Yurakning o'tkazuv yo'llari va qon bilan ta’minlanishi Yurak mushaklarini harakatga keltiradigan xususiy o'tkazuv yo'llari bo'ladi. Bu yo'llar nerv va mushak to'qimalaridan hosil bo'lib, nerv hujayralari va nerv o'simtalaridan tashkil topadi. Nerv hujayralari — yurak o'tkazuv yo'llarining tugunlarini hosil qiladi.
1. Sino-atrial tugun — nodus sinoatrialis nerv hujayralar tuguni bo'lib, o'ng bo'lmacha devorida joylashadi.
2. Bo'lmacha — qorincha orasidagi tugun nodus atrioventricularis o'ng bo'lmachaning qorinchaga o'tish sohasida joylashadi. Bu tugun hujayralarining o'simtasi fasiculus atrioventricularis (Giss — tutamlari) ni hosil qilib qorinchalarga davom etadi. O'z navbatida bu tutamlar qorinchalar sohasida ikki oyoqcha — crus dextrum et sinistrum larga ajraladi.
Yurakni arterial qon tomirlari ko'tariluvchi aorta — aorta ascendens dan ajraladi. Yurak arteriyalari o'ng va chap toj arteriyalari — a.a.coronaria dextra et sinistra deb ataladi. Yurakning venoz qoni esa xususiy venoz tomirlar — sinus coronarius cordis ga, yig'ilib, venoz sinus tomiri holida o'ng bo'lmachaga ochiladi. Yurakning qo‘shimcha vena qon tomirlari ham bo'lib, ular o'ng qorincha bo'shlig'iga ochiladi. Bu venalar v.v.cordis anteriores, v.v.cordis minimae deb ataladi.
O'PKA POYASI — TRUNCUS PULMONALIS Truncus pulmonalis — o'pka poyasi yurakning o'ng qorinchasidan chiqib, kichik qon aylanish doirasining boshlang'ich qismi hisoblanadi. Boshlang'ich sohasida biroz kengayib sinus trunci pulmonalis hosil bo'ladi va o'pka darvozasi sohasida ikkiga bo'linadi va bu sohaga— bilurcatio trunci pulmonalis deyiladi. Bo'lingandan so'ng o'ng o'pka arteriyasi – arteria pulmonalis dextra va chap o'pka arteriyasi — arteria pulmonalis sinistra hosil bo'ladi.
I. Arteria pulmonalis dextra o'pka ichida 3 ga bo'linadi:
1) o'pkaning yuqori bo'lagiga yo'nalgan — a.lobares superiores;
2) o'pkaning o'rta bo'lagiga yo'nalgan — a.lobares media;
3) o'pkaning pastki bo'lagiga yo'nalgan — a.lobares inferiores.
Har bir bo'lak arteriyalar o'ng o'pka segmentlarining arteriyalariga tarmoqlanadi.
1. a.lobares superiores ning tarmoqlari:
a) a.segmentalis apicales — bo'lak uchidagi segment arteriyasi;
b) a.segmentalis anterior oldingi segment arteriyasi. Bu arteriya segment ichida ko'tariluvchi — ramus ascendeus va tushuvchi — ramus descendens shoxlariga ajraladi.
d) a.segmentalis posterior — orqa segment arteriyasi. Bu arteriya segment ichida ko'tariluvchi — ramus ascendens va tushuvchi — ramus dessendens shoxlariga bo'linadi.
2. a.lobares media ning tarmoqlari:
a) a.segmentalis medialis — medial segment arteriyasi;
b) a.segmentalis lateralis — lateral segment arteriyasi;
3. a.lobares inferiores ning tarmoqlari:
a) a.segmentalis superior yuqori segment arteriyasi;
b) a.segmentalis basales anterior — asosidagi oldingi segment arteriyasi;
d) a.segmentalis basales lateralis — asosidagi lateral segment arteriyasi;
e) a.segmentalis basalis medialis — asosidagi medial segment arteriyasi;
f) a.segmentalis basalis posterior — asosidagi orqa segment arteriyasi.
II. Arteria pulmonalis sinistra — chap o'pka arteriyasi o'pka ichida 2 ga ajraladi: yuqori bo'lak arteriyasi — a.lobares superiorus va pastki bo'lak arteriyasi — a.lobares inferiores. Har bir bo'lak arteriyalari chap o'pkaning segment arteriyalariga tarmoqlanadi.
1) a.lobares superiores ning tarmoqlari:
a) a.segmentalis apicalis — bo'lak uchidagi segment arteriyasi;
b) a.segmentalis anterior oldingi segment arteriyasi segment ichida ko'tariluvchi — ramus ascendeus va tushuvchi shox — ramus descendens larga tarmoqlanadi;
c) a.segmentalis posterior — orqa segment arteriyasi. Segment ichida ko'tariluvchi shox — ramus ascendens va tushuvchi shox — ramus descendens larga bo'linadi;
e) a.lingularis — tilchaga yo'naluvchi arteriya. Tilchali segment ichida ustki tilcha arteriyasi — a.lingularis superior ga va ostki tilcha arteriyasi — a.lingularisinferior larga bo'linadi.
2. a.lobares inferiores — pastki bo'lak arteriyasining tarmoqlari:
a) a.segmentalis superior — ustki segment arteriyasi;
b) a.segmentalis basalis anterior — pastki bo'lak asosining oldingi arteriyasi;
d) a.segmentalis basalis lateralis — pastki bo'lak asosining lateral arteriyasi;
e) a.segmentalis basalis medialis — pastki bo'lak asosining medial arteriyasi;
f) a.segmentalis basalis posterior — pastki bo'lak asosining orqa arteriyasi.