7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi



Download 97,08 Kb.
bet6/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

Pars membranacea — siydik chiqaruv nayining eng qisqa va tor qismini tashkil etadi. Bu bo'lim chanoqning oraliq mushaklari sohasiga to'g'ri keladi. Siydik chiqaruv nayining bu sohasida ko'ndalang targ'il mushak tolalaridan hosil bo'lgan m.sphincter urethrae externum halqasi bo'ladi.
Pars spongiosa — siydik chiqaruv nayining tashqi qismi bo'lib, erkak olati penis dan o'tadi. Bu sohada qayiqsimon chuqurchalar — fossa naviculares urethre, bezlar — glandulae urethrales, bo'ylama mushak tolalari — stratum longitudinale dan tashkil topgan tunica muscularis mushak qavati bo'ladi. Siydik nayining ichki yuzasi shilliq qavat — tunica mucosa deyiladi. Siydik nayi tashqi teshigi ostium urethrae externum bilan yakunlanadi.

8-mavzu: Erkaklarning tanosil a’zolari. Ayollarning tanosil a’zolari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Oraliq topografiyasi tuzilishi, chanoq va tanosil diafragmalari va jinsga nisbatan farqi.
Erkaklar jinsiy a’zolari.
Organa genitalia masculine
Moyak — testis
Moyak — testis juft a’zo bo'lib, yorg'oq ichida joylashadi. U oval shaklda tuzilgan bo'lib, ichki — facies medialis, tashqi — facies lateralis yuzalar, oldingi — margo anterior hamda orqa — margo posterior qirralari bo'ladi. Moyakning yuqori uchi — extrimitas superior hamda pastki uchi — extrimitas inferior tafovut etiladi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyakning orqa sohasidan urug' tizimchasi — funiculus spermaticus boshlanadi va shu sohada moyak ortig'i — epididymis, uning boshchasi — caput epididymidis, pastki dum qismi — cauda epididymidis va ular orasidagi tanasi — corpus epididymidis qismlari bo'ladi. Moyak yorg'oqning ichki pardasi, qinsimon qavati — tunica vaginalis testes ichida joylashadi. Bu pardaning tashqi varag'i — lamina parietalis yorg'oq devorining ichki yuzasini hosil etsa, moyak tashqi yuzasiga lamina visceralis varag'i birikadi. Parietal varaqning visseral varaqqa o'tish sohasi moyak ortig'ining ikki uchi sohasiga to'g'ri kelib, bu sohalarda boylamlar: moyak ortig'ining yuqorigi boylami — lig. epididymidis superius va moyak ortig'ining pastki boylami — lig. epididymidis inferius lar hosil bo'ladi. Bu ikki varaq orasidagi bo'shliq — sinus epididymidis deyiladi. Qinsimon qavat seroz parda — tunica serosa va tunica subserosa lardan hosil bo'ladi. Moyak tashqi tarafdan oq rangdagi fibroz to'qima — tunica albuginea bilan o'ralgan bo'ladi. Bu qavat moyakning orqa qirrasidan a’zoning ichiga kiradi va bu sohani mediastinum testis deyiladi. Fibroz qavat moyak ichiga kirib, a’zoni bo'lakchalar — lobuli testis ga ajratadigan to'siq septula testis ni hosil qiladi. Natijada moyak 250-300 bo'lakchalarga ajraladi. Moyakning har bir bo'lakchasi ichida 2- 3 ta burama navchalar — tubuli seminiferi contorti bo'ladi. Shu naychalar ichida erkaklar urug'i— spermatozoid yetishadi. Burama naychalar to'g'rilanib — tubuli seminiferi recti ni hosil qiladi. To'g'ri naychalar moyakning mediastinum sohasida o'zaro qo'shilib to'r — rete testis ni hosil etadi. To'r sohasidan 12-15 ta ductus efferentes urug' yo'li boshlanadi va bu yo'llar moyak ortig'ining boshchasiga davom etadi. Moyak ortig'i ichida esa bitta umumiy urug' yo'li — ductus epididymidis bo'ladi. O'z navbatida bu yo‘l urug' tizimchasining tarkibidagi urug' olib ketuvchi ductus deferens ga davom etadi. Urug' olib ketuvchi yo'1 chov kanali orqali qorin bo'shlig'iga o'tadi va siydik qopchasining ostida kengayma — ampulla ductus deferentis sifatida yakunlanadi. Ductus deferentis devori uch qavatdan: tashqi fibroz — tunica adventitica, o'rta mushak — tunica muscularis va ichki shilliq — tunica mucosa qavatlaridan tashkil topgan.
Urug' tizimchasi — funiculus spermaticus tarkibi:
1) urug' olib ketuvchi nay — ductus deferens;
2) moyak arteriyasi — a.testicularis;
3) nay arteriyasi — a.ductus deferentis;
4) moyak venasi — v.testicularis;
5) nay venasi — v.v.ductus deferentis;
6) nerv tolalari — plexus testicularis et deferentialis;
7) fascia spermatica externa — urug' tizimchasining tashqi fassiyasi;
8) m. cremaster — moyakni ko'taruvchi mushak;
9) fascia cremasterica — mushak fassiyasi;
10) fascia spermatica interna — urug' tizimchasining ichki fassiyasi.
Urug' olib ketuvchi nay — ductus deferens. Uning quyidagi qismlari bo'ladi:
1) pars scrotalis — yorg'oq sohasidagi qismi;
2) pars funicularis — urug' tizimchasi tarkibidagi qismi;
3) pars inguinalis — chov kanali sohasidagi qismi;
4) pars pelvica — chanoq sohasidagi qismi.
Urug' olib ketuvchi nay chanoq sohasidagi qismining, yakunida kengayma ampulla ductus deferentis hosil bo'ladi. Urug' olib ketuvchi nay devori quyidagi qavatlardan hosil bo'ladi;
a) tunica adventitia — qo'shuvchi to'qimali qavat;
b) tunica muscularis — mushakli qavat;
d) tunica mucosa — shilliq qavat;

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish