7-Mavzu: Etiket alifbosi. Etika alifbosi: amal qilinishi shart bo`lgan qoidalar


Soch parvarishi — xalqona vositalar, usullari, tavsiyalar, sochlarni mustahkamlash



Download 137,29 Kb.
bet3/4
Sana17.01.2020
Hajmi137,29 Kb.
#35205
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot va turmush odobi

Soch parvarishi — xalqona vositalar, usullari, tavsiyalar, sochlarni mustahkamlash


Parvarishlangan soch nafaqat go’zallik atributidir. Porloq va quyuq sochlar kishi salomat ekanligidan dalolat beradi. Sochlarni qanchalik tez-tez yuvish kerak, soch uchun shampun qanday tanlanadi, sochni yuvish uchun suvning optimal harorati qanday? Shu va boshqa savollarga soch parvarishi haqidagi maqolada batafsil to’xtalib o’tiladi.

Soch parvarishi


Uyda sochni parvarish qilishning oddiy usullaridan biri — uni muntazam yuvib turishdir. Muntazam — har kuni degani emas. Sochni 2-3 kunda bir marta yuvish yetarli darajada bo’ladi, bu mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.

Sochni to’g’ri yuvish uchun quyidagi muhim masalalarga e’tiboringizni qarating.

Soch turingizga mos bo’lgan to’g’ri shampunni tanlash muhimdir. Agar sochlar yuvilganidan so’ng ingichka, bir-biriga yopishib qolgandek ko’rinadigan bo’lsa yoki kiyim bilan aloqa qilganda elektrlashsa, bu noto’g’ri shampun tanlaganingizni bildiradi. To’g’ri tanlangan shampun bilan sochlar porloq va hajmli bo’ladi.

Professional seriyali shampunlarni sotib olish tavsiya etiladi, ular qiymat bobida ommaviy tarmoqlarda sotiladigan odatiy shampunlardan juda katta farq qilmaydi, lekin sifati ancha yaxshi.

Agar qimmatbaho shampunlarni sotib olish imkoni bo’lmasa, dorixonadan kosmetik moy sotib oling, masalan: atirgul, jasmin yoki jojoba. Ulardan shampunga 3-4 tomchidan qo’shing. Bu sochlarga porloqlik va hushbo’ylik bag’sh etadi.

Sochlar shampun bilan yuvilganidan keyin soch uchun balzam yoki konditsioner qo’llash kerak, shunda sochlar silliq va mukammal taraladi.

Konditsionerni yoki balzamni barcha sochlarga ildizidan qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki bu holda sochlar yog’li bo’lib ketadi. Bunday vositalarni sochlarning o’rtasidan boshlab qo’llang, shunda ularning ta’siri maksimal bo’ladi.

Bizning onalarimiz va buvalarimiz sochlarga jilvakorlik bag’ishlash uchun maxsus eritma — 1 litr iliq suvga 1 osh qoshiq limkon sharbati yoki sirka kislotasi solingan aralashmadan foydalanishgan.

Sochlarni juda issiq suv bilan yuvish tavsiya etilmaydi, bu sochlar holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va asta-sekin soch to’kilishiga olib kelishi mumkin. Sochni yuvish uchun iliqroq suv ishlatish, oxirida esa sovuqroq suv bilan chayish yaxshidir. Bu sochlarning ichki tangachalarini silliqlaydi va sochlarga sog’lom yaltirash beradi.

Qattiq suvni yumshatish uchun unga bir choy qoshiq iste’mol sodasi yoki nashatirli spirt qo’shiladi. Suv shunda yumshoq bo’ladi va sochlardagi yog’ni juda yaxshi oladi. Agar muntazam ravishda sochingizni yumshoq suv bilan yuvib tursangiz, ular sinuvchan bo’lmaydi, bosh terisi ta’sirlanmaydi.

Sochlar sog’lom bo’lishi uchun soch uchun vitaminlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu haqida alohida maqolada o’qishingiz mumkin.
Soch uchun vitaminlar→

Sochlaringiz yanada hajmliroq ko’rinishini istasangiz, ularni yuvganingizdan keyin qichitqi o’t (gazanda) damlamasi bilan chayish kerak. Buning uchun 50 gramm maydalangan qichitqi o’t va qariqiz ildizi olinadi, teng miqdorda aralashtiriladi va 400 ml qattiq qaynayotgan suvda qaynatiladi. Damlamani yigirma daqiqa davomida qaynating, tindirib, suzib oling va uni sochingizni chayqaydigan suvga qo’shing.

Sochni parvarish qilish uchun xalqona vositalar — eng amaliy variantidir.

Sochlarni parvarishlash uchun uy sharoitida tayyorlanadigan vositalarda turli xil kimyoviy qoshimchalar bo’lmaydi, demak ular soch tuzilishiga zarar yetkazmaydi.  Bundan tashqari, sochlarni parvarish qilish bo’yicha xalqona retseptlar hamma uchun manzur, chunki ularni tayyorlash uchun masalliqlar sotib olinadigan qimmatbaho tayyor vositalardan ancha arzon.


Sochlarni uy sharoitida parvarishlash uchun vositalar


Keling, uyda o’zingiz tayyorlashingiz mumkin bo’lgan eng mashhur sochni parvarish qilish vositalarini ko’rib chiqamiz

Bo’yalgan sochlarni parvarish qilish uchun losyon retsepti


Masalliqlar: 50 ml dan etil spirti va distillangan suv, 35 tomchi choy daraxti moyi.

Tayyorlanishi: suvga spirt va choy daraxti moyini qo’shing. Yaxshilab aralashtiring.

Qo’llash: Ishlatishdan oldin, losyonni chayqatib, nam soch ildizlariga yaxshilab surting. Losyon ayniqsa tez-tez bo’yalishdan charchagan sochlar uchun tavsiya etiladi.

Sochni mustahkamlash uchun malham


Masalliqlar: 1 osh qoshiq quritilgan qariqiz ildizi, 200 ml suv, 75 g hayvon (ichki) yog’i, 10-12 tomchi choy daraxti moyi.

Tayyorlanishi: Qariqiz ildizlari maydalanib, ustidan qaynoq suv quying va past olovda qaynatishga qo’ying. Damlama suyuqlikning yarmi bug’lanib ketganida, uni hayvon yog’i bilan aralashtiring va aralashtirib turgan holda, 5 daqiqagacha qizdirishda davom eting.

Tayyor bo’lgan aralashmaga choy daraxti moyini qo’shing. Yaxshilab aralashtirib, mahkam yopiq qopqoqli idishga soling, so’ng yog’li asos o’simlik tarkibi bilan to’yinishi uchun issiq pech yoki duxovkaga qo’ying.



Qo’llanilishi: Sochni mustahkamlash uchun malhamni issiq hoda, toza, yuvilgan sochlar ildizlariga surtib qo’llang.

Soch uchun konditsioner tayyorlash


Masalliqlar: 2 osh qoshiq kokos moyi (bodom yoki jojoba moyi ham ishlatish mumkin), 15 tomchi lavr (dafna) moyi, 6 tomchidan lavanda va rozmarin moylari.

Tayyorlanishi: asos-moyga lavr moyini, keyin lavanda va rozmarin moyini qo’shing. Tayyor aralashmani yaxshilab chayqatib, isitish uchun 2-3 daqiqa davomida issiqroq suv solingan idishga joylashtiring.

Qo’llanilishi: To’q rangli sochlarga aralashmani ehtiyotkorlik bilan surting, terini massaj qiling, boshini polietilen, ustidan sochiq bilan o’rang. 30 daqiqa kutib turing, so’ng soch turingiz uchun mos keladigan shampun bilan yaxshilab yuvib tashlang. Qichitqi o’t damlamasi bilan chayish mumkin.

Soch parvarishi uchun pivo achitqilari


Pivo achitqilari (rus. пивные дрожжи) haqida ko’pchilik eshitgan, uning sochlarga ham foydasi tegadi. Ularni nafaqat tashqi qo’llash, balki ichga qabul qilish ham mumkin. Pivo achitqilari tarkibida muhim aminokislotalar, B, D, E, K guruh vitaminlari, foydali mikroelementlar — magniy, kaltsiy, mis, rux, marganets, temir, fosfor, shuningdek qarishni sekinlashtiradigan ribonuklein kislota (RNK) mavjud.

Bu vosita qabul qilinganida sochlarni parvarishlaydi, o’sishiga yordam beradi, shuningdek ugrilarni yo’qotadi. Ular ishtahani biroz kuchaytiradi, shu sabab, ortiqcha vazn olmaslik uchun ovqat miqdorini avvalgidek qoldirish tavsiya etiladi. Ichish uchun tabletkalarni dorixonalardan sotib olish mumkin.

Pivo achitqilaridan soch uchun niqob tayyorlash mumkin. Buning uchun o’rtacha kattalikdagi piyoz sharbatiga 0,5 choy qoshiq chakamug’ moyi, 0,5 choy qoshiq osh tuzi, 1 osh qoshiq iliq suvda eritilgan pivo achitqilari qo’shiladi. Masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi, so’ng 15-20 daqiqaga sochlarga surtiladi. Keyin iliq suvda yuvib tashlanadi.

QURUQ VA SINUVChAN SOChLAR PARVARIShI BORASIDA TAVSIYaLAR



Ayolning eng go`zal ziynati – jilokor va mayin sochlaridir. Bunga erishish uchun esa ancha mablag`u vaqtimizni sarflashga tayyormiz. Biroq soch chindanam ko`zni quvontirishi uchun ko`p narsa kerak emas. Doimiy parvarish bo`lsa kifoya. Quruq va sinuvchan sochlar parvarishi borasidagi tavsiyalarni stilist Farangiz AVEZOVAdan eshitamiz.

Nimaga sochlar quruqlashadi?

Keling, birinchi navbatda soch nima sababdan hashakdek quruq ko`rinishga kelishini o`rganib chiqsak. Aslida, hammasi juda oddiy. Agar mikroskop ostida tekshirilsa, soch tolasi tangani eslatuvchi qismchalardan iboratligini ko`rish mumkin. Bosh terisi ma`lum miqdorda yog` ishlab chiqarishi hisobiga mayda tangachalar bir-biriga jipslashib, yopishib turadi. Sog`lom insonda mana shu yog` sochning mayin va yaltiroqligini ta`minlaydi. Organizmning xastaliklari yoki quyosh va issiqlik ta`sirida tabiiy yog` ishlab chiqarilishi kamayganida esa tangachalar quruqlashib, sinuvchan ko`rinishga keladi. Agar bosh terisida yog` aylanishi yomonlashganini sezsangiz, trixolog shifokorga murojaat qilib, uning tavsiyasi asosida baliq moyidan iste`mol qilishingiz mumkin.



Fen va dazmoldan voz keching, demaymiz

Soch tolasining 20 foizi suvdan iborat bo`lib, tashqi ta`sirlar, oftob nuri, fen, ployka yoki soch dazmoli shu suvning parlanib ketishiga olib keladi. Natijada yana o`sha tangachalar «to`polon» qilishni boshlashadi. Ularni «tinchlantirish» uchun esa maxsus issiqlikdan himoyalovchi sprey va ko`piklar ishlab chiqarilgan. Termo himoya tarkibidagi silikon soch tolasini qoplab, plyonka hosil qiladi. Shu plyonka issiqlik ta`sirida toladagi suv parlanib ketishining oldini oladi. Demak, vositani nam sochga sepib, butun uzunlik bo`lab bir tekisda taqsimlash lozim. Shundan keyingina fen yoki dazmoldan foydalanaverasiz.



Jilokorlik siri — laminasiya!

Sochni jilokor qilishning uy sharoitidagi eng samarali usullardan biri esa moychechak damlamasi hisoblanadi. Boshingizni yuvishdan avval damlamani tayyorlab qo`yasiz-da, sochni shampundan tozalab olgach chayasiz. Natijadan mamnun bo`lishingiz aniq. Bundan tashqari uy sharoitida laminasiyalasangiz ham bo`ladi. Elkagacha uzunlikdagi soch uchun bir osh qoshiq jelatinni 3 osh qoshiq iliq suv bilan yaxshilab aralashtirasiz va yarim soatga qoldirasiz. Keyin o`zingiz foydalanadigan soch uchun balzamdan ham 1 osh qoshiq aralashitirib, tozalab yuvilgan nam sochlarga surtasiz. Polietilen qalpoqchani kiyib, besh daqiqa fenning o`rtacha issiqligida qizdirib olasiz. Polietilen qalpoqchaning ustidan ro`mol o`rab 40-50 daqiqaga qoldirasiz. Niqobni yuvib, sochni quritasiz-da, natijadan bahramand bo`lasiz.



Spirt saqlovchi vositalar

Tezda ulardan xalos bo`lishning harakatini qiling. Spirt asosan soch uchun lak va turli spreylar takibida uchraydi. Shuning uchun lakning o`rniga gel yoki ko`pik ko`rinishidagi vositalardan foydalanish haqida o`ylab ko`ring. Va albatta xarid jarayonida yorliqlarga ham ko`z qiringizni tashlash yoddan ko`tarilmasin.



Kundalik parvarish uchun balzamlar

Yuqorida bosh terisining tabiiy yog` qatlami haqida gaplashdik. O`sha yog`ning miqdori etarli bo`lmaganida turli vositalar bilan sochni tekislash va jilolantirib borish lozim. Bunda sizga ayniqsa balzamlar qo`l keladi. Do`kon rastalarida ko`pdan-ko`p balzamlarga ko`zingiz tushadi. Tanlov chog`i chayish uchun mo`ljallanganlari (opolaskivatel) sochni jilolantirishini, kondisioner esa hajm berishini inobatga oling. Ularning qay turi sochlaringizga mos kelishini esa sinovlar yo`li bilan aniqlaysiz. Yana bir muhim qoida: balzamni soch ildiziga emas, faqatgina uzunlik bo`ylab surtish talab etiladi. Aks holda, ular kirlangandek taassurot uyg`otadi. Qo`shimchasiga dorixonadan kapsula ko`rinishadagi A, V6 va S vitaminlarini xarid qilib, balzamga qo`shib foydalansangiz natija yanada mustahkamlanadi.

Sog‘lom sochlarga erishish uchun amal qilish kerak bo‘lgan 15 fakt

“Go‘zallik dunyoni qutqaradi” degan naql bor. Darhaqiqat, haqiqiy ayol istalgan vaziyatda ham jozibador va maftunkor ko‘rinishda bo‘lmog‘i kerak. Buning uchun ayolning chiroyli yoki oddiy turmaklangan, xushbo‘y hid taralib turuvchi sog‘lom sochlari muhim rol o‘ynaydi. 



Xato № 1. Soch yuvish vositalarining noto‘g‘ri tanlovi

Sochlar parvarishida avvalambor soch yuvish vositasi-shampunning to‘g‘ri tanlovi muhim ahamiyatga ega. Aks holda noto‘g‘ri tanlangan shampun sochlarning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.  



Xato № 2. Sochlarning juda qisqa yoki uzoq vaqtda yuvilishi

Yuvish tartibi sochlarning turi va suvning yaroqlilik darajasiga qarab amalga oshiriladi. 


Agar sizning sochlaringiz o‘ta yog‘li bo‘lsa,  unda har 1-2 kunda ularni yuvib turish tavsiya etiladi. 

Xato № 3. Soch yuvish vositasidan noto‘g‘ri tarzda foydalanish 

  Sochni yuvishdan avval uni yaxshilab tarash kerak. Foydalanilayotgan shampun miqdori sochlarning uzun yoki kaltaligiga qarab taqsimlanadi. Shampundan haddan ortiq miqdorda foydalanish mumkin emas. Yaxshisi sochlaringiz qalinligiga qarab, aniq bir me'yoriy taqsimni belgilab oling. 


Avvaliga shampunni ho‘l sochlarga surtib, so‘ng uqalash orqali ko‘pirtiring. Hosil bo‘lgan ko‘pikni sochlaringiz ildiziga surting. Uqalash jarayoni tirnoqlar emas, barmoqlar orqali amalga oshirilishi lozim. Tirnoqlar bilan qashlash oqibaida bosh terisiga shikast yetkazib qo‘yish hech gap emas.  
Vaqti-vaqti bilan ildizlarini uqalab turish esa sochlarning salomatligiga va bosh terisi ostidagi qon aylanish sistemasining yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Xato № 4. Mayinlashtirish va oziqlantirish haqida unutib qo‘yamiz 

Sochlar namlikni tez fursatda yo‘qotadi. Shu bois namlantiruvchi “balzam” va “maska”dan tez-tez foydalanib turish yaxshi natija ko‘rsatadi.  


Balzamdan sochga surtilgan shampun yuvib bo‘linganidan so‘ng yoki shampun bilan birga bir vaqtning o‘zida foydalaniladi. Balzamni sochning uzunligi bo‘ylab surtish kerak. Sochlar ildiziga surtish esa bevosita uning to‘kilishiga olib keladi. Soch niqobidan hafta davomida bir marotaa foydalanish mumkin. 

Xato № 5. Suv haroratidan noto‘g‘ri ravishda foydalanish  

Ko‘plab ayollar sochlarini me'yoridan ortiq qaynoq suvda yuvib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Sochlarning qaynoq suvda yuvilishi uning xira ko‘rinish hosil qilib, bosh terisidagi yog‘ bezlarining faollashuviga sababchi bo‘ladi. 


Odatda sochlar iliq yoki bir oz balandroq haroratdagi iliq suvda yuviladi. Bunday haroratdagi suv bilan sochni yuvish uning oson toza bo‘lib, bosh terisidagi qon aylanish sistemasi faoliyatining yaxshilanishini ta'minlaydi. Ushbu jarayon qo‘llangach, ta'bga ko‘ra salqin va sovuq dushda yuvish, sochlar ildizining mustahkamlanishi, unga yaltiroq jilo berishiga ko‘maklashadi.

Xato № 6. Ho‘l sochlarni sochiq yordamida quritish  

Yuvilgan sochlar ildizidan boshlab uchigacha yaxshilab quritiladi. Ammo sochiq bilan salla tarzida o‘rab qo‘yish tavsiya etilmaydi.  Chunki bu usul sochlar folikulalarining zararlanishiga olib keladi. Agar sochlaringiz tezroq qurishini istasangiz, shunchaki paxtali futbolkadan foydalanish kifoya. 



Xato № 7. Tez-tez va qo‘pol ravishda tarash... 

Bu xato bilan sochlaringizning mo‘rtlashuvi va to‘kilishiga sababchi bo‘lib qolasiz. Ayniqsa, sochlaringizni yuvib bo‘lgach, shu zahotiyoq uni tarashga urinmang. Bunday paytda katta tishli taroq sizga asqatadi. Sochlarni uzunligi bo‘ylab, pastdan tepaga qarab tarash tavsiya etiladi. 



Xato № 8. Jingalak shakl berish vositalaridan tez-tez foydalanib turish 

Quritgich, dazmol va shu kabi boshqa vositalar sochdagi namlikni bug‘ tarzida chiqarib, natijada quruq va sinuvchan holatga tushirib qo‘yadi. Agar ushbu vositalaridan doimiy ravishda foydalanib turishni istasangiz, issiqlik ta'siridan himoya qiluvchi sprey va  gellarni sochlarning uzunligi bo‘ylab sepish yoki surtishingiz lozim.  


Ushbu vositalar hatto shakl berish davomida ham sochning quruq va sinuvchan holatiga tushib qolishidan himoya qiladi.

Xato № 9. Soch quritgich (fen)dan noto‘g‘ri foydalanish

Avval sochlar sochiqlar, so‘ng esa fen yoramida uchidan to soch ildizlariga qadar quritiladi. Bu usul sochlarning to‘kilmasligi uchun yaxshi samara beradi.  Fendan  belgilangan oxirgi baland darajadagi haroratgacha foydalanib ishlatish mumkin. Ammo sochlarning qurib, kuyish holatiga yetmasligi uchun bir oz pastroq haroratda quritish tavsiya etiladi. Ushbu jarayonni sovuq harorat bilan yakunlaysiz.



Xato № 10. Noto‘g‘ri oziqlantirish

Ovqatlanish ratsionaliga amal qilmaslik oqibatida organizmda vitaminlar yetishmasligi yuzaga keladi. Bu esa bevosita sochlarning ko‘rinishi va salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois siz kundalik ovqatingizda oqsillarning qay darajada mavjud ekanligiga ahamiyat qaratishingiz lozim.  Masalan, taomnomangizda tuxum, gulkaram, jo‘xori, avakado,  olivkalarni uchratish mumkin bo‘lgan taomlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, yeyayotgan taomingizda kaltsiy va temir moddalarining bo‘lishiga ahamiyat qarating. Bu moddalar don mahsulotlari, shuningdek, baliq, parranda go‘shti, jigar, bug‘doy, grechka va yonqoq tarkibida uchraydi.  



Xato № 11. Sog‘ligimiz haqida qayg‘urmaymiz...

Sochlarning to‘kilishi va siyraklashuvi oshqozon ichak kasalliklari, stress, diabet va garmonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu borada yaxshisi maxsus mutaxassisga uchrab, ularning kerakli maslahatlariga amal qilgan ma'qul. 



Xato № 12. Bosh kiyimlar haqida unutib qo‘yamiz

Kepka yoki shlyapalar sochlarni quyoshdan, issiq shapkalar esa sovuqdan himoya qiladi. Sauna uchun foydalaniladigan maxsus qalpoqlar esa sochlaringizni qaynoq bug‘ning zararli ta'sirlaridan himoya qiladi. 



Xato № 13. Taroqlarni yuvib turish kerak

Taroqlarni hech bo‘lmaganda haftasiga bir marotaba yuvib turish shart. Shuningdek, eski taroqlarni yangisiga almashtirib turish ham foydadan holi emas. 



Xato № 14. Kamdan kam hollarda sochlar kesamiz

Sochlarning gullagan uchlarini tez-tez kesib turish uning salomatligi va o‘sishi uchun foydalidir. O‘sish jarayonida esa hech bo‘lmaganda ikki oyda bir marotaba uchlarini tekislab turish foydalidir. 



Xato № 15. Yoyilgan sochlar bilan uxlaymiz

Tongda uyqudan turganingizda to‘zib, paxmoq bo‘lib qolmasligi uchun yaxshisi sochlaringizni tunda o‘rib yotganingiz ma'qul. Shunda siz ko‘rinishingizni tez fursatda  tartibga keltira olasiz.

Sochni to‘g‘ri parvarishlash uning to‘kilishi oldini oladi

Sochni to‘g‘ri parvarishlash uni davolash singari juda muhim hisoblanadi. Avvalgi sonlarimizda siz bilan soch to‘kilishini davolash haqida gaplashgan edik. Endi esa qanday qilib soch to‘kilishini oldini olish uchun to‘g‘ri soch parvarishi haqida so‘z yuritamiz. Bunda biz, eng avvalo, kishining ruhiy tetikliligiga e’tibor qaratishimiz kerak. Zero, ishonch bo‘lmasa, biror natijaga erishish qiyin.



Sochingiz to‘kilsa, hech qachon ko‘p o‘ylab, uyquyingizni yo‘qotmang. Inson bu haqida qancha ko‘p o‘ylasa, shunchalik ruhiy istiroblarni boshdan o‘tkazadi. Bu esa o‘z navbatida, soch holatini faqat yomonlashtiradi. Shuningdek, juda ko‘p miqdorda shakar istemol qilish ham stresga olib keladi va tanaga psixologik jarohat yetadi. Shunday holatlarda quyidagi bir nechta maslahatlarimiz yordam berishi mumkin:

  • To‘g‘ri soch turmagini tanlang. Shakliy kallikdan aziyat chekadigan erkaklar uchun eng maqbul yo‘li – bu sartaroshdan siyrak sochga kamroq e’tibor qaratuvchi turmakni so‘rashdir. Kalta soch turkmagi uzun sochga qaraganda siyrak sochlar borligini bildirmaydi.

  • Bunga ko‘niking. Kallik boshlangan erkaklar ko‘pincha siyrak sochlarini bildirmaslik uchun bosh kiyimdan foydalanishadi. Garchi bu holatni tushunish mumkin bo‘lsada, qalpoq kiyish bilan muammo bartaraf etilmaydi. Aksincha, o‘z ko‘rinishingizga ko‘nikish orqali ko‘cha-ko‘yda yurganingizda o‘zingizni noqulay his etmaysiz.

  • Sabrli bo‘ling. Tabiiy va sog‘lom sochlarni o‘stirish bir muncha vaqtni talab etadi. Shuning uchun hech qachon shoshilmang va kuting. Bir oyda soch tahminan 1smdan 3smgacha o‘sadi. Doimiy sochni parvarishlash amaliyotini yo‘lga qo‘ying va to‘g‘ri ovqatlanishga ham e’tibor bering.

  • Yuqorida soch o‘sishiga ijobiy stimul bo‘lishi kerak bo‘lgan bazi amaliyotlarni keltirib o‘tdik. Quyida esa soch tushishi, sinishi va boshqa zararlarga qarshi maslahatlar keltirib o‘tiladi. Demak, soch uchun shampundan foydalanishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ya’ni, boshni haddan ortiq ko‘p yuvish sochga zarar yetkazishi mumkin. Umumiy qoida sifatida, haftasiga eng ko‘pi bilan 3 marta sochingizni shampun bilan yuving.

  • Shampundan keyin konditsioner vositasidan foydalaning. Konditsionerlar sochni ho‘llab turishi natijasida sochingiz quruq bo‘lib qolmaydi va osonlikcha sinmaydi.

  • Sochingizni quritish uchun yumshoq sochiqlardan foydalaning. Sochni sochiq bilan ishqalash uni sinishiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan, sochni ishqalash o‘rniga sochiq bilan bosib quriting.

  • Ko‘proq suv iching. Bu butun tana uchun muhim. Bosh terisi ham shu jumladan. Suv, shuningdek, qon aylanishini yaxshilab, soch ildizlariga oziqa beradi.

  • O‘z taroq va cho‘tkalaringiznigina ishlating. Yodda tutingki, soch to‘kilishi bazan bosh terisining infeksiyadan zararlanishi tufayli ham vujudga keladi. Har doim taroqlaringizni yuvib turing.

Shuni unutmanki, soch to‘kilishi umidsiz holat emas. Garchi, erkaklarda soch to‘kilishi doimiy bosqichda bo‘lsa ham, uni har doim davolash, nazorat qilish va oldini olish mumkindir. Hozirgi kunda soch to‘kilishiga qarshi juda ko‘p davo vositalari mavjud. Lekin, ulardan aynan siz uchun mosini topishingiz kerak.

MINOX 5 – kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey, erkaklarda soch to‘kilishi natijasida yo‘qolgan sochlarning to‘kilishiga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan. Yangi sochlar o‘sishining birinchi belgilari losyonni 2—3 oy davomida sutkasiga ikki marta qo‘llanishidan keyin kuzatiladi.

Soch to‘kilishini to‘xtatadi, androgenetik alopetsiya bo‘lgan erkaklar va ayollarda, diffuzli telogen alopetsiyasi bo‘lgan va tug‘ruqdan keyingi sochlar to‘kilishi bo‘lgan ayollarda sochlar o‘sishini rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Mavsumiy soch to‘kilishida samarali ta’sir etadi.

Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to‘kilganda, ayollar uchun – o‘rtadagi soch orasi sohasida soch to‘kilganda eng samarali bo‘ladi. Shuningdek bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog‘liq bo‘lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3—5 yil bo‘lganda eng yaxshi ta’sir etadi; kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo‘lgan bemorlarning ko‘p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o‘lchamdagi soch to‘kilgan joyi bo‘lib, soch to‘kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo‘lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan. 10—12 yil davomidagi alopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o‘stirishi mumkin bo‘lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoksidinning samarasi pasayadi.

Androgenetik va diffuzli alopetsiyaga uchragan bemorlarda sochlar o‘sishining rag‘batlantiruvchi sifatida minoksidinning aniq ta’sir etish mexanizmi ma’lum emas. Minoksidin moddasi (pirrolidinil diaminopirimidin oksid) kaliy kanallarini faollashtiruvchi guruhiga mansub. Kaliy kanallarini faollashtiruvchilar – sochlar yo‘qolishining oldini olishi va hatto yo‘qolgan sochlarni qaytarishi mumkin bo‘lgan nogormonal vositalarning yagona guruhidir.



Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar :

  • Erkaklarda va ayollar androgenetik alopetsiya tufayli yuqori intensivlikdagi soch to‘kilishi; • Gormonal buzilishlar natijasida, masalan, qalqonsimon bez kasalliklari oqibatida, tug‘ruqdan keyin, homiladorlikka qarshi gormonal vositalarni bekor qilishdan keyin yoki noto‘g‘ri vositalarni qabul qilish natijasida yuqori intensivlikdagi soch to‘kilishi; • Asabiy stresslar; antibiotiklar, neyroleptiklar, antidepressantlar va bir qator boshqa dorilarni uzoq qabul qilish; jarrohlik operatsiyalari, o‘tkir yuqumli va og‘ir surunkali kasalliklar; organizm uchun hayotiy muhim elementlar yetishmagan parhezlar oqibatida yuqori intensivlikdagi soch to‘kilishi. • Yangi soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun.

Uy sharoitida sochlar parvarishi

1. Soch to‘kilishining asosiy sababi bosh teridan qon aylanishining buzilishida bo‘lgani uchun, boshni massaj qilish katta foyda keltiradi. Massajni maxsus soch massaji vositalari yoki barmoqlar bilan kunida bir marta amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


2. Vitamin va minerallarga boy mahsulotlar bilan ovqatlanish sochning yahshi o‘sishiga yordamb beradi. Sho‘r va dudlangan mahsulotlardan iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi.
3. Kir sochlar toza sochlarga nisbatana osonroq va tezroq to‘kilishga moyil bo‘ladi. Chunki teri yo‘gi yig‘ilib soch to‘kilishini keltiradi. Shuning uchun sochni toza bo‘lishini ta'minlash lozim.
Soch massaji uchun maska: Vitaminlarga boy va soch uchun juda foydali oblepixa yog‘idan 1 osh qoshiq isitiladi. Ozgina shampun qo‘shib sochga massaj qilib surtiladi. Ustidan selofan va sochiq o‘rab 1-2 soat qoldirish kerak. Keyin yaxhsilab shampun bilan yuvib tashlanadi. Ushbu maska soch o‘sishini va uning qalin va sog‘lom bo‘lishini ta'minlaydi. Agar soch yog‘liq bo‘lsa u holda maskadan so‘ng shampun bilan yuvilgan sochlarni olma sirkasi (0.5 stakan) bilan suv (1 stakan) aralashmasida chayib tashlasa bo‘ladi. 
4. Shahsiy gigiyenaga rioya qilish. O‘z soch vositalaringizni birov bilan bo‘lishib ishlatamagan ma'qul. Ba'zi soch va teri kasalliklari oddiy taroq orqali ham yuqishi mumkin.
5. Soch sog‘lom organizm ko‘rsatkichidir. Organizm salomatligi uchun jismoniy mashg‘ulotlar juda foydali va kerakli. Sport yordamida organizmda qon aylanish tizimi yahshilanadi, qon orqali ozuqa moddalari bosh terini ta'minlashda ham samarasi katta bo‘ladi.
6. Organizm charchagini sigari sochlar ham ba'zida charchaydi. Ular ham dam olishi kerak. Tashqaridagi sovuq yoki issiq havo, fen, turmaklar, kimyo vositalari va hokazolar sochni "charchatib qo‘yadi". Shuning uchun uyda albatta soch turmagini yechib, massaj tarog‘i bilan tarab chiqish kerak. Shunda tolalar orasiga havo kirib terida qon aylanishi tezlashadi. Sochlarni fen bilan quritayotganda kamida 20 sm uzoqlikda tutish kerak. Soch bo‘yash, kimyo qilish kabi muolajalarni nozik va to‘kilayotgan sochlarga qo‘llamaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 137,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish