7-Mavzu: Etiket alifbosi. Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar



Download 137,29 Kb.
bet4/4
Sana17.01.2020
Hajmi137,29 Kb.
#35205
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot va turmush odobi


Shampunni tog‘ri tanlay olasizmi


Aynan sizga to‘g‘ri keladigan shampunni qanday tanlasa bo‘ladi? Bu juda oddiy – qadoqdagi matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. Birinchi qoida – aynan sizning soch turingizga to‘g‘ri keladigan shampundan foydalaning. Xo‘sh, soch turini qanday aniqlasa bo‘ladi?

Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash uchun, avvalo, o‘z soch turingizni to‘g‘ri aniqlashingiz lozim. Sochlar to‘rt guruhga bo‘linadi: quruq, yog‘li, normal va aralash. Aynan mana shu xususiyatlarga qarab parvarish vositalari tanlanadi.

Shunday qilib, o‘z sochingizni yaxshilab o‘rganib chiqing.

Quruq sochlar


Agarda sochlaringiz quruq bo‘lsa, bir tomondan hursand bo‘lsangiz ham bo‘laveradi. Negaki, bunday sochlar yuvilgandan so‘ng uzoq vaqtgacha yog‘lanmaydi. Siz ularni bir hafta mobaynida yuvmay yursangiz ham, ular toza ko‘rinadi. Biroq, bunday sochlarning uchlari nihoyatda quruq bo‘ladi va tez-tez sinadi. Sochlarni yuvib chiqqandan so‘ng esa bosh terisida tirishish seziladi. Bunday turdagi sochlarga fen yordamida quritish salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki fen sochlaringizning sinuvchanlik xususiyatini kuchaytirib yuborishi mumkin.

Sochingiz turini aniqlashning yana bir usuli – soch ildizlarini o‘rganish. Agarda yuvilgandan so‘ng ildizlar quruq, 3 4 kundan so‘ng esa – normal, hafta oxiriga kelib esa – yog‘li bo‘lib qolsa, qo‘rqmay quruq sochlar uchun mo‘ljallangan vositalardan foydalanishingiz mumkin!


Yog‘li sochlar


Xo‘sh, yog‘li sochlarni qanday aniqlasa bo‘ladi? Bunday sochlarni aniqlashda yanglishish qiyin. Chunki bunday sochlar deyarli yuvilgan kunning oxiriga kelib yog‘lanib qoladi. Bu ayniqsa soch ildizlariga tegishli. Lekin bunday sochlarning uchlari hech qachon sinmaydi va fendan cho‘chimaydi. Yog‘li soch egalarida soch yuvilgandan so‘ng bosh terisida tirishish holati kuzatilmaydi.

Normal sochlar


Normal sochlar boshqa soch turlardan shunisi bilan farqlanadiki, ular yuvilgandan so‘ng 2-3 kun o‘tgach yog‘lanadi.Normal sochlar uchlari sog‘lom ko‘rinadi, deyarli sinmaydi (faqat noto‘g‘ri parvarish natijasida). Noto‘g‘ri tanlangan yuvish vositasi natijasida bunday soch egalari ham ba’zida bosh terisida tirishishni sezishlari mumkin. Bunday soch ildizlari yuvilgandan so‘ng normal holatda bo‘ladi. Faqatgina uchinchi kun oxiriga kelib ular yog‘lana boshlaydi. Bu turdagi sochlarni bemalol fen yordamida quritish mumkin.

Aralash sochlar.


Aralash sochlarning ildizlari yog‘li, uchlari quruq bo‘ladi. Bunday sochlar parvarishi eng murakkab hisoblanadi. Qanday qilib uni aniqlash mumkin? Juda oddiy – sochlar yuvilgan zahoti ildizlar normal holatda bo‘ladi, 2-3 kunga kelib esa yog‘li bo‘lib qoladi. Bunday sochlar uchlari esa doim quruq va sinuvchan bo‘ladi. Aralash sochlar yuvilgandan so‘ng 3-4 kunga kelib kirlanadi. (sochlar yuvilgandan so‘ng bosh terisining tirishish holati kamdan kam kuzatiladi). Ikkinchi qoida – aynan sizning soch turingizga to‘g‘ri keladigan yuvish vositasini tanlash oson ish emas. Turli ishlab chiqaruvchilarning shampunlaridan foydalanib ko‘ring, natijasiga qarab o‘zingizga mosini tanlang.

Bu eng qimmat shampun bo‘lishi shart emas, ba’zida mashhur shampun markalaridan ko‘ra oddiy do‘kondan olingan shampun ham sizga ideal ravishda to‘g‘ri kelishi mumkin.


Shampun sizga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi, qanday aniqlasa bo‘ladi?


Shampun sizning soch turingizga mos tushganini qanday aniqlasa bo‘ladi? Natijaga qarang! Agarda yuvilgandan so‘ng sochlar yog‘lardan xalos bo‘lsa va toza ko‘rinsa unda ijobiy natijaga erishdim deb o‘ylayvering. Shampun bilan yuvish jarayonida va undan so‘ng bosh terisida hech qanday ta’sirlanish va qichishish kuzatilmasligi lozim, sochlar qurigandan so‘ng esa yaltirab turishi darkor. Sifatli shampun vositasi sochlardagi statik elektrni yo‘qotadi. Va, nihoyat, sochlar to‘g‘ri shampun bilan yuvilgandan so‘ng, ular itoatkor, jilovdor va silliq bo‘lib qoladi, oson taraladi va turmaklanadi.

Shampun sifati


Shampun sifatini qanday aniqlasa bo‘ladi? Bu nima uchun zarur? Birinchidan, shampun tarkibidagi ma’lum bir qo‘shimchalar ba’zi odamlarda allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun, siz uchun yangi bo‘lgan shampundan foydalanishdan avval uni sinab ko‘ring. Bilakka bir oz shampundan surting, 15 daqiqadan so‘ng yuvib tashlang. Agarda terida hech qanday ta’sirlanish bo‘lmasa, demak hammasi joyida.

Soch to‘kilishi sabablari va uy sharoitida soch o‘stirish usullari


Soch to‘kilishi bilan har qanday yoshda, har qanday jins egalaridan qat’iy nazar hamma insonlar uchrashadi. Oxirgi 10 yillikda soch to‘kilishi bilan yoshlar ham ko‘p to‘qnash kelmoqda, bularga sabab ekologiyaning yomonlashishi va iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda ko‘plab kimyoviy moddalar borligidir.

Soch to‘kilishining sabablari


Soch to‘kilishining sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Nasliy omil;

  • Organizm qarishi;

  • To‘yib ovqatlanmaslik va vitamin yetishmovchiligi;

  • Yoshga bog‘liq va patologik gormonal o‘zgarishlar;

  • Kuchli stress;

  • Ifloslangan havo va suv;

  • Soch piyozchalarining zararlanishi;

  • Tor bo‘lgan bosh kiyimlarni kiyib yurish.

Soch to‘kilishi insonning o‘z-o‘zini baholashida salbiy oqibatlar keltirib chiqarib, ularning shaxsiy hayotlarida omadsizliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kosmetik va farmasevtik firmalar kallikka qarshi preparatlar tayyorlash uchun ko‘p pul sarflashadi, shampunlar, mazlar, gellar, balzamlar kabi “mo‘jiza” narsalar sochlarni tez tiklaydi deb aytishadi. Ularning ko‘pchiligi hammaga ma’lum bo‘lgan tabiiy vositalarning kompleksi va kimyoviy moddalar aralashmasidan tayyorlangan bo‘ladi. Agar siz soch to‘kilishiga qarshi arzon va samarali, oddiy usullarni bilmoqchi bo‘lsangiz quyidagi maqola sizga yordam berishi mumkin.

Piyoz suvi yordamida soch o‘stirish


Nima uchun trixologlar ko‘pchilik shifobaxsh sabzavotlar ichidan piyozni foydali deyishmoqda? Nima uchun yoqimliroq hidga ega bo‘lgan sabzavotlar tavsiya etilmayapti? Hayron qolish kerakki, piyozning shu “yoqimsiz” hidi soch follikulalari uchun eng foydali jihati ekan. Piyozning bu o‘ziga xos hidi – oltingugurt elementining ko‘p saqlanishidan dalolat beradi, oltingugurt esa sochlar ildizi uchun foydasi juda katta. Boshqa hech qaysi mahsulot piyoz kabi ko‘p oltingugurt saqlamaydi.

Oltingugurt sochlarimizning elastikligi, mustahkamligi va silliqligini ta’minlovchi kollagen sintezi uchun kerak bo‘lgan elementdir. Bu element organizmda umuman hosil bo‘lmaydi, inson faqatgina ovqatlanish yo‘li bilan oltingugurtni o‘ziga qabul qiladi. Uning yetishmovchiligida teri quruqlashadi, tirnoqlar sinuvchan bo‘lib qoladi, sochlar to‘kiladi, chanqash hissi paydo bo‘ladi, umumiy holsizlik belgilari kuzatiladi.

Bundan tashqari piyoz o‘zida tabiiy keratin moddasini saqlaydi. Shuning uchun piyozning tabiiy suvini soch ildiziga surish to‘g‘ridan to‘g‘ri samara beradi. Ko‘pchilik shampunlar o‘zida keratin moddasini saqlaydi, lekin ularning qolgan komponentlari zararli emasligiga kim kafolat beradi?

Piyoz suvi har qanday etiologiyadagi soch to‘kilishida yordam beradi: yoshga bog‘liqligi, gormonal o‘zgarish, genetik, toksik bo‘lishidan qat’iy nazar. Regulyar va uzoq muddat (kamida 3 oy) piyoz suvidan foydalanish butunlay kal bo‘lganda ham yordam beradi.


Piyozga asoslangan davolovchi niqoblar


Piyozdan foydalanishdan avval quyidagilarni hisobga olish kerak:

Hafta yoki oyda bir marta muolaja o‘tkazish hech qanday foyda bermaydi. Bunda siz faqatgina oz muddatli ko‘z yoshi va bir necha kun ketmaydigan “yoqimli” hid kelib turishiga erishasiz, xolos. Muolajani har kuni kamida 2 oy davomida o‘tkazish kerak.

Piyoz hidi sochlarga suv tekkanda kuchayadi. Sochlaringiz quruq holda piyoz hidi kelmaganidan qat’iy nazar., terlaganingizda va yomg‘ir ostida qolganingizda ularning hidi keladi. Piyozning o‘zini boshda qoldirishdan ko‘ra uning sokidan foydalanish hidlarning kam kelishini ta’minlaydi.

Piyozdan tayyorlangan maskalar boshda 30 daqiqadan ko‘p turishi tavsiya qilinmaydi, chunki siz bosh teringizni kuydirib olishingiz mumkin.



Endi piyoz asosida tayyorlanadigan niqoblar haqida to‘xtalamiz:

Oddiy piyoz suvi. Birinchi bo‘lib, kichik sochiq oling, uni bug‘da biroz ushlab turing, u nam bo‘lsin. Piyozni oling  va blendr yoki qiymalagichdan o‘tkazing, ajralgan sokni boshingizga sekin asta surting va biroz massaj qiling. So‘ngra nam sochiqni boshingizga yoping va yarim soat kuting. Keyin esa boshingizni toza suv bilan yuvib tashlang.

Piyoz va qalampir nastoykasidan tayyorlangan niqob. Niqob tayyorlash ketma-ketligi yuqoridagi kabi, faqat qalampir nastoykasidan bir pipetkani to‘laligicha qo‘shish kifoya. Qalampir nastoykasini dorixonalardan topsangiz bo‘ladi. U soch ildizlarini stimullovchi xususiyatga ega bo‘lganligi sababli butunlay kallikda ham foyda beradi.

Sarimsoq va oddiy piyoz arlashmasidan tayyorlangan niqob. Bir bosh piyozga 2 bo‘lak sarimsoq qo‘shib, uni blendr yoki qiymalagichdan chiqazing va boshingizga surib, 30 daqiqaga qoldiring. Bu muolaja faqatgina soch to‘kilishiga emas, balki qazg‘oqlarni ham yo‘qotadi. Sarimsoq va piyoz tarkibidagi tabiiy antibiotik –“fitonsid” sochlarda qazg‘oq hosil qiluvchi zamburug‘larni o‘ldirish xususiyatiga ega.

Piyoz, asal va tuxumdan tayyorlangan niqob. Soch to‘kilishiga vitaminlar yetishmasligi ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu aralashma foydasi katta. Bir bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazing, 3 choy qoshiq ozgina eritilgan asal va bitta xom tuxumni qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani boshingizga suring va 30 daqiqaga qoldiring. So‘ngra bolalar shampuni bilan boshingizni yuving, chunki asalni ketgazish uchun bolalar shampuni yaxshiroq foyda beradi. Muolajani haftada 2 -3 bor o‘tkazish tavsiya etiladi. Qolgan kunlari oddiy piyozdan foydalangan ma’qul.

Quruq sochlar uchun piyoz, kokos moyi va pivodan tayyorlangan niqoob. Agar soch to‘kilishi ularning sinishi, qurishi, terida qichishishlar bilan kechayotgan bo‘lsa, haftasiga 2-3 bor ushbu muolajani o‘tkazing: ikki bosh piyozni olib, uni qiymalagichdan chiqazib unga 1 oshqoshiq kokos moyi qo‘shing va yarim stakan pivo aralashtiring. Hosil bo‘lgan maskani boshingizda 30 daqiqaga qoldiring, so‘ng boshingizni yengil shampun bilan yuvib tashlang.

Piyozning yoqimsiz hiddan qanday qutulish mumkin?


O‘zingiz hal qiling, xushbo‘y hid taratib yurish yoki sog‘lom sochlarga ega bo‘lish, sizga qaysi biri ma’qul Albatta, ko‘pchilik xushbo‘y hid deydi. Lekin sochlar to‘kilishida piyoz eng foydali usuldir. Agar kichik bir sirni bilsangiz yoqimsiz piyoz hididan oson qutulasiz. Qisman yoki butunlay hiddan qutilishning 3 ta yo‘li bor:

  • Xushbo‘y hidga ega moylardan bir necha tomchi qo‘shish: yong‘oq, apelsin, shalfey kabi o‘simlik moylari yoqimsiz hiddan qutilish  va sochlarga jilo berish uchun ishlatish mumkin.

  • Kosmetik loylardan foydalaning: kosmetik loylarni muolajadan so‘ng 30 daqiqaga boshingizda qoldiring. U o‘ziga hidni tortib oladi.

  • Olma sirkasidan foydalaning: 9 % li olma sirkasining 1 oshqoshg‘ini 1 litr suvga aralashtirib, sochlarni ushbu aralashmada 5 daqiqa davomida ushlab turing, lekin suv bilan yuvib tashlamang.

Soch to‘kilishida dengiz tuzi (morskoy sol) bilan muolaja


Bu usul qadim zamonlardan beri ma’lum va ancha samarali hisoblanib kelingan. Oddiy tuzning soch follikulalarini stimullashi va ularning o‘sishida roli katta. Lekin shuni ham qayd etish kerakki, oddiy mayda tuzlar foyda bermasligi mumkin, tuzning hajmi uning kristallari va kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq. Tabiiy dengiz tuzi sochlarga quyidagicha ta’sir qiladi:

  • Tuz bilan massaj qilayotganingizda tuz kristallari terining muguzlanuvchi qavatini ko‘chiradi va yangi epidermis hosil bo‘lishini tezlashtiradi;

  • Tuzli eritma boshda qolib ketgan kosmetik qoldiqlarni, chang va kirlarni tozalab ketadi;

  • Tuz bilan massaj qilish teridagi poralarni ochadi, qon aylanishini yaxshilaydi va boshqa muolajalarning teriga singishini tezlashtiradi;

  • Dengiz tuzi tarkibidagi xlor va yod antibacterial xususiyatga ega va mikroblarni yo‘q qilib, qazg‘oq hosil bo‘lishini kamaytiradi.

Dengiz tuz bilan davolashning muhim jihatlari va nojo‘ya ta’sirlari


Agar sizning sochingiz quruq va sinuvchan bo‘lsa, tuz bilan muolaja sochlar to‘kilishini kuchaytirib yuborishi mumkin. Yog‘li sochlarda ham tuzlarning nojo‘ya effekti bo‘lishi mumkin. Masalan, sizda seboreya va qichishish bo‘lsa, siz bosh terisini ko‘p qichishingiz natijasida u yerda yaralar hosil bo‘lgan bo‘lsa, tuz bilan massaj qilganda tuz kristallari yaralar kirib, ularning bitishini qiyinlashtirishi mumkin. Bundan tashqari, og‘riq ham chaqirishi mumkin.

Sochni tuz bilan davolash bosh terisi shikastlanganda, ota quruq sochlarda, diabetda, qalqonsimon bez kasalliklarida va dermatologik kasalliklarda qo‘llash mumkin emas!



Tuz bilan davolanish ketma-ketligi:

  • Agar siz oddiy tuzdan ko‘ra dorixonadagi kosmetik tuzdan foydalanishni afzal deb topsangiz birinchi navbatda teringizning unga sezuvchanligini bilib oling. Buning uchun tirsak bukilmangizga shu tuz eritmasidan suring va 1 sutka kuting. Agar teringizda hech qanday qizarish va qichishish belgilari paydo bo‘lmasa, demak tuz sizga to‘g‘ri keladi.

  • Yuz, bo‘yin va sochlar atrofidagi teri sohasiga yog‘li kremlardan surting. Bu bilan siz tuzli eritmalar tushgan terining qurib qolishidan himoyalanasiz.

  • Tuz bilan massaj faqatgina yuvilmagan sochlarda amalga oshiriladi. Chunki bosh terisida yog‘ bilan qoplangan qoplama bo‘ladi va u terini qurib qolishidan saqlaydi.

  • Massaj qilish vaqti 5 daqiqadan oshmasligi zarur.

  • Tuzli maskalar 20-30 daqiqaga qoldirilishi mumkin. Bunda siz qichishish va qizish hissini sezsangiz darhol boshingizni toza suvda yuvib tashlashingiz kerak bo‘ladi.

  • Tuz bilan massaj qilingandan keyin boshni shampun bilan yuvish kerak emas. Chunki shusiz ham boshingiz quruqlashib qolgan. Muolajadan so‘ng romashka eritmasi bilan yuvish ham tavsiya qilinadi.

  • Muolajadan so‘ng sochlarni fen bilan quritish mumkin emas.

  • Tuz bilan muolaja haftasiga 2-3 marta 1 oy davomida o‘tkaziladi. Keyin esa 4-6 hafat kutilib yana muolaja davom ettiriladi.

  • Tuzlar bilan muolaja qilish vaqti qish va bahor vaqtlaridir, chunki bu paytda sochlar bosh kiyim kiyib yurilgani uchun kir bo‘ladi. Yoz oylarida esa muolaja o‘tkazish tavsiya qilinmaydi, chunki shundoq ham boshlar terisi issiq havoda quruq bo‘ladi.
  • Tuzli aralashmalar tayyorlash retsepti


  • Oddiy tuz. Soch ildizini ozgincha namlagan holda katta o‘lchamdagi dengiz tuzini olib boshlarni 5-7 daqiqa davomida massaj qilish kerak. Bunda tuz kristallari to‘liq erib ketishi kerak. So‘ng boshni toza suvda yuvib, oddiy usulda quritish kerak.

  • Zaytun moyi. 50 ml zaytun moyidan olib unga 50 gr tuz soling va idishni suv solingan boshqa idishga solib, bir oz qizdiring. Tayyor bo‘lgan aralashmani yuvilmagan boshga suring va ustidan polietilen plyonka bilan yoping, uning ustidan esa sochiq o‘rab oling. 30 daqiqa o‘tgach boshingizni iliq suvda yuvib tashlang.

  • Asal. 50 ml suyuq asalga 50 gr tuz solib, mikserda ko‘piklar hosil bo‘lguncha aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmani sochlaringiz ildiziga surib, 20-30 daqiqaga qoldiring, so‘ngra iliq suvda yuvib tashlang.

  • Tuxum sarig‘i. 2-3 ta tuxum sarig‘ini ajratib olib, unga 2-3 oshqoshiq tuz qo‘shing va mikserda aralashtiring, bunda tuz kristallari oxirigacha erib ketmasligi kerak. Tayyor bo‘lgan aralashma bilan soch ildizlarini 5-7 daqiqa tuz to‘liq erib ketgunga qadar massaj qiling, keyin yuvib tashlang.

  • Kosmetik loy. Havorang kosmetik loy va suvning aralashmasidan 100 ml tayyorlang va shuncha miqdorda tuz qo‘shing. So‘ngra 5-7 daqiqa davomida boshingizni massaj qiling va yuvib tashlang.
  • Soch to‘kilishini davolashda achchiq qalampir nastoykasi


  • Inson soch follikulalari qo‘shimcha ravishda, ichki va tashqi salbiy omillar yoki mexanik shikastlanish ta’siri ostida vaqtincha o‘sish qobiliyatidan mahrum bo‘lganlar ham bor. Barcha follikullarni uyg‘otish va faollashtirish uchun ,ba’zan, siz radikal vositalarga murojaat qilishingiz kerak, ulardan biri qizil qalampir nastoykasidir.

Qalampir teriga tushgandan keyin mahalliy qizdirish va stimullash ta’siriga ega. Muolaja uchun dorixonalarda topiladigan qalampir nastoykasidan foydalaniladi. Dorixonadan olingan nastoyka 3-4 marta ishlatishga yetadi, xolos.

Agar siz xarajat qilishni istamasangiz o‘zingiz ham nastoyka tayyorlashingiz mumkin. Lekin dorixonadan olganingiz ishonchliligini ham inobatga olib qo‘ying.

5-7 dona qalampir oling, quritilgan yoki yangisi ham bo‘laveradi. Ularni ko‘ndalangiga 1 sm dan kesib chiqing. 1 litrli bankaga yarim litr aroq yoki tibbiy spirt soling, unga kesilgan qalampirlarni tashlab 14 kunga qorong‘u joyda og‘zi berkilgan holda qoldiring. Vaqti-vaqti bilan chayqatib aralashtirib turing. Tayyor bo‘lgan aralashmani muzlatgichda saqlang.

Qalampir nastoykasidan niqob tayyorlash


1 oshqoshiq nastoykadan olib shuncha miqdordagi har qanday soch uchun mo‘ljallanga balzam bilan aralashtiring. Paxta bilan shimdirib sochlaringiz ildiziga surib chiqing. Ustidan polietilen sellofan qoplab, bosh kiyim kiyib oling. 30 daqiqadan so‘ng boshingizni yuvib tashlasangiz bo‘ladi.

Tavsiyalar:



  • Agar siz achishish hissini sezsangiz, darhol boshingizni yuvib tashlang. Keyingi safar nastoykadan kamroq soling yoki suv bilan aralshtirib yuboring;

  • Umuman qizish hissi sezilmasa, bu nastoykaning noto‘g‘ri tayyorlanganidan yoki yaxshi saqlanmaganidan dalolat beradi;

  • Aroq bilan tayyorlangan nastoykani 5 martagacha, spirt bilan tayyorlangan naastoykani esa 10 martagacha suyultirish mumkin, undan ko‘pi samara bermasligi mumkin, oshig‘i esa zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin

  • Bu aralashma yog‘li sochlar uchun mo‘ljallangan, quruq sochlar uchun esa qo‘shimcha sifatida balzam bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi.

  • Agar boshda jarohatlar bo‘lsa, bu aralashmani umuman ishlatmang!

  • Hafta davomida 2-3 marta qo‘llash kifoya, agar butkul kallik bo‘lsa, har kuni 1 martadan 2-3 oy davomida qo‘llash mumkin.

Qora sedana moyi


Bu osimlik moyi ozuqaviy moddalar, aminokislotalar, lipidlar, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lib, ular bilan sochlarni mustahkamlashingiz va hatto alopesiyaning so‘nggi bosqichlarida ham natijaga erishishingiz mumkin. Kosmetika va farmatsevtika sanoati sohasida qora sedana yog‘i terapevtik shampunlar, balzam va maska, shuningdek, yoshartiruvchi yuz va tana kremlarini ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi. Tayyor mahsulotlarga ko‘p pul sarflash o‘rniga, siz dorixonada qora sedana moyini sotib olishingiz va uni uy sharoitida qo‘llashingiz mumkin.

Qora sedana moyi bosh terisi va soch quyidagicha shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi:



  • Soch follikulalarini mustahkamlaydi, vitaminlar, aminokislotalar va fermentlar bilan to‘yintiradi;

  • Mexanik ta’sir natijasida zararlangan sochlarni qayta tiklaydi (bosh kiyim kiyib yurganda);

  • Quyosh nurlarining zararli effektidan sochlarni himoyalaydi;

  • Hujayralarni regeneratsiyasini kuchaytiradi va “uxlab yotgan” soch follikulalarini uyg‘otadi.

Bu juda kuchli mahsulotdir, shuning uchun qora sedana moyini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Uydagi tabiiy maskalari tarkibida uning ulushi terapevtik aralashmaning umumiy massasining 20 %idan oshmasligi kerak. Davo chorasini kuchaytirish uchun qora sedana moyini olib, ovqatdan 10-15 minut oldin 1 choy qoshiqdan 3 marta qabul qilish mumkin.

Sochni qora sedana moyi bilan davolash 4-6 hafta tanaffus bilan amalga oshiriladi, chunki bu preparatni doimiy ravishda qo‘llash, organizmda biologik faol moddalar to‘planib qolishiga olib keladi. Sochni mustahkamlashning bu usuliga bevosita qarshi ko‘rsatmalar mavjud emas, lekin ba’zida qora sedana moyi allergiya holatlarini chaqirishi ham mumkin.

Birinchi bor qo‘llayotganingizda, albatta, teri bilan sinama o‘tkazib ko‘ring. Agar sizning emizikli chaqalog‘ingiz bo‘lsa yoki homilador bo‘lsangiz, sedana moyini qo‘llashingiz mumkin emas!

Soch o‘stirish uchun qora zira moyidan tayyorlanadigan niqoblar


Quyida biz sizlarga 7 ta eng samarali retseptlarni keltiramiz:

Qalampir va kokos moyi bilan. Jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchidan, sochlarning ildizlariga 10 daqiqa davomida qizil qalampir nastoykasi qo‘llaniladi. U yaxshi qizdiradi va soch follikullarini tayyorlaydi. Keyinchalik, qalampir yuviladi va suv hammomida isitiladigan bir necha tomchi kokos moyi bilan qora sedana moyi aralshmasi bilan massaj qilinadi. Aralashma 30 daqiqa davomida ushlab turiladi va yaxshilab yuvib tashlanadi.

Piyoz suvi bilan aralashma. Sedana moyi va qora kunjut moyidan arlashma tayyorlang, unga piyoz suvidan siqib aralashtiring. Tayyor bo‘lgan maskani boshingizga surtib, 20-30 daqiqa saqlang, bunda boshingizga bosh kiyim kiyib olganingiz ma’qul. So‘ngra boshni iliq suvda yuvib tashlang.

Romashka va qora sedana moyidan tayyorlangan niqob. 100 ml iliq romashka nastoykasiga 1 oshqoshiq qora sedana moyidan soling. Hosil bo‘lgan aralashmani 20-30 daqiqa davomida boshingizda ushlab turing, unga limon sokidan siqib aralashtirsangiz xushbo‘y hid ham beradi.

Qatiq bilan aralashma. Agar soch to‘kilishi qazg‘oq bilan kelsa, yarim stakan ilitilgan qatiq oling, unga 1 oshqoshiq qora sedana moyidan soling. Aralashmani 15-20 daqiqa davomida bosh kiyim kiygan holda qoldiring. So‘ngra iliq suvda yuvib tashlang.

Smetana-zaytun moyi va qora sedana moyi bosh terisi qurilishiga qarshi. Agar sochingiz tushib ketgan bo‘lsa va bosh terisi juda yumshoq bo‘lsa, ushbu retseptni qo‘llab ko‘ring: 50 ml zaytun moyini 50 ml smetana va 1 osh qoshiq qora sedana moyiga aralashtiring. 5 daqiqa davomida massaj qilish yo‘li bilan boshingizga suring, so‘ngra 30 daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.

Natija bo‘lmasa nima qilish kerak?


Soch to‘kilishining og‘ir formalarida, masalan diffuz yoki androgen kallikda odamlar xalq tabobatiga shubha bilan qarashadi. Biroq bu muolajalar qimmatbaho preparatlar va trixologlar beradigan davo choralariga hech qanday zarar keltirmaydi. Agar siz shunday bo‘lsangiz 3 muhim narsani bilishingiz zarur:

Malakali shifokor faqatgina butunlay soch to‘kilganda, ya’ni sochlar umuman qayta tiklanmaganda, sochlarni ektirish uchun kerak. Boshqa hollarda siz o‘zingiz bemalol soch to‘kilishiga qarshi kurashishingiz mumkin;

Zamonaviy soch o‘stiruvchi vositalarning deyarli barchasi yuqorida keltirilgan moddalarni o‘zlarida saqlashadi. Siz tabiiy vositalardan foydalanib, ko‘pgina pulni tejab qolishingiz mumkin;

Muolajalarning natijasini faqatgina to‘liq bajargandagina ko‘rish mumkin, har kuni uzluksiz va bir necha oyda qilingan muolajalar effekt beradi;



Shunday qilib, “natija bo‘lmasa nima qilish kerak?” degan savolga javob beramiz. O‘zingizdan so‘rang, ushbu natijaga erishish uchun hamma narsani qildingizmi? Agar bo‘lmasa, unda irodani mustahkamlang, dangasalikdan voz keching, maqsadga intiling va taslim bo‘lmang. Ijobiy munosabat va muvaffaqqiyatga ishonish, albatta, sochlarning eski salobati va go‘zalligini qayta tiklashga imkon beradi. Sog‘ bo‘ling!









14-Mavzu:Qiz bola hayosi va ibosi bilan go’zal


 Qiz bor uy fayzli, saranjom-sarishta bo‘ladi. Qizlar timsolida xalqimiz bo‘lg‘usi onalar, kelajak avlodni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadigan nasl davomchilarini ko‘radi. 
Qiz bola odobi bilan go‘zal, deydi xalqimiz. Milliy urf-odat va qadriyatlarimiz ruhida tarbiya topgan, iboli, hayoli va yuksak ma’naviyatli qizlar ana shunday husnga ega bo‘ladi. 
Prezidentimiz rahnamoligida qizlar salomatligini mustahkamlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, turli yot g‘oyalardan asrash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oila, ta’lim maskani va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik muhim omil bo‘layotir. 
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligida qizlarning odob-axloq mezonlariga qat’iy rioya etishi, tafakkurini boyitish, salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida tajribali psixologlar, o‘qituvchi va murabbiylar, hayoti ibrat onaxonlar ishtirokida turli tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda. 
– Ajdodlarimiz qadimdan bola tarbiyasi, ayniqsa, qiz bolaning kamoli, istiqboli haqida qayg‘urganlar, qiz farzand dunyoga kelsa, unga alohida mehr va e’tibor ko‘rsatganlar, – deydi mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Matluba Mo‘minjonova. – Chunki u bo‘lajak ona, nasl davomchisi. Qizlarning onalik, ro‘zg‘or ilmi, oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘rganish maqsadida ta’lim muassasalarida turli tadbirlar, so‘rovlar uyushtirilmoqda. Mahallamiz faollari tomonidan ota-onalar o‘rtasida qizlarni turmushga uzatish, o‘g‘illarni uylantirishdan avval ularni oilaviy hayotga tayyorlash, bilim olishi va biror kasb-korning boshini tutishiga ko‘maklashish uchun tushuntirish-targ‘ibot ishlari doimiy ravishda olib borilayotir. 
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, kamtarlik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishda “Zumradoylar davrasi” to‘garagi muhim rol o‘ynamoqda. 
Besh yoshli Robiya Rajabova mazkur mahalladagi 58-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Zumradoylar davrasi” to‘garagiga qatnaydi. Robiya to‘garakda o‘rganganlarini uyda qo‘llab, ota-onasini quvontiradi. Yaqinda to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvda u ozoda va orastaligi, o‘zini tutishi, ota-onasini hurmat qilishi, bobosi va buvisining o‘gitlarini bilishini namoyish etib, g‘olib bo‘ldi. Zarnigor opa qizining bu muvaffaqiyatidan behad quvondi. 
– Qizimning saranjom-sarishtaligi, odobi, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish madaniyati oilamizdagi sog‘lom muhit, tarbiyachilarining mehnati natijasidir, – deydi Zarnigor Rajabova. – Robiya to‘garakda tarbiyachilaridan ota-onasining aytganiga quloq solish, ukalariga g‘amxo‘rlik qilish, bo‘sh vaqtini zoye ketkazmaslik, tozalikka rioya qilish, kattalar oldida odob saqlash, pazandalikni o‘rganib kelmoqda. 
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi “Zumradoylar davrasi”da ilk ko‘nikmalar hosil qilgan qizaloqlar umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Orasta qizlar” to‘garagiga jalb etiladi. Shu tariqa ularning jismonan sog‘lom, har tomonlama bilimli va yuksak ma’naviyatli bo‘lib voyaga yetishi, xalqimizga xos odob-axloq mezonlarini o‘zlashtirishi doimiy e’tiborda bo‘ladi. 
“Orasta qizlar” to‘garagida qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam amal qilib borishini ta’minlash maqsadida shifokorlar, huquqshunoslar, mehnat faxriylari ishtirokida “Qizlarda nafosat tarbiyasi”, “Salomatlik – tuman boylik”, “Qiz bolaning burch va mas’uliyati”, “Hayo – qiz bolaning libosi”, “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzularida tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zumradoylar davrasi”, ta’lim muassasalari va mahallalardagi “Orasta qizlar” to‘garaklarini rivojlantirish, ularga qizlarni yanada keng jalb etish, uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar bilan ta’minlash vazifasi belgilangan. Bu mamlakatimiz qizlarining barkamol bo‘lishi, dunyoqarashi va tibbiy madaniyati yuksalishiga xizmat qiladi.


















17-Mavzu:Oila qurish va jinsiy hayotga tayyorlash


O‘smir yoshlarning balog‘atga yetish davri ularning organizmida o‘ziga xos psixologik va fiziologik o‘zgarishlar kuzatilishi, bu fiziologik jarayonlarning asosida o‘smirlar organizmidagi ichki sekretsiya bezlari ishining faollashuvi yotishi hamda bularning mutlaqo me’yoriy fiziologik jarayon ekanligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

Yoshlarning jinsiy jihatdan yetilish jarayonlari fiziologiyasini bilish, uni davrlarga ajratib o‘rganish, har bir davrning o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqqan holda gigiyenik talablar qo‘yilishi va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilishi muhim amaliy ahamiyatga ega. Jinsiy yetilish jarayoni 10-17 yoshlar orasidagi davrni o‘z ichiga qamrab oladi va bu davrda ular organizmda jismoniy, ruhiy va axloqiy o‘ziga xos o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

15-18 yashar o‘smir jinsiy jihatdan yetiladi va unda o‘zga jinsga nisbatan intilish mayli paydo bo‘ladi. Jinslar o‘rtasidagi masalalarga qiziqa boshlaydi; o‘smirning gavda shakli, ruhiyati, xulq-atvori o‘zgaradi.

O‘smir tez o‘sadi, bu unga haddan tashqari tez o‘sganday tuyuladi, o‘smir o‘zini besunaqay sezadi, sut bezlari kattalashadi, o‘g‘il bolalarning yuziga husnbuzarlar toshadi.

O‘smir o‘z holatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ota-onalariga tushuntirishlari va ulardan bu borada bamaslahat to‘g‘ri tushunchalar olishlari lozim.

Ota-onalardan uyalib, zarur narsalar haqida tushunchalar o‘z vaqtida olinmasa, o‘spirin yoshlar bilmasdan og‘ir oqibatlarga, hatto fojialarga olib boradigan ishlar qilib, xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.

Jinsiy balog‘atga yetish muddati har bir shaxsning jinsiga, sharoitiga, millatiga, salomatligiga, yashash va boshqa xususiyatlariga qarab 11-12 yoshdan boshlanadi va qizlarda 18 yoshda, o‘g‘il bolalarda 19-20 yoshgacha cho‘ziladi.

Ba’zan o‘smir yigit va qizlarda balog‘atga yetish kechikadi. Bunday hollarda albatta endokrinolog vrachlar bilan maslahatlashish lozim.

Qizlarda balog‘atga yetish har oylik hayz sikli bilan namoyon bo‘ladi. Bu davrda qizlar gigiyena qoidalariga amal qilib jinsiy a’zolarini doimo toza saqlashga e’tiborli bo‘lishlari lozim. hayz ko‘rish davrida ichki kiyimlarni tez-tez almashtirib turish, zo‘riqtiradigan og‘ir jismoniy ish qilmaslik, sakrash, yugurish, raqsga tushish, ot, velosiped minish, suv havzalari (basseyn)da suzish mumkin emas.

ЎҚИНГ:   Qovushishning qoidasi bormi?

Ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, yigit va qizlar 18 yoshga yetganda morfologik va fiziologik jihatdan (bosh miya, skelet, muskullar, ichki sekretsiya bezlari, xususan, jinsiy a’zolar) endigina takomilga yetgan bo‘ladi. 18 yoshga to‘lmasdan turmush qurishning aksariyat hollarda yigitga ham, qizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy ravishda isbotlangan. Ma’lumki, 18 yoshda yigit-qizlar to‘lishib, bo‘ylari o‘sadi, yigitlarning ovozlari do‘rillab qoladi, ammo bu hali ularning anatomik va fiziologik jihatdan butunlay yetilganliklarini bildirmaydi.

Ayrim yigit va qizlar bir yil oldinroq balog‘atga yetishlari ham mumkin. Bu hol respublikamizning janubiy viloyatlarida yashovchi yoshlar o‘rtasida ko‘proq kuzatilgan. Bunga sabab iqlim sharoitining issiqligi, tashqi muhitning odam organizmiga ta’siri natijasidir. Biroq ilmiy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, oilaviy hayot qurishga 18 yoshdan oldin shoshilmaslik lozim.

Nikoh qurish avvalo farzand ko‘rishdek murakkab fiziologik jarayonlar bilan aloqador bo‘lganligi sababli, juda erta turmush qurish ko‘pincha pushtsizlikka, bolaning oy-kuni yetmay tug‘ilishiga va shuningdek homilaning noto‘g‘ri rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar va yigitlar deyarli 20 yoshdan keyingina anatomik va fiziologik jihatdan butunlay kamolatga yetadilar.

Ba’zi hollarda yigit va qizlarning o‘ziga xos iqlimga oid xususiyatlarini, yetilish ko‘rsatkichlarini hisobga olib, bu yoshni bir oz kamaytirish mumkin. Ko‘pgina mutaxassis olimlarning ma’lumotlariga (statistik ko‘rsatkichlarga) ko‘ra, qizlar 20-22 yoshda, yigitlar 23-25 yoshlarda turmush qurganlari ma’qul.

Sog‘lom turmushni izdan chiqaradigan irsiy kasalliklarga sababchi bo‘ladigan salbiy urf-odatlardan biri yaqin qarindosh-urug‘lar (tog‘avachcha, xolavachcha, amakivachchalar) o‘rtasidagi nikohdir.

Qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar haqida ushbu maqola orqali batafsil ma’lumot oling: Qarindoshlar o‘rtasida nikoh



15-Mavzu:Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash

Reja: Muhabbat hislarining bosqichlari. Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida


  • 1. Muhabbat hislarining bosqichlari.

  • Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida.

  • Nazorat uchun savollar

Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlash 

Reja: 

1. Muhabbat hislarining bosqichlari. 

2.Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida 

3.Qizlarni oilaviy hayotga psixologik tayyorlashda oilashunoslik fanining ahamiyati. 
Tayanch iboralar: muhabbat, flegmatik, melanxolik, Al'truizm, sevgi-muhabbat, "Birgalik" effekti, 
1. Muhabbat hislarining bosqichlari.

Muhabbat 3 bosqichdan iborat:

1. Boshlang'ich,

2. Alangalangan,

3. O'zaro hurmat bosqichlari.

Insoniyat bor ekan muhabbat odamni sirli tuyg'ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo'lmas to'siqlardan o'tishga, yuksak cho'qqilarni zabt etishga undagan, uni rag'batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta'rif-tavsif berilmagan. Hissiyotdagi ayrim bosqichlarga ko'ra muhab­bat turini, bosqichini umuman sevgi hislarini bor-yo'qligini aniqlash mumkin.

2. Alangalangan, ya’ni ikkinchi bosqichning turlari. Ikkirichi bosqich, ya’ni alangalangan bosqich quyidagicha:

1. "Birgalik" effekti. Bunday hollarda muhabbat his­larini boshdan kechirayotgan shaxsning ongida, tasavvurida, xayolida doimo sevikli yori gavdalanib turadi. Nima ish qilmasin, qayerda bo'lmasin xayolan u bilan gaplashadi.

2. Idrokning ideallashishi. Bunday hollarda sevilgan inson ideallashgan holda idrok etiladi. Takrorlanmas darajadagi shaxs sifatida nihoyatda chiroyli, aqlli, odobli va o'zga ijobiy xislatlarga ega bo'lgan yigit yoki qiz sifatida idrok etiladi.

3. Al'truizmning keskin ifodalanganligi. Bu bosqichda altruizmning og'irlik markazi muhabbat timsoli bo'lgan qiz yoki yigitga yo'nalgan bo'ladi.

U sevgan qizi yoki yigitini marifaatini o’zinirig, ota-oniasining, o'ziga yaqin kishilarning marifaatidan ustun qo'yadi.

4. Muhabbat kuchiga cheksiz ishonish. Bunday hollarda muhabbat hislarini boshidan kechirayotgan shaxs o'z sevgilisi bilan birga bo'lishni, tezroq u bilan oila qurishni, umrini oxirigacha u bilan bo'lishni orzu qiladi.

5. Sevgilisida boshqalar ko’rmagan jihatlarni ko'rish, "muhabbat ziyrakligining" namoyon bo'lishidir.

6. Sevgan odamda hayotga muhabbat kuchayadi, hayotni chuqurroq idrok eta boshlaydi, o'zgalarni qalbdan tushunish va rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi.

Mijoz bilan muhabbat orasidagi bog'liqlik: xolerik va sangvinik toifadagi yoki ularning aralashuvidan iborat toifadagilar o'zgalar bilan tez va oson til topishadi.

Flegmatik va melanxoliklar esa o'zgalar bilan til topishi ancha qiyin. Ular duch kelgan kishi bilan do'stlashib ketavermaydilar. Ammo do'stlikning qadriga yetib, arzimagan sabab bilan do'stlikdan kechmaydilar. Ularda hissiyot nihoyatda chuqur va pinhona kechadiki, buni boshqalarning tashqi tomondan sezishi qiyin.

Muhabbatning qay darajada ifodalanishi mijoz turidan tashqan o'sha odam yashayotgan sharoit, muhit, tevarak atrofdagilar qarashi, axloqi va milliy mezonlarga ham bog'liq bo'ladi. Masalan: ba'zi millatlarda qizlarning nikohgacha jinsiy hayot kechirganligiga odatiy hol sifatida qaralsa, ba'zi joylarda bunday qizlarga nafrat bilan qaralib, sharmandalik hisoblanadi. Jumladan, Kavkaz va Osiyo mamlakatlarida mahalliy millatlar uchun qiz bolaning nikohgacha jinsiy hayot tajribasiga ega bo'lishi axloqsizlik deb qaraladi. Hatto O’zbekistonning ba'zi qishloqlarida "qiz yigit bilan yurar emish" degan mish-mishlarning o'zi shu qizga sovchi kelmasligiga, bokiralik obro'sining tushishiga, turmushga chiqish imkoniyatining keskin pasayishiga olib keladi. 

Davra suhbati. Sevgi-muhabbat haqida.

1. Chin sevgi muhabbatni qanday tushunmoq kerak?

2. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa qanday ish tutgani ma'qul?

3. Qiz yoki yigit birovni sevib qolsa, ammo u boshqani sevsa nima qilishi lozim?

4. Qiz bola оilali erkakni sevib qolsa-chi?

5. Qiz bola nomusiga dog' tushirib qo'ysachi?

6. Qiz yoki yigit birovni sevsa, ammo ota-ona unga rozilik bermasa-chi?

7. Sevgida, oila qurishda adashmaslik uchun nimalar shart?

8. Sevgan kishing senga bevafolik qilsa-chi?

9. Yigit bilan qiz o'rtasidagi samimiy do'stlik munosabati sevgiga aylanishi mumkinmi?

10. Muhabbat asosida qurilgan oilani asrab-avaylash uchun nimalar qilish kerak?

Oilashunos, ruhshunoslarning ta'kidlashicha, oila ajralishlarining aksariyati mijozlarning mos kelmasligi, juftlarning bir-birini tushunmasligi oqibatidir. Bir-biriga yaqin yoki bir xil mijozli er-xotinlarda aytilgan fojia bo'lmasligi mumkin. Bundan xolerik mijozli er-xotin mustasno. Bunday er-xotinlar orasida janjalli hollar ko'p bo'ladi. Ikkovining ham jahli burnining uchida turadi. Bo'lar-bo'lmasga lovullab ketishadi. Odatda ular qilg'ilikni qilib qo'yib, keyin mulohaza yuritadilar, o'ta ehtirosli bo'ladilar. El ham bundan xahardor.

Har bir jinsdagi inson bolasi asta-slekin ulg'ayadi va balog'atga yetadi. Balog'at yoshida inson tabiiy holda o'z juftini topishga va birga hayot kechirishga intiladi yoki boshqacha qilib aytganda inson o’zidan zurriyod qoldirishning asosiy sharti bo'lgan jinsiy hayotga kirib boradi. Tib-biyot ilmi qiz bolalarda jinsiy hissiyot avvalroq (9 yoshda), o'g'il bolalarda esa keyinroq (11-12 yoshda) boshlanadi deb o'rgatadi. Bu yoshdan boshlab insonning jinsiy moyilligi qo'zg'ala boradi. Ayniqsa, 15-18 yoshda bu hissiyot rivojlangan davr bo'ladi. Shu sababli bu yoshda yigit ham, qiz bola ham o'z jinsiy a'zolarini pokiza tutishi, shahvoniy hirsni qo'zg'atuvchi omillardan doim o’zini muhofaza qilishi kerak.

Uzbekona urf-odatlarimizga ko'ra, sevishgan yigit va qizlar o'zaro ibo va iffatlarini saqlaydilar.

Ayniqsa, qiz bolalarni, ayol kishilarning yarim yalag'och kiyinishi, kalta va tor ko'ylaklarni kiyib erkaklar va yigitlarga ko'rinishlari mutlaqo millatimizning urf-odatlariga to'g'ri kelmaydi. Chunki, bu ko'rinishlarning barchasi erkak jinsidagi kishilarning hirsini qo'zg'aydi, uni jilovlay olmaydigan ayrim yoshlarni "ko'zlariga o't bo'lib" har qanday holda ham shu qiz bilan jinsiy yaqinlik qilgisi keladi. Hirsi uyg'onishi natijasida benomuslik, hatto jinoiy qabih ishga qo'l uriladi. Yoshlar kechki, kattalar uchun beriladigan filmlarni, videofilmlarni ko'rmasliklari lozim. Ayrim be-hayo, katta yoshdagi ayol yoki erkaklarninig yarim yalan-g'och holatiga e'tibor bermasliklari kerak.

Hurmatli o'quvchilar, e'tiborlaringizga bir necha hayotiy voqealarni misol keltiramiz, xulosani esa o'zingiz chiqarasiz.

"Bir kuni uyda yolg'iz o'tirgan edim, dadam, oyimlar ishda edi. Uyga akam hovliqib kirib keldi, qo'lida ikkita kasseta bor edi. Dadam yo'qliklariga qaramay, ruxsatsiz videokassetani qo'ydik. Birinchi filmni qo'rquv va hayajon bilan tomosha qildik. Chunki filmda bir odamxo'r maxluq haqida hikoya qilinib, u odamlarni o'ldirib yeyishlari nihoyatda dahshatli, filmni nomi ham "Yirtqich" edi. Biroq keyingi kino uyatsiz film ekan. Men "Aka uyalmaysizmi, o'chiring dadamga aytaman" deb qichqirdim. Esankirab qolgan akam biroz turib meni tarsakiladi-da, xonamga po'pisalar bilan qamab qo'ydi. O'zi esa filmni ko'rdi. Men yig'lab anchadan keyin ovundim. Bir soatlardan keyin xonamga akam kirib keldi.

Uning vajohati juda yomon edi, ko'zlari olayib menga yaqinlasha boshladi. "Tinchlikmi aka?" deyishimni bilaman, u o’zini men tomonga tashladi.

Dada deb qichqirganimni akam eshitdi xolos. Keyin akam "Dadamga aytsang o'ldiraman" deb chiqib ketdi.

Men nomusi toptalgan qiz dadam, oyimning jahlidan qo'rqib indamadim. Bir haftadan keyin esa o'zimni yomon his qildim. Hozir hayz ko'rmayapman, bu kunimdan o'lganim yaxshi. Video olmoqchi bo'lgan otalar o'ylab ko'rsinlar. Keyingi taqdirim nima bo'ladi bilmayman. Ana shunday ko'ngilsiz hollarning bo'lmasligi uchun har bir inson bolalik davridan boshlab o'z ornomusiga qattiq ehtiyot bo'lishi kerak. Yoshlar shuni yaxshi bilishlari kerakki, jinsiy istak qiz bolalarga nisbatan o'g'il bolalarda juda kuchli bo'ladi. O'g'il bolalarning shahvoniy hirsi tez qo'zg'aladi. Buning uchun qiz bolani bir-ikki marta og'ushiga tortib, quchish, bo'sa olishi kifoya.

Shundan keyin uning hirsi qattiq uyg'onishi natijasida u jinsiy yaqinlikka intiladi. Bu holatni qizlar yaxshi bilishlari kerak. O't bilan o'ynashmaslik lozim.

To'g'ri tarbiyalangan o'g'il ham, qiz ham o’zini bosishi lozim. Keksalarning "G'unajin ko’zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi" degan haq gapi bor. Qiz bola nihoyatda tarbiyali, o’zini qo'lga olgan bo'lishi kerak. Yana bir misol:

Men 9-sirifda o'qiyman. Boshqa sinfdagi Nazarmatni kechagi kungacha sevardim. Sevganimni bayon etib, unga xat yozgandim, biz uchrashdik.

Ammo Nazarmat menga "sen qizmassan" deb tuhmat qildi. Menga juda alam qildi.

Oxiri men o'ylab-o'ylab o'zimni pokligimni unga isbotlamoqchi bo'ldim. Ovloq joyda uchrashgach, unga o'zimni qiz ekanligimni, istasa tekshirib ko'rishi mumkinligini, lekin men haqimda yomon fikrga borgani noto'g'ri ekanini aytdim. Biz u bilan jinsiy aloqa qildik.

"Ana ko'rdingmi" degan edim, u: "yaxshi qiz ekansan, lekin haribir seni olmayman" dedi.

Mana bu voqeani o'ylab, qizlarimiz bir xulosaga kelsinlar. Qiz bola shunchalar g'o'r, shunchalar sodda, o'z nomusini o'zi qadrlamay kimlargadir garovga qo'yishi mumkin-mi? Or-nomus qani? O'sha "sen qizmassan" deb qiz bolaga oshkora tuhmat qilgan insonga o'z nomusini oyoq osti qildirishini nima deb baholasa bo'ladi? O’zini shahvoniy nafsini jilovlay olmagan bir nomard yigitning aldog'iga uchragan qiz haqida nima deysiz?

Sevishmoq ayb emas, u hatto ertaroq boshlanishi mumkin. Bu ham ayb emas. Faqat siz o'z sevgingizni, muhabbatingizni shahvoniy nafs girdobiga tushib qolishdari asrang.

Mijoz va muhabbat haqida muxtasar so'z yuritishimizning boisi bor, tasavvur qilingki, xolerik mijozli qiz flegmatik yoki melanxolik mijozli yigitga turmushga chiqdi. Mijozlar haqida mutloq xaharsiz kelin asal oyida kuyovning hind kinolaridagidek ehtiros bilan muhabbat izhor qilmayotganidan, umuman muomalasidan qoniqmay kuyovni sovuqlikda ayblashi, yana battari uni chetda muhabbat ulashib yurishlikda ayblashi hech gap emas. Yoki aksincha melanxolik kuyov tabiatan jo'shqin, sho'x, xolerik mijozli kelinni bir umr rashk o'tiga qovurib o'tishi mumkin.

Demak, er-xotinlik, muhabbat tuyg'ulari izhori bobida juftlar, albatta bir-birining mijozini bilishi kerak.




Nazorat uchun savollar:

1. Muhabbat bosqichlarini sanab bering.

2. Mijoz nima?

3. Oila ajralishlariga mijozning qanday aloqasi bor?

4. O'zingizni qanday mijozli deb o'ylaysiz?

5. Shahvoniy nafs nima?



Download 137,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish