7-Mavzu: Ekologik ekspertizaga qo’yiladigan talablar va atrof muhitga ta’sirni baholash Reja


Ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining farqlari va ularni baholash



Download 79 Kb.
bet2/2
Sana12.05.2020
Hajmi79 Kb.
#48978
1   2
Bog'liq
7-mavzu 2

Ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’sirining farqlari va ularni baholash

Tabiiy resurslarning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omili sifatidagi rolining kuchayib borishi ekologik ekspertizada ishlab chiqarishni joylashtirishning «tabiat-ishlab chiqarish» tizimi xarakati va ishlab turishining samaradorligini oshirishdagi rolhining kuchayib borishini har tomonlama hisobga olishni taqazo etadi. Ishlab chiqarishning joylashishi esa normal atrof tabiiy muhitni shakllantirishning asosiy shart-sharoitga aylanmoqda, ayni paytda tabiatdan foydalanish masalalari ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning muhim omillari qatoriga kiradi. Bu masalalarni va ularga bog’liq holda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’g’ri joylashtirish maqsadlarida tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni ularning tabiatga va uning komponentlarier, o’rmon, suv, atmosfera xavosi, xamda odamga nisbatan klassifikatsiyalash zarur. Tarmoqlar va ishlab chiqarishni klassifikatsiyalashda eng avvalo ularning jonli tabiatga va odamga zararli ta’sirini hisobga olish kerak.


Xalq xo’jaligi tarmoqlari guruhining atrof tabiiy muhitga ta’siri bo’yicha klassifikatsiyasi

(k-katta, o’-o’rta, p-past)

(1-jadval)






Xalq xo’jaligi tarmoqlari

Resurslarni istehmol qilish bo’yicha ta’sir

CHiqindilarning paydo bo’lishi bo’yicha ta’sir

Quyidagilarga salbiy ta’siri bo’yicha:







Er xajmiga

Suv xajmiga

Xomashyo xajmiga

Qattiq

Suyuq

CHang va gazlar

Erga

Suv

ga


Havoga

Biosferaga

Odamga

1.

Issiqlik energetikasi

p

k

k

p

o’

k

o’

o’

k

k

-

2.

Gidroenergetika

o’

k

p

-

-

-

p

p

-

p

-

3.

Nefth va gaz qazib olish

p

o’

p

-

p

p

p

p

p

o’

P

4.

Ko’mir, slanets, torf sanoati

o’

p

p

o’

p

o’

p

p

o’

o’

O’

5.

Qora metullurgiya

o’

k

k

o’

p

o’

o’

o’

o’

o’

K

6.

Rangli metallurgiya

o’

o’

k

k

p

o’

k

k

k

k

k

7.

Kimyo va nefth kimyo

p

k

o’

o’

o’

o’

o’

o’

k

k

k

8.

Mashinasozlik va metalsozlik

p

o’

o’

p

p

p

p

p

p

p

o’

9.

O’rmon va yog’ochni qayta ishlash

o’

o’

o’

o’

p

p

o’

p

p

o’

o’

10.

TSelyulaza-qog’oz sanoati

p

k

k

o’

b

o’

o’

o’

o’

o’

k

11.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish

p

o’

k

p

p

p

p

p

p

p

o’

12.

Qurilish konstruktsiyalarini ishlab chiqarish

p

o’

k

p

p

p

p

p

p

p

o’

13.

Oyna va chinni fayans ishalb chiqarish

p

p

k

o’

p

o’

p

o’

o’

o’

o’

14.

Engil sanoat

p

p

o’

p

p

p

p

o’

o’

o’

o’

15.

Oziq-ovqat, mikrobiologiya omuxta ozuqa sanoati

p

o’

k

p

p

o’

p

o’

o’

o’

o’

16.

Tibbiyot, poligrafiya v.b.

p

p

o’

p

-

p

p

p

p

p

p

17.

Qishloq xo’jaligi

k

k

p

o’

o’

p

k

o’

p

o’

p

18

O’rmon xo’jaligi

k

p

p

-

-

-

-

-

-

-

-

19

Transport

o’

p

p

-

p

k

p

p

o’

o’

O’

20.

Qurilish

p

p

o’

o’

-

p

p

p

p

p

P

21.

Uy-joy kommunal xo’jaligi

o’

k

-

p

k

o’

o’

k

o’

k

O’

Jadvalda berilgan xalq xo’jaligi tarmoqlari guruhining tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga va ularning atrof tabiiy muhit elementlariga ta’siri ushbu guruh tarmoqlari uchun o’rtacha ko’rsatkichlarga asoslanib tuzilgan. Bu jadval ma’lumotlari ekologik ekspertiza munosabatlarining hamma qatnashchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Berilgan tarmoq guruhlari tarkibida o’rtacha ko’rsatkichlari katta farq qiladigan tarmoqlar va ishlab chiqarishlar bor. SHu sababdan ushbu klassifikatsiya xamma tarmoqlar, ishlab chiqarish, xatto texnologiyalar uchun zarur. Masalan, korxonalar, ishlab chiqarish va texnologiyalarni joylashtirishda ularning resurslardan foydalanish bo’yicha va atrof muhit uchun zararligi bo’yicha bir xil tipdagi, birikmalari shakllanishiga ekologik ekspertiza nazoratida yo’l qo’ymaslik kerak. Bular atrof muhitni havfli ifloslanishdan saqlab qolishga yoki hududlarni ahlatlar bosib ketishiga yo’l qo’ymaslikning asosiy sharti hisoblanadi.

Jadvalda berilgan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari orasida faqat o’rmon ho’jaligi atrof muhitga zararli ta’sir ko’rsatmaydi, balki uni sezilarli darajada yaxshilaydi. Buning sababi shuki, o’rmon ho’jaligi faoliyati jonli tabiatning eng qudratli kompleksi hisoblangan o’rmonlar bilan bog’langan bo’lib, ular nafaqat o’zlari egallab turgan maydonlarga, balki tutashgan katta hududlarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’rmonlarning atrof muhitga ijobiy ta’siri ikki aspektida nomoyon bo’ladi: 1. o’rmonlar jonsiz tabiatni (iqlim, yer, suv va havo tozaligi) asrash va yashilashning shuningdek, tovush, shovqin va boshqa to’lqinlarni ushlab qolishning eng samarali omili bo’lib hisoblanadi; 2. o’rmonlar biotik modda almashishini, hududlarning flora va fauna xilma xilligini ko’paytiradi va kuchaytiradi, va shular orqali jonli tabiatning muhit sharoitiga, zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi va barqarorligini oshiradi. Bularning hammasi o’rmon ho’jaligining tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Xalq ho’jaligi tarmoqlarini atrof tabiiy muhitga ta’sirining klassifikatsiyasi ekologik ekspertiza munosabatlarida tabiatdan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilishning asosi bo’lib hizmat qiladi.


Nazorat savollari

  1. Davlat ekologik ekspertizasining loyihadan oldingi bosqichda qabul qilingan tartibini tushuntiring. Unga qanday hujjatlar tayyorlanadi?

  2. «Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonot» loyihasi, «atrof muhitga ta’siri to’g’risida bayonot», «ekologik oqibatlar to’g’risida bayyonot» nima?, Ular bir-birlaridan qanday farq qiladi? Ularni bilib oling va tushuntiring.

  3. Ekologik ekspertiza ob’ektlarining atrof tabiiy muhitga ta’siri nima? U qanday baholanadi.

  4. Xalq ho’jaligi tarmoqlari guruhining atrof tabiiy muhitga ta’siri bo’yicha klassifikatsiyasini tushuntiring. U qanday amaliy ahamiyatga ega?



1 Справочник экологаэксперта. Т.1997, 9-11 бетлар.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish