Ta’kidlash lozimki, me’morlik o`zida taraqqiyotning ikki qanoti bo’lgan moddiylik bilan
ma’naviylikni uyg`unlashtirishi barobarida uni go`zal qadriyatga aylantiradi. Bugungi kun
hayotimizda «shaxdrsozlik», «atrof-mux,itni go`zallashtirish», «obodonlashtirish» kabi iboralar
tez-tez tilga olinmokda. Sobik Shurolar davrida shaxarsozlikka "odamlarni boshpana bilan
ta’minlash" nuqtai-nazaridan yondoshildi, shaxarlarning esetetik ko`rinishi ikkilamchi ahamiyatga
ega bo’ldi. Shuning uchun ham bu davrda yaratilgan turar-joy binolari, ko`chalar,
transport
yo`llarining umumiy ko`rinishi, ularning eksterer (tashqi) va interer (ichki) bezagidagi bir xillik
shaxarning badiiy-estetik qiyofasiga salbiy ta’sir etdi. Ayniqsa, aholi turar-joy hamda ma’muriy
binolarning bir xil shakl va bir xil ko`rinishga egaligi, tartibsiz, noqulay qududda bunyod
etilganligi, qolaversa, me’morchilikning milliy an’analari va estetik xususiyatlari e’tibordan
chetda qolganligi shaharlarimizning ko`rki va jamolini buzilishiga olib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda shaxarsozlik soxdsiga katta e’tibor qaratildi va
bu borada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Toshkent, Samarkand, Buxoro, Karshi,
Margilon, Xiva singari qadimiy shaxarlarimiz yanada chiroy ochdi, yangi inshootlar barpo etildi,
ko’priklar, madaniyat maskanlari barpo etildi. Me’morlik moddiy qadriyatlar go`zalligini
ta’minlovchi muhim soxaga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining o`ziga xos
estetik jihati milliylik bilan zamonaviylikni, ma’naviylik bilan moddiylikning uyg`unligida
ko`rinadi. Jumladan, mehmonxonalar, ma’muriy binolar, ta’lim muassasalari milliy me’morchilik
an’a- nalarining Ovro`pa me’morchilik an’analari bilan uyg`unligiga asoslanadi. Yoki " O`zbek
milliy akademik drama teatri", "Tasiriy san’at galereyasi", "Yoshlar ijod markazi",
"Qorakolpogiston san’at muzeyi" kabi inshootlarda milliy ruxning jozibasi va mahobatini yaqqol
ko`rish mumkin.
Umuman olganda, go`zallik voqelikka qarama-qarshi bo’lgan hodisa emas, balki insoniy
qadriyatdir. Zero, go`zallik inson tomonidan idrok etilishi, unga munosabat bildirilishi,
baxolanishi natijasida qadriyatga aylanib boradi. Shu bois go`zallikning nazariy va amaliy
ko`rinishini, ma’naviyligi bilan moddiyligini uyg`unlashtirish insonning burchi va mas’uliyatidir.
Bir so’z bilan aytganda,
go`zallik
- ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy hayotda
favqulodda ahamiyat kasb etuvchi hamda narsa-hodisalarning uyg`unligi, hamoxangligi,
mutanosibligi, maqsadga muvoqligiga asoslangan yuksak qadriyatdir.
Hunuklik esa mazkur qadriyatlarning nomutanosibligida Ko`rinadi. Odatda xo`nuklikni
go`zallikning aksi deb yuritamiz. Birok, bunday yondashuvda muayyan noaniklik bor.
Chunki
uyqash va bir-biriga yaqin yoki bir-birining aksi bo’lgan tushunchalardagi unsurlar u yoki bu
ko`rinishda ham go`zallikda, ham hunuklikda ishtirok etishi mumkin. Gohida shakl va mazmun
bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. Biroq, mazmun bilan shaklning o`zaro uyg`unligi ijtimoiy
munosabatlarda go`zallikni yuzaga keltiradi. Aksincha, hunuklik bir paytning ozida go`zallikning,
ham nafosatdan lazzatlanishning ziddi bo’lib, u estetik zavq va estetik lazzat tuyg`usi voqe
bo’ladigan "hudud"lardan yiroq, u insonga xayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig`lashdan
mahrum.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: