Oiladagi estetik rivojlantirishning mazmuni o`z ichiga ota-onaning shaxsiy
namunasini, alla va qo`shiqlar kuylashni, kitoblar o`qish va ertaklar aytishni,
suhbatlashuvlarni, maishiy hayot estetikasini oladi. Oiladagi estetik tarbiya ko`plab
komponentlardan iborat: ozoda kiyingan oila a`zolari, o`zaro hurmat, samimiy
emotsiyalar, o`z tuyg`ularini so`z bilan ifodalay olish ko`nikmalari, tartib-intizomning
va xulq-atvor qoidalarining bo`lishi – mana bular farzandda to`g`ri estetik ongning
qurilishining asosidir.
Musiqiy didni tarbiyalash alladan, bolalar qo`shiqlarini onaning yakka o`zi va farzandi
bilan birga kuylashidan boshlanadi. San`at
asarlarini baholay olishni, ijod qilishga
intilishni rasm solish rivojlantiradi. Qalam, guash`, akvarel`, flomasterlar kabi har xil
texnikalarni qo`llash bolaga ranglarni tanishtiradi, uning shakl va mazmunni ko`rish
qobiliyatini rivojlantiradi. Kiob mutola qilish esa bolaga ona tilining boyliklarini
o`zlashtirishga, so`zlarni his-tuyg`ularni ifodalash vositasi sifatida foydalanishni
o`rganishda yordamlashadi. Suhbatlar esa bolaning atrof muhitni bilish jarayonida
vujudga keladigan savollariga javob berish uchun zarur. Ular go`zallikni
xunuklikdan,
xaosni uyg`unlikdan, ulug`vorlikni tubanlikdan ajratishga o`rgatadi.
Maishiy hayot estetikasi bolalar xonasining dizaynini, turor joyning umumiy
bezatilishini o`z ichiga oladi. Bularning barchasi erta bolalikdan bolalarda go`zallikni
tushunishning ichki tuyg`ularini shakllantiradi va keyinchalik u estetik ongda o`z
ifodasini topadi.
Buyuk pedagog K.D.Ushinskiy har bir maktab fanining estetik elementlarni o`z ichiga
olishini ta`kidlagan. Degan bilan ona tili, musiqa, rasm darslari o`quvchilarning estetik
tarbiyasida katta ta`sir kuchiga ega. Ona tili va adabiyoti darslarida o`quvchilar tilning
boyliklari bilan tanishadi, vatan va jahon mumtoz adabiyoti asarlarii bilan tanishadi,
ularni baholashga, tahlil qilishga o`rganadi.
Musiqa va qo`shiq darslari bolalarning ovozini va musiqiy eshitish qobiliyatlarini
rivojlantiradi, har qanday musiqiy asarni estetik nuqtai nazardan to`g`ri
baholashga
o`rgatadi.
Rasm darslari badiiy didning shakllanishiga yordamlashadi. Jahon jivopisi, skul`turasi
durdonalarini o`rganish esa bolalarda go`zallikni uning har xil ifodalanishlarida ko`rish
qobiliyatini shakllantiradi.
Bundan tashqari maktab kutubxonasida o`tkaziladigan tadbirlar (ko`rgazmalar, tematik
kechalar, uchrashuvlar, viktorinalar, ko`rik-tanlovlar va h.k.) bolalarni adabiyot bilan
yaqindan tanishtiradi va qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Ochiq darslar, tarbiya soatlari, erkin darslar – bularning barchasi oilada boshlangan
estetik tarbiyani davom ettirish va boyitishning har xil shakllaridir.
Estetik tarbiya metodlari bolaning yoshiga qarab turli xil bo`ladi. Maktabgacha ta`lim
muassasalarida asosiy tamoyillar estetik muhitni yaratish, badiiy havaskorlik, tarbiyachi
bilan birga shug`ullanisha qurilgan.
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilari bilan estetik tarbiya
ishlarini olib borishning
asosiy metodlari: maktab darslari, sinf soatlari, tematik kechalar, parkga, muzeylarga
sayohatlar, rasm, ashula musobaqalari, ijodiy uy vazifalari.
O`spirin bolalar bilan estetik tarbiya har qanday o`qituvchi uchun eng murakkab
hisoblanadi, chunki bu paytga kelib ularning asosiy ideallari va me`yorlari shakllangan
bo`ladi. Ushbu yoshlagi bolalar bilan ishlash metodlari:
ochiq darslar, so`hbatlar,
bahslar, sinf soatlari, tasviriy san`at muzeyiga, teatrlarga, filarmoniyalarga borish,
bolalarni to`garaklarga (jivopis`, sahna hunari, xoreografiya va h.k.) jalb qilish, eng
yaxshi esse, adabiy o`qish, asarlar tanlovlari.
SHunday qilib, estetik tarbiya bir marotabalik tadbir emas.
U oiladi farzant
tug`ilganidan boshlanib, maktabgacha ta`lim muassasasida, maktabda oliy o`quv
yurtlarida davom ettirilishi va insonga butun hayoti davomida o`z-o`zini
takomillashtirish shaklida hamroh bo`lishi kerak.
Pedagoglar rahbarlik qiladigan o`quvchilarning juda xilma-xil estetik faoliyatida
badiiy-estetik vositalar va yo`nalishlar majmuasi qo`llanadi. Ularning eng asosiylari:
bilish, mehnat, o`yin, muloqat, tabiat, san`at, adabiyot, kundalik turmush sharoitlari.
Do'stlaringiz bilan baham: