Turdosh tarmoklarga diversiyalash strategiyasi
Diversiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh tarmoklarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversiyalash strategik muvofiqlikdan kelib chikib amalga oshiriladi. Strategik muvofiqlik turli firmalar uxshash ishlab chikarishga ega bulgan takdirda mavjud buladi. Bu esa kuyidagilar uchun imkoniyat yaratadi:
a) maxorat va tajribani bir korxonadan boshka korxonaga utkazish;
b) ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish maksadida turlicha bulgan ishlab chikarishni yagona tizimga birlashtirish.
Strategik muvofiqlikka asoslangan alokalar ishlab chikarish soxasida, personal maxoratiga bulgan talablarda, mineral resurslar va ta`minotchilarning manbalarining yagonaligida, detallar va komponentlarni birgalikda ishlab chikarish uchun saloxiyatda, uxshash ishlab chikarish usullari va boshkaruv nou-xaularida, marketing va maxsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni kullashda, bir xil ulgurji xaridorlar va chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat kursatish saloxiyatida, shuningdek umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada namoyon buladi.
Turdosh tarmoklarga diversiyalash xakikatda jozibali kurinadi. U mavjud ishbop faollik darajasini saklab kolish, maxorat va tajribani urgatish xisobiga rakobat ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoklardagi firmalar bilan bulishish imkoniyatini beradi.
Kachonki ikkita korxonaga raxbarlik kilish, ularning aloxida faoliyat kursatishiga nisbatan arzonga tushsa,shundagina turdosh diversiyalashda faoliyat mikyoslaridagi tejamkorlik mavjud buladi.
Turdosh tarmoklar urtasidagi strategik muvofiqlik kuyidagilar xisobiga rakobat ustunligi uchun saloxiyatni vujudga keltiradi:
a) ancha past ishlab chikarish xarajatlari.
b)bir tarmokdan ikkinchisiga asosiy malaka va tajriba, texnologik xususiyatlar, boshkaruv nau-xaularni samarali uzatish.
v)umumiy tovar markasidan foydalanish imkoniyatlari.
Biznesning yakin soxalaridagi strategik muvofiqlik xisobiga erishilgan rakobat ustunligi individual ishlab chikarishga karaganda kushimcha saloxiyat beradi.
Rakobat ustunligining kushimcha manbasi aktsiyalar daromadliligi buyicha 2+2=5 samarasini olish imkonini beradi.
Turdosh tarmoklarga diversiyalashning eng tarkalgan yullari kuyidagilar:
Sotish imkoniyatlari va reklama faoliyatidan birgalikda foydalanishi mumkin bulgan tarmoklarga kirish.
Turdosh texnologiyalardan foydalanish.
Nou-xau va tajribalarni bir faoliyat turidan boshka faoliyat turlariga utkazish.
Yangi maxsulotga firmaning nomi va iste`molchilarning ishonchini utkazish.
Faoliyatning asosiy turini kuvvatlash uchun yangi tarmoklarda xarid kilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |