Ko'krak qafasidagi visseral limfa tugunlari 1. Nodi brachiocephalici — yelka-bo'yin tugunlari;
2. Nodi paratracheales — traxeya atrofidagi limfa tugunlari;
3. Nodi tracheo-bronchiales superiores — traxeyaning bo'linish sohasidagi ustki limfa tugunlari;
4. Nodi tracheo-bronchiales inferiores — traxeyaning bo'linish sohasidagi pastki limfa tugunlari;
5. Nodi broncho pulmonales — o'pka darvozasi sohasidagi limfa tugunlari;
6. Nodi intrapulmonales — o'pka ichidagi tugunlar;
7. Nodi juxtaoesophageales — qizilo'ngach atrofidagi tugunlar;
8. Nodi prevertebrales — umurtqa oldidagi tugunlar;
9. Nodi mediastinales posteriores — orqa ko'ks oralig'idagi limfa tugunlari;
10. Nodi mediastinales anteriores — oldingi ko'ks oralig'idagi limfa tugunlari;
11. Nodi lymphatici paraoesophageales pulmonales — o'pkaning qizilo'ngach atrofidagi limfa tugunlari;
12. Nodi prepericardiales et pericardeales laterales — yurak xaltasi atrofidagi limfa tugunlari. Ko'krak qafasidagi limfa tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlari ikkita limfa tomirlariga yig'iladi:
a) chap tarafdagi a’zo va to'qimalardan limfa trunci bronchomediastenales sinister ga, bu tomir ko‘krak limfa yo'li — ductus thoracicus ga quyiladi;
b) o'ng tarafdagi a’zo va to'qim alardan limfa — trunci bronchomediastinales dexter ga, bu limfa tomir esa o'ng limfa yo'li — ductus lymphaticus dexter ga quyiladi.
Qorin limfa tugunlari Nodi lymphoidei abdominis Qorin devori ust qismidan limfa tomirlari qo'ltiq osti limfa tugunlari — nodi lymphatici axillares ga quyiladi. Qorin devori pastki qismlaridan limfa tomirlari chov sohasidagi limfa tugunlari — nodi lymphatici inguinales ga quyiladi. Qorin bo'shlig'idagi limfa tugunlari qorin devorining ichki yuzasidagi parietal limfa tugunlariga va qorin bo'shlig'idagi a’zolaming limfa tugunlari visseral limfa tugunlariga bo'linadi. Parietal limfa tugunlari qorin aortasi hamda pastki kovak vena atrofida joylashadi va bel sohasining limfa tugunlari — nodi lymphatici lumbales deb ataladi. Qorindagi parietal limfa tugunlari:
1) Nodi lumbales sinistri— belning chap tugunlari quyidagi tugunlardan hosil bo'ladi:
a) Nodi aortici laterales — aorta sohasidagi yon tugunlar;
b) Nodi preaortici — aorta oldidagi tugunlar;
d) Nodi retroaortici — aorta orqasidagi tugunlar.
2) Nodi lumbales intermedii — bel oralig'idagi tugunlar.
3) Nodi lumbales dextri — belning o'ng tugunlari quyidagi tugunlardan hosil bo'ladi:
a) Nodi cavales laterales — pastki kovak vena yonidagi tugunlar;
b) Nodi precavales — pastki kovak vena oldidagi tugunlar;
d) Nodi retrocavales — pastki kovak vena orqasidagi tugunlar.
4) Nodi phrenici inferiores — diafragma osti tugunlar.
5) Nodi epigastrici inferiores — qorin devori osti tugunlar.
Visseral limfa tugunlari qorin bo'shlig'idagi aortaning toq tarmoqlari atrofida joylashib, quyidagi limfa tugunlaridan iborat bo'ladi:
1. Nodi coeliaci — shu nomli arteriya bo'ylab joylashgan limfa tugunlari;
2. Nodi pylorici — me’daning chiqish qismidagi limfa tugunlari;
3. Nodi gastrici sinistri shu nomli arteriya bo'ylab joylashgan, me’daning kichik egriligidagi limfa tugunlari;
4. Nodi gastrici dextri — shu nomli arteriya bo'ylab joylashgan, me’daning kichik egriligidagi limfa tugunlari;
5. Nodi gastroomentales dextri et sinistri — o'ng va chap me’da-charvi tugunlari;
6. Nodi pancreatici — me’da osti bezi tugunlari;
7. Nodi splenici — taloq tugunlari;
8. Nodi hepatici — jigar darvozasi sohasidagi limfa tugunlari;
9. Nodi pancreaticoduodenalis — me’da osti bezi va o'n ikki barmoq ichak limfa tugunlari;
10. Nodi mesenterici superiores— shu nomli arteriya atrofida joylashgan limfa tugunlari ingichka ichak tutqichidagi tugunlardan va yo'g'on ichakning ko'p qismidan limfa tomirlarni qabul qiladi;