7.
Boshqaruv
funktsiyasiga
qarab
*Umumma’muriy hujjatlar:
1. Xizmat-axborot hujjatlari:
xatlar; telegrammalar; ma’lumotlar;
aktlar.
2. Farmoynsh hujjatlarn:
buyruqlar;
qo’llanmalar;
qarorlar;
tsirkulyarlar.
3. Shaxsiy tarkibga oid hujjatlar:
xodimlar
hisobi;
guvohnomalar;
tavsiyanomalar;
tavsiyanomalar;
xizmat safari qog’ozlari Umumiy
ma’muriy
hujjatlarda
tashkiliy
jarayonlar aks ettiriladi.
*Maxsus
hujjatlar.
Bu
hujjatlarda
funktsional xizmatlar faoliyati aks
ettiriladi.
Jumladan:
fan-texnika;
texnologiya;
iqtisodiyot; hisob-kitob; moliyaga oid;
yuridik; reja; statistikaga oid hujjatlar.
8.
Konfiditsialligiga
qarab
*Oshkor
hujjatlar, ya’ni hamma
o’qiydigan va bosib chiqarishga ruxsat
etilgan hujjatlar.
Oshkor qilish ta’qiqlangan hujjatlar.
*Yopiq hujjatlar, (maxfiy, mutlaqo
maxfiy). Bularni ruxsatnomasi bo’lgan
kishilargina o’qiy oladilar. Bosishga
ruxsat etilmaydi.
9.
Bajarilishiga qarab
*Qo’lda yozilgan hujjatlar, ya’ni
qo’lda siyoh yoki qalamda yozilgan
hujjatlar.
*Bosma qilingan, ya’ni mashinka yoki
kompyuterda terilgan hujjatlar.
Demak, hujjatlar ikki guruhga ajratilar ekan. Birinchi guruhga korxonalarning farmoyish berish va ijro
etish jarayonida tuziladigan hujjatlari kiradi. Bular tashkiliy farmoyishli hujjatlashtirish bo’lib, unga tashkiliy
hujjatlar (nizom, qoida, qo’llanma), farmoyishlar (qaror, buyruq, yechimlar), ma’lumot — axborotlar (xat,
akt, hisobot va hokazo) kiradi.
Ikkinchi guruhdagi hujjatlar boshqarishning har bir maxsus funktsiyasiga xos hujjatlar (moliya,
buxgalteriya hujjatlari va hokazo), shuningdek, transport, aloqa, statistika, yurisprudentsiya hujjatlari va
hokazodan iborat bo’ladi.
Ish yuritish hujjatlarni qayd qilish, ko’paytirish, hujjatlarni tahlil qilish, ma’lumotnoma axborot
xizmati ko’rsatish, hujjatlarni saqlash, ijroni nazorat qilish, tashish, arxivda saqlashga tayyorlashdan iborat
bo’ladi. Ish yuritishning asosini quyidagi tamoyillar tashkil qilmog’i lozim:
• korxonaning barcha bo’linmalarida hujjatlar qabul qilishning bir xil usullari, hujjat shakllari, ularni
nazorat qilish kabi usullar qo’llanilishi lozim;
• korrespondentsiyalar bir joyda qabul qilib olinishi va qayd qilinishi lozim;
• hujjatlar bir marta qayd qilinishi kerak, qayd qilish tizimi hujjatlarni ijro etishni nazorat qilish tizimi
bilan o’zaro va bog’langan bo’lishi kerak;
• hujjatlar ijro etilishi bosqichlarida shunday saqlanishi kerakki, toki zarur ma’lumotnomalarni tuzish
uchun kerakli hujjatni tez topish mumkin bo’lsin;
• hujjatlar tezkorlik bilan hamda eng oz mehnat saqlangan holda doiraviy aylanishi lozim.
Hujjatni bayon qilish uslubi ravon, aniq va qisqa bo’lishi hamda ayni vaqtda mazmun tizimni to’la aks
ettirilishi lozim. Ishga oid yozuvlarni iloji boricha qisqartirmaslik, balki qisqartma so’zlarning faqat qabul
qilingan shakllaridan foylananish zarur.
Hujjatlarni bayon qilishning izchilligi, ya’ni uchta mantiqiy unsur:
• kirish;
• tahlil;
• xulosaning uyg’unlashtirilishi muhim ahamiyatga ega. Kirishda — hujjat tuzish sababi ko’rsatiladi.
Tahlilda — masalalar bayonining mazmuni, isboti aks ettiriladi. Xulosada esa hujjatning asosiy mazmuni
beriladi. Oddiy hujjatlarda, albatta bu uchta unsurning ham bo’lishi shart emas.
Davlat standartlarida bayon etilgan hujjatlarni tuzish qoidalari qog’oz o’lchami (formati), rekvizitlar
sostavi, hujjatlarda ularning tartibi va joylashtirish o’rni, hujjat blankalarini va rekvizitlarini rasmiylashtirish
tartibi, akt, qaror, telegramma, bildirishnoma (raport), xat, buyruq, xizmat yuzasidan xat, qaror, farmoyish
kabi hujjatlarni tuzish tartibi va uslubini ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: