7-mavzu: Buyrak. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi


Chanoq sohasi va oyoq limfa tugunlari



Download 97,08 Kb.
bet63/65
Sana07.07.2022
Hajmi97,08 Kb.
#753728
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
medik Ma’ruza 5000

Chanoq sohasi va oyoq limfa tugunlari
Chanoq sohasi limfa tugunlari quyidagi guruhlarga ajraladi:
1. Nodi lymphoidei parietales — chanoq devoridagi parietal tugunlar;
2. Nodi lymphoidei viscerales — chanoq a’zolarining limfa tugunlari;
Chanoq devori limfa tugunlari guruhi qon tomirlar bo'ylab joylashib quyidagi tugunlardan hosil bo'ladi:
1) Nodi iliaci communes — umumiy yonbosh venalar sohasidagi tugunlar quyidagilardan iborat:
a) Nodi mediales — medial tugun;
b) Nodi intermedii — oraliqdagi tugunlar;
d) Nodi laterales — lateral tugunlar;
e) Nodi subaortici — aorta ostidagi tugunlar;
f) Nodi promontorii — bel-dumg'aza bo'rtig'i sohasidagi tugunlar;
2) Nodi iliaci externi — tashqi yonbosh venalar sohasidagi tugunlar quyidagilardan iborat:
a) Nodi mediales — medial tugunlar;
b) Nodi intermedii — oraliqdagi tugunlar;
d) Nodi laterales — lateral tugunlar;
e) Nodi interiliaci — yonbosh orasidagi tugunlar;
f) Nodi obturatorii — yopqich teshigi sohasidagi tugunlar;
3) Nodi iliaci interni — ichki yonbosh venalar sohasidagi tugunlar quyidagilardan iborat:
a) Nodi gluteales superiores et inferiores — ustki va ostki dumba tugunlari;
b) Nodi sacrales — dumg'aza tugunlari;
II. Chanoq a’zolarining limfa tugunlari:
1) Nodi paravesicales -siydik qopchasi atrofidagi tugunlar quyidagilardan iborat:
a) Nodi prevesicales — siydik qopchasi oldi tugunlari;
b) Nodi retrovesicales — siydik qopchasi orqa tugunlari;
d) Nodi vesicales lateralis — siydik qopchasining lateral tugunlari;
2) Nodi parauterini — ayollarda bachadon atrofi tugunlari;
3) Nodi paravaginales — ayollarda qin atrofi tugunlari;
4) Nodi pararectales — to'g'ri ichak atrofi tugunlari.
Oyoq limfa tomirlari undagi qon tomirlar bilan birga yo'nalib taqim chuqurchasi sohasidagi — nodi lymphatici popliteales limfa tugunlarida hamda chov sohasidagi — nodi lymphatici inguinales limfa tugunlarida yakunlanadi. O'z navbatida chov soha limfa tugunlari guruhi nodi lymphatici inguinales profundi dan tashkil topadi. Oyoqning yuza limfa tomirlari teri osti venalari bilan birga yo‘naladi. V.saphena magna — katta teri osti venasi bilan birga yo'naladigan limfa tomirlari, chovning yuza limfa tugunlari — nodi lymphatici inguinales superficiales ga quyiladi. Oyoqning kichik teri osti venasi — v.saphena parva bilan birga yo'naladigan limfa tomirlari taqim osti sohasidagi nodi lymphatici popliteales limfa tugunlariga quyiladi. Oyoq panjasining lateral chekkasi, IV barmoq sohasi, boldirning lateral yuzasidagi yuza limfa tomirlar taqim osti limfa tugunlariga quyiladi. Oyoq panjasining qolgan I, II, III barmoqlari sohasidan, boldirning medial va orqa yuzalaridagi yuza limfa tomirlari chov sohasidagi yuza tugunlarga yig'iladi. Chov sohasidagi yuza tugunlar son, qorin devori, tashqi jinsiy a’zolar va dumba sohasining yuza limfa tomirlarini qabul qiladi. Oyoq panjasi suyaklari, mushaklari hamda to'qimalaridan, boldir sohasining, suyak va mushaklaridan limfa tomirlar asosiy qon tomirlar bilan birga yo'naladi va taqim osti limfa tugunlariga quyiladi. Taqim osti limfa tugunlari tizza bo'g'imidagi limfa tomirlami qabul qiladi. Taqim osti limfa tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlari sondagi asosiy qon tomirlar bilan birga yo'nalib, chuqur chov limfa tugunlariga quyiladi. Chov sohasidagi chuqur limfa tugunlariga sonning suyaklaridan va mushaklaridan limfa tomirlari yig'iladi. Chov sohasidagi limfa tugunlaridan chiqadigan limfa tomirlari tashqi yonbosh arteriyalar bilan birga yo'nalib, bel limfa nayi — trunci lumbales ga quyiladi. Chanoq sohasidagi limfa tugunlari tashqi yonbosh arteriya sohasida nodi lymphatici sacrales ga joylashadi. Bu limfa tugunlariga chanoq devori va chanoq ichidagi a’zolaming limfa tomirlari quyiladi. Chanoq limfa tugunlaridan chiquvchi limfa tomirlar bel limfa nayi — trunci lumbales ga yig'iladi.

Download 97,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish