7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi


-mavzu: Ichki va tashqi yonbosh arteriyalari. Son arteriyasi.Boldir arteriyalari. Oyoq panja arteriyalari



Download 97,08 Kb.
bet41/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

14-mavzu: Ichki va tashqi yonbosh arteriyalari. Son arteriyasi.Boldir arteriyalari. Oyoq panja arteriyalari.
Ichki yonbosh arteriyasi — a.iliaca internae
Ichki yonbosh arteriya — a.iliaca internae chanoq devorlarini qon bilan ta’minlaydigan parietal va chanoq sohasidagi a’zolarni qon bilan ta’minlaydigan visseral guruh arteriyalariga bo'linadi. Parietal arteriyalar:
1. a.iliolumbalis — yonbosh-bel arteriyasi yonbosh suyagi va bel sohalaridagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi:
a) r.lumbalis — bel sohasini qon bilan ta’minlaydi;
b) r.spinalis — orqa miyani qon bilan ta’minlaydi;
d) r.iliacus — yonbosh sohasini qon bilan ta’minlaydi.
2. a.sacralis lateralis — dumg'azaning yon arteriyasi. Chanoq sohasidagi m.piriformis, m.levator ani va dumg'aza chigalini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya orqa miyani qon bilan ta’minlaydigan r.r.spinales shoxlarini ajratadi.
3. a.glutea superior — dumbaning yuqori arteriyasi. Chanoq bo'shlig'idan foramen suprapiriforme teshigi orqali chiqadi va dumba sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriya yuza shox — r.superficialis va chuqur shox — r.profundus larga ajraladi. Chuqur shoxdan esa maydaroq yuqori shox — r.superior va ostki shox — r.inferior lar ajraladi.
4. a.glutea inferior — dumbaning ostki arteriyasi. Chanoq bo'shlig'idan foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi va dumba sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan o'tirg'ich nervi bilan birga yo'naladigan arteriya — a.comitans nervi ischiadici ajraladi.
5. a.obturatoria — yopqich arteriyasi shu nomli kanal orqali o'tadi — m.obturatorius externus va sonning medial guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyaning muhim tarmog'i — ramus acetabularis chanoq suyagining sirka kosasiga incesura acetabuli tirqishi orqali o'tadi va son suyagining boshchasi hamda lig.capitis femoris ni qon bilan ta’minlaydi. Ichki yonbosh arteriyasining visseral tarmoqlari:
1. a.umbilicalis — kindik arteriyasi embrion taraqqiyotida homiladan qonning chiqib ketishini ta’minlaydi. Tug'ilgandan so'ng, arteriyaning ko'pchilik qismi kindik bilan birlashuvchi lig.umbilicale mediale boylamiga aylanadi. Arteriyaning boshlang'ich ochiq qismi pars patens dan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) a.vesicates superior — siydik qopchasining yuqorigi arteriyasi;
b) r.r.ureterici — siydik nayining shoxlari;
d) a.ductus deferentis (erkaklarda) urug' olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi. Kindik arteriyasining yopiq qismi pars occlusa, kindik arteriyasining boylami chorda a.umbilicalis ga aylanadi.
2. a.ureterici — siydik nayini qon bilan ta’minlaydi.
3. a.vesicalis inferior — siydik qopchasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan erkaklarda prostata bezi uchun — r.r.prostatici tarmoqlarini ajraladi.
4. a.ductus deferentis — erkaklarda bo'lib, urug' tizimchasi tarkibida yo'naladi va moyakni hamda urug' olib ketuvchi nayni qon bilan ta’minlaydi.
5. a.uterina — ayollarda bo'lib, bachadonni, qin sohasini, bachadon naylarini va tuxumdonlarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) r.r.helicini — bachadonga yo'naluvchi burama shoxlar;
b) r.r.vaginales — qin sohasini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar;
d) r.ovaricus — tuxumdonni qon bilan ta’minlaydigan shox;
e) r.tubarius — bachadon nayini ta’minlaydigan shox.
6. a.vaginalis ayollarda bo'lib, qinning xususiy arteriyasi deyiladi.
7. a.rectalis media — to'g'ri ichakning o'rta sohasini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan ayollarda qinni qon bilan ta’minlaydigan shoxlar— r.r.vaginales, erkaklarda esa prostata bezini qon bilan ta’minlaydigan shoxlar— r.r.prostatici ajraladi.
8. a.pudenda interna — chanoq bo'shlig'idan — foramen infrapiriforme teshigi orqali chiqadi va chanoq suyagidagi spina ischiadica o'simtasini aylanib o'tib, foramen ischiadicum minor — kichik o'tirg'ich teshigi orqali chanoq bo'shlig'iga qaytadi. Bu arteriya chanoq diafragmasini hosil etgan oraliq mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) a.rectalis inferior — tarmog'i to'g'ri ichakning pastki qismini qon bilan ta’minlaydi;
b) a.perinealis — oraliq sohasini qon bilan ta’minlaydi;
d) r.r.labiales posteriores — ayollarda tashqi jinsiy a’zolarni qon bilan ta’minlaydi; r.r.scrotales posteriores — erkaklarda bo'lib, yorg'oq sohasini qon bilan ta’minlaydi;
e) a.uretralis — siydik chiqaruv nayini qon bilan ta’minlaydi;
f) a.bulbi vestibuli — ayollar tashqi jinsiy a’zo dahlizini so'g'onini erkaklarda a.bulbi penis — erkaklar tashqi jinsiy a’zosi so'g'onini qon bilan ta’minlaydi;
g) a.dorsalis clitoridis — ayollarda klitor sohasini qon bilan ta’minlaydi;
h) a.dorsalis penis — erkaklar tashqi jinsiy a’zosini orqa qismini qon bilan ta’minlaydi;
j) ayollarda a.profunda clitoridis bo'lib klitorning chuqur arteriyasi deyilsa, erkaklarda — a.profunda penis bolib ularda tashqi jinsiy a’zoning chuqur arteriyasi deb ataladi.
i) Erkaklarda tashqi jinsiy a’zo ichidan o'tuvchi — a.a.perforantes penis ham ajraladi.

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish