7.4. Birja savdolarini o’tkazish qoidalari
Birja faoliyatining asosi - bu birja savdolaridir. Birja savdosining yuzaga kelishiga ishlab chiqarish va savdoni rivojlanib borishi bilan paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar asosiy sabab bo’ldi. Bunda savdoni ishlab chiqarish va tashqi muhit bilan bog’laydigan vosita sifatida qarash lozim.
Ishlab chiqarishni barqaror, faoliyat ko’rsata oladigan qilib tashkil etish uchun barcha resurslar: ish kuchi, mehnat vositalari va predmetlari bilan to’la va o’z vaqtida ta’minlashni taqazo etadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish faqat o’zi uchun, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish uchungina tashkil etilmaydi, balki u jamiyati extiyojlarini kondirish uchun tashkil etiladi, demak maxsulotlarni yakuniy iste’molchigacha yetkazish zarurati to’g’iladi. Ishlab chiqarishning savdo bilan alokasi quyidagicha sxemadadir:
Aytish mumkinki, savdo ishlab chiqarishni boshlab beradi va yakuniga yetkazadi. Ishlab chiqarish uchun ma’lum bir tovarlar kelishilgan hajmda, assortimentda va sifatda belgilangan muddatda yetkazilib kelinishi yoki realizasiya qilinishi zarur. O’z navbatida savdo qanday maxsulotni, kachon va qanday hajmda, assortimentda va sifatda ishlab chiqarilishi lozimligini ishlab chiqarish uchun aniklab beradi.
Birja bitimi - birja tovarlari bilan bog’liq bo’lgan huquq va majburiyatlarni bir shaxsdan boshqasiga o’tishidir. Birja bitimlari huquqiy, iktisodiy, tashkiliy va etik tavsiflarga egadir.
Bitim birjada ruyxatdan utkazilgandan sung to’zilgan hisoblanadi. Bitimni to’zish vaktida tomonlar o’zaro uning mazmunini kelishib oladilar.
Bitim amalga oshirilayotgan vaktda unda uchta aspekt: tovar nomi, uning hajmi va bahosi albatta kursatilishi shart. Bitim to’zilishining asosiy ahamiyatli sharti - bu tovarning bahosidir. Bitim quyidagilar asosida tuzilishi mumkin:
Birja ish kunidagi joriy baho asosida (bitim to’zilayotgan vaktdagi baho, auksionda e’lon etilgan yoki urnatilgan baho).
Tavsiya kilingan baho asosida.
Limit baho asosida.
Ma’lum davr uchun urnatilgan baho asosida.
Birja ochilishi va yopilishi vaktida belgilangan axborot bahosi asosida.
Hozirgi birjalarda bitim asosan real tovar bo’yicha tuzilib, ularning bir necha xili farqlaniladi:
Tomonlar o’rtasidagi hisob-kitoblar to’lovning bank va kredit vositalarining turli tumanligiga karab turli shaklda amalga oshirilishi mumkin, u bitimda albatta kursatilib utiladi. Tomonlar o’rtasida hisob-kitoblar asosan quyidagilar bilan olib boriladi:
to’lov talabnomalari topshiriklari asosida;
akkreditivlar bilan;
cheklar bilan;
veksellar bilan.
To’lov talabnomalari - topshiriklari bilan hisob-kitob kilinganda yetkazib beruvchi xaridorga hisob-kitob va ortish jo’natish hujjatlarini yuboradi.
Uzoq muddatli xo’jalik alokalari sharoitida to’lov talabnomalari asosida hisob-kitob qilish eng qulaydir.
Hisob kitobning akkredetiv usuli quyidagicha:
To’lov topshiriknomasi - korxonaning o’z bankiga ma’lum bir summani o’z hisob-kitob schetidan boshka korxona schetiga utkazish buyicha bergan topshirigidir.
Shunday qilib, birja faoliyati mustakil tijort faoliyati bo’lib, u ham foyda olish maqsadida faoliyat yuritadi.
Birjalarni yaratish o’zoq davom etadigan mashshaqqatli va qimmatga tushadigan ishdir. Odatdagi bu ish tashabbuskor kishilarni to’planishi, shakillanishidan boshlanadi va unga kirgan a’zolar keyinchalik birjani ta’sis etuvchilari bo’lib qoladi va birja rahbariyatiga kiradi. Ular bo’lajak birjaning qanday bo’lishi kerakligini belgilaydilar va uning faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqadilar. Hozirgi yaratilayotgan birjalar aslini olganda universal birjalar hisoblanadi. Ularda turli-tuman tovarlar bilan savdo qilinadi. Faqat ixtisoslashtirilgan birjalar yahshi istiqbolga ega bo’ladi. Birjalarni yaratishda ularni ta’sis etuvchilar soni va tarkibini aniqlash masalasi xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Yuqorida ko’rsatilgandek, birja turlicha xuquqiy statistikaga ega bo’lishi mumkin; yopiq yoki ochiq shakldagi aksionerlik jamiyati, aralash tarzdagi sherikchilik uyushmasi va xattoki davlat korxonasi bo’lishi mumkin.
Birjalar yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan ta’sis etilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi rahbarlik qiluvchi tashkilotlar kam tovar birjalarini ta’sis etish xuquqiga egadirlar. Birjalarni ta’sis etuvchilar soni qancha ko’p bo’lsa, ularning moliyaviy-moddiy ahvoli ham shuncha mustaqil bo’ladi, ular birjaga shuncha ko’p yordam ko’rsatishlari mumkin. Lekin birja rahbarlari sonini ko’p bo’lishi, unga rahbarlik qilishni murakkablashtiradi. Xar bir yaratish variantini insoniy va salbiy tomonlari ham bordir. Bularni hammasini avvaldan chamalab ko’rish kerak, o’zining aniq shart-sharoitlari bilan solishtirib eng yaxshi variantlarini tanlash lozim.
Ta’sis etuvchilar soni aniqlanib bo’lingandan so’ng, ular o’zaro ta’sis shartnomasi to’zadilar. Shartnomada birja nomi, ustav fondi, qiymati, faoliyat soxasi va yunalishlarini, birjani yaratish bo’yicha moliyaviy xarajatlarni badallarini qo’yish usullari va shakllarini, javobgarlik va shunga o’xshashlar bo’yicha xuquq va vazifalarni aniq belgilaydilar. Ta’sis xujatlarni tayyorlash, birjalarning ustav fondini aniqlash, aksiyalarga obuna bo’lish va brokerlik joylarini sotish ishlari muhim ahamiyatga egadir.
Shartnomada ishtirokchilardan biriga ta’sis hujjatlarini tayyorlash, tashkil etilayotgan birjani ro’yxatdan o’tkazish topshirildi. Shuni bilish kerakki, birja a’zolari sifatida uning tarkibiga bir vaqtning o’zida birjani ta’sis etuvchilar kiradi. Tayyorlov ishlari bo’yicha sarf-xarajatlar jamiyat yoki boshqacha qatnashchilari mablag’lari hisobiga ularni qo’shgan ulushlariga mos miqdorda avanslashtiradi. Shu asosda umumiy ishlarni olib borish uchun ishonch kog’ozi beriladi.
Birjaning ustav fondi republikamizda 50 mln. so’mdan kam bo’lmasligi kerak. Ustav fondining aniq miqdori birjaning yirikligiga va vazifalariga, uning oborotiga, ishtirokchilar soniga va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Ustav fondining eng kam miqdori xar yili narx-navo darajasining o’zgarishiga muvofiq ravishda qonunlarda belgilangan tartibda indeksasiya qilinishi, ya’ni davrlar nisbati olinishi mumkin. Birjalarni paychilar yoki aksionerlik jamiyatlari sifatida yaratilishi to’g’risidagi qarorni ta’sis konferensiyasi qabul qiladi. Konferensiya birja ustavini tasdiqlaydi: ustav fondini kamaytirish yoki oshirish to’g’risida, qaror qabul qiladi; birja tashkilotini saylaydi; yoki birjani yaratish jarayonidagi ta’sis etuvchilar bitimini ma’qullaydi; natura shaklida qo’yilgan kirimlarning qiymatini baholaydi.Ta’sis konferensiyasi, shuningdek tovar birjasidagi tovar seksiyalari turini ko’rsatadi va birja savdosi qoidalarini tasdiqlaydi.
Birja faoliyati davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini davlat ro’yxatidan o’tkazish;
lisenziyalar berish;
birja faoliyatini soliq solish yo’li bilan boshqarish;
birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Davlat tasarrufida bo’lmagan to’zilmalarning birjalari va birja qatnashchilari faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish va ularga lisenziya berish ishlariga aralashuviga yo’l qo’ymaydi.
Lisenziya olish uchun quyidagi xujjatlar tayyorlanadi:
lisenziya olish to’g’risidagi qo’llanmada qabul qilingan shakldagi ariza;
ta’sis shartnomasi;
birja ustavi va davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnoma;
birjadagi savdo qoidalari;
ustav kapitalini 50 foizdan kam bo’lmagan miqdorini o’tkazganlik haqida bank ma’lumoti;
savdoni olib borish joyidan foydalanish xuquqini tasdiqlovchi hujjat.
Birja faoliyatining asosi bu birja savdolaridir. Birja savdosining paydo bulishini ham ishlab chiqarishning, ham savdoning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan talablar bilan tushuntirish mumkin.
Birja savdosi lokal (maxalliy) bozorlar va yarmarka savdolaridan kelib chiqqan. Bozor uchun quyidagilar xosdir: Savdo muntazam ravishda o’tkaziladi (har kuni); uning asosi ochiq-oydin o’tkaziladigan savdo va oldi-sotdi obyekti hisoblangan tovarlarga hyech cheklashlarning yo’qligi hisoblanadi, savdo o’tkazilishi chog’ida tovar albatta mavjud bo’ladi, savdolar kichik- kichik partiyadagi tovarlar yuzasidan olib boriladi va ular savdodan so’ng tezda bir quldan ikkinchi qulga o’tadi, mulk egasining o’zgarishi bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirishga xojat qolmaydi, tovar bahosi talab va taklif o’rtasidagi nisbat asosida shakllanadi, tovarni xarid kiluvchi odatda uning iste’molchisi hisoblanadi, lokal bozorlar odatda kichik xududlarga xizmat ko’rsatadi.
Birja savdosi o’zida oddiy bozor savdosini hamda yarmarka savdosini mujassamlashtirgan, u sotuvchilar tomonidan aynan savdo jarayonini osonlashtirish uchun, savdoning tashkil etilgan va buning natijasida ham savdogarlarning, ham xaridorlarning manfaatlarini himoya qilishga erishiladi. Shunday kilib, birja faoliyati foyda olish maqsadida tashkil etiladigan tijorat faoliyatining mustaqil shakli bo’lib, quyidagi xususiyatlarga ega:
mahsulot ishlab chiqiladigan va iste’mol qilinadigan joylarda, ya’ni yirik sanoat va savdo markazlarida jamlanadi;
birja tovarlari deb nomlanadigan spesifik tovarlar bilan katta partiyalarda savdo qiladi;
namunadagi tovarlar mavjud bo’lmagan sharoitda ham joriy va kelajak uchun shartnomalar tuziladi;
doimiy ravishda o’tkazib turiladi, talab va taklifning, sotuvchi va xaridorlarning jamlanishini (konsetrasiya) zamon va makonda hisobga olib boradi;
savdolar oshkara o’tkaziladi, ya’ni tuzilgan shartnomalarning hajmi va bahosi haqida shakllanayotgan baholar haqida xohlagan kishi axborot olishi mumkin;
baholarning erkni shkallanishi bilan xarakterlanadi; ya’ni baholar talab va taklif o’rtasidagi nisbat asosida shakllanadi, ular doimiy emas va bozorning o’zgaruvchi kon’yukturasida tezda javob beradi;
birja savdolari ishlab chiqaruvchi va iste’molchi nomidan savdo olib boradigan birja vositachilari orqali olib boriladi;
birja savdosi jarayoniga davlatning bevosita aralashuvi mavjud bo’lmaydi;
tarixan tarkib topgan va qonun yo’li bilan mustahkamlangan qoidalar asosida savdo olib boradi.
Birja ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik faoliyatini bevosita amalga oshirishi, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning muassisi (aksiyadori) bo’lishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birja xodimlariga brokerlik o’rinlarini sotib olish, shuningdek xizmat axborotidan xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Birjada:
birja axborotnomasiga kiritilmagan tovarlarni birja savdolarida sotishga;
birja savdolari ishtirokchilarining birjadagi joriy narxlar o’zgarishi yoki qat’iy qilib qo’yilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan har qanday kelishilgan xatti-harakatlar sodir etishiga;
bozor kon’yunkturasini sun’iy ravishda o’zgartirishga sababchi bo’lishi mumkin bo’lgan yolg’on ma’lumotlarni tarqatishga;
birja a’zolari o’rtasida tuzilgan birja bitimlarini birja savdolarini o’tkazmasdan turib ro’yxatga olishga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida”gi qonuniga muvofiq birja savdolari va qoidalari bo’yicha quyidagi me’yorlar o’rnatilgan.
Birja savdolari birja tomonidan, birja savdosi qoidalariga muvofiq tashkil etiladigan birja tovarining savdosi.
Birja savdolari birjada markazlashtirilgan tarzda va ushbu savdolarda birjaning barcha a’zolariga bir vaqtda ishtirok etish imkoniyati berilgan holda o’tkaziladi. Birja savdosi qoidalarida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari;
birja bitimlari ishtirokchilarining tarkibi va ularga qo’yiladigan talablar yig’indisi;
birja savdolarini, birja bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ro’yxatga olish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi;
birja tovarlari narxini chiqarish tartibi;
tovarlarni birja savdolariga qo’yishga ijozat berish tartibi (listing);
birja bitimlari ishtirokchilari o’rtasidagi hisob-kitoblar tartibi;
birja savdosida muomalada bo’ladigan standart kontraktlar tavsifi;
agar savdo maydonchalari yoki bo’linmalari birja tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, ularning ro’yxati va nomlari;
birja savdolarini o’tkazish tartibi;
birja a’zolariga axborot xizmati ko’rsatish tartibi;
birjadagi narxni shakllantirish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
birjada nizolarni hal etish tartibi;
birja a’zolari va xodimlarining birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi to’g’risidagi qoidalar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar.
Birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi birja ustavida belgilanadi1.
Birja savdolarini tashkil etish va o’tkazishda birja bitimlarini tuzish hamda amalga oshirish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Birja tomonidan ro’yxatga olingan birja tovari xususida birja savdosining birjada qayd etilgan natijasi bo’yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi birja bitimi hisoblanadi.
Birjada ro’yxatga olingan bitimlar notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas. Birjada birja tovarlari oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan:
real tovarni o’zgaga topshirish yoki yetkazib berish yoxud tovarga mulk huquqini beruvchi hujjatlarni o’zgaga topshirish bilan bog’liq bitimlar;
forvard bitimlar real tovarni yetkazib berish muddati kechiktirilgan holdagi oldi-sotdi bitimlari;
fyuchers bitimlari tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi bitimlari (ularni kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda);
opsion bitimlar tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish kontraktlarini belgilangan narx bo’yicha kelgusida sotib olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari tuzilishi mumkin.
Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, miqdori, narxi, bitim tuzilgan sana va vaqt hamda uni tuzgan birja a’zolarining nomi bundan mustasno) oshkor qilinishi mumkin emas. Birja bitimining mazmuniga doir ma’lumot sudlarga, qo’zg’atilgan jinoyat ishi mavjud bo’lgan taqdirda esa surishtiruv va tergov organlariga taqdim etiladi.
Birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadilar. Birja a’zolari (brokerlar) mijozlarning topshirig’iga binoan, shuningdek o’z nomlaridan va o’z hisoblaridan (dilerlar) bitimlar tuzishlari mumkin. Birja a’zolari o’rtasidagi birja bitimlari birja savdolarining natijalariga ko’ra tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |