qat’iy nazar, doimo davolash va dispanser nazoratida

bo‘lishlari shart;



  • bemorlarni dispanser kuzatish prinsiplari kasb kasalliklarining shakli va kechish hususiyatlari bilan belgilanadi;

  • kasb kasalliklarining avj olishi va asoratlari qo‘shilishining oldini olish maqsadida kasb kasalliklarining yaqqol ifodalangan shakllari bilan kasallangan bemorlar har yili kasb kasalliklari klinikasida davolanishlari zarur;

  • kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni dispanser nazorat qilish tizimi bemorlar reabilitatsiyasining tarkibiy qismi hisoblangan, ularni mehnatga to‘g‘ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega.




1 “Hayot faoliyati xavfsizligi”, G‘.Yormatov, O‘.Yuldashev, A.Hamraeva, Darslik.-T., 2009.

Download 72,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish