7-mavzu: Birja va vositachi korxonalarning tijorat faoliyati Reja



Download 161,84 Kb.
bet1/7
Sana11.06.2022
Hajmi161,84 Kb.
#655093
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari Birja s


7-mavzu: Birja va vositachi korxonalarning tijorat faoliyati
Reja:
7.1.Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari
7.2.Birja savdosidagi vositachilar va ularning vositachilik xizmatlari
7.3.Birja tushunchasi, birjalarning iqtisodiy funksiyalari
7.4.Birja savdolarini o’tkazish qoidalari
7.5.Yarmarka va ko’rgazmalarning tashkil etilishi

7.1. Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari


Vositachilar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga bog’liq bo’lmagan tovar (xom-ashyo, material, mashina, uskuna)larni sotishda to’lovli xizmat ko’rsatadigan shaxs, firma tashkilotlardir.
Har xil turdagi vositachilarni jalb qilishning maqsadga muvofiqligi quyidagi omillardan kelib chiqadi.
Birinchidan, vositachilar bozorni yaxshi bilishlari, savdo dunyosidan keng aloqalari tufayli tovarlarning tez sotilishini ta’minlaydilar. Buning ahamiyati kattadir, chunki kapitalning oboroti tezlashadi.
Ikkinchidan, vositachilar iste’molchilarga yaqinrok turganliklari uchun iste’molchilar (aholi) talab va ehtiyojlaridagi o’zgarishlarni ishlab chiqaruvchidan ko’ra tezroq qayd etadilar, bu ko’p hollarda xato va kamchiliklarni istisno qiladi, ishlab chiqarishda tavakkalchilikni kamaytiradi.
Uchinchidan, vositachilar yetkazib berish muddatlarini qisqartirish hisobiga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishni, tovarlarga sotuv oldi xizmatini uyushtirishni, ayrim holatlarda esa tovarlarga maromiga yetkazish bo’yicha ishlov berish hisobiga ularning sifatini oshirishni ta’minlaydilar.
To’rtinchidan, vositachilar bilan doimiy hamkorlik ko’pincha firma-ishlab chiqaruvchiga, agarda vositachi savdo ishlarini mablag’ bilan ta’minlasa va yaxshi yo’lga qo’yilgan sotuv aloqalariga ega bo’lsa, qo’shimcha daromad keltiradi. Bular tovar sotish chiqimlarini kamaytiradi.
Shunday qilib, hozirgi kunda vositachilik faoliyatining ahamiyati kattadir. U jahon savdosini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasida milliy vositachilar xizmatlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligining tashqi savdo birlashmalari, savdo va aloqani boshqa turlarining rivojlanishiga yordam beruvchi vazirlik hamda mahkamalar va ularning tashkilotlari bajaradilar. Bundan tashqari, respublikaning tashqi bozorda eksport-import ishlarini mustaqil amalga oshiruvchi tashkilot va korxonalari xorijiy sheriklar xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Vositachilik faoliyati xilma-xillik xususiyatiga ega. Shunga ko’ra vositachilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarni quyidagi turlari farqlanadi: oddiy vositachilar, ishonchli vakillar, komissionerlar, konsignatorlar, savdo agentlari, sotuvchi vositachilar (distribyuterlar). Birja, auksion va xalqaro savdolar vositachilikning alohida turi hisoblanadi.
Ayrim vositachilik turlariga izoh beramiz. Oddiy vositachilar. Oddiy vositachilik vazifasini firmalar, shaxslar va tashkilotlar bajaradilar. Bular manfaatdor sheriklar (sotuvchi va oluvchi)ni izlovchi va bir biriga tanishtiruvchi sotuvchilardir. Oddiy vositachilarni boshqalaridan farqlovchi xususiyati ularning bitimlarni to’zishda hyech qanday qo’rinishda ishtirok etmasliklaridir. Bu mijozlarning vazifasi hisoblanadi. Mustaqil yoki broker firma (kontora)lariga birikib faoliyat ko’rsatuvchi brokerlar oddiy vositachiliklarning tipik vakillari hisoblanadilar. Ular odatda tovar birjalarida faoliyat ko’rsatadilar. Brokerlik kontoralari o’z amalakatida ham, xorijda ham bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin.
Savdo vakillari. Vositachilikni bu shaklining mohiyati shundaki, unda sotuvchilar yoki xaridorlar vakolatnoma beruvchi shaxs nomidan va hisobiga bitimlar to’zish uchun vositachilarni jalb qiladilar.
Bu turdagi vositachilik xizmatlari ishonchli vakillarning bitimlarni tijorat va texnik shartlarigi vakolatlari mufassan bayon qilinadigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Vositachilikning bunday ko’rinishi G’arbiy Ovrupo mamlakatlarida va boshqa joylarda keng rivojlangan, undan xalqaro miqyosida nisbatan kam foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo tashkilotlari boshqa mamlakatlar ishonchli vakillari xizmatidan foydalanadilar.
Komissionerlar. Komissionerlik xalqaro savdoda keng rivojlangan. Komissionerlik vositachiligining mohiyati shundaki, unda komissionerga raqiblarni va ular bilan o’z nomidan kontraktlar imzolash (faqat sotuvchi hisobiga) huquqlarni beriladi.
Komissionerlik vositachiligi komissionerlarning bitimlar shartlariga oid vakolatlari aks ettirilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi. Shartnomaga ko’ra ular o’z vakolatlarini oshirishlari tufayli sodir bo’lgan zararlar uchun moddiy javobgar bo’ladilar.
Savdo agentlari. Asosiy vositachiligining farqlovchi xususiyati vakillik va oddiy vositachilik vazifalarining bir vaqtda bajarilishidir. Savdo agenti vazifasini bajaruvchi firma, shaxs va tashkilotlar eksport va import qiluvchilar nomidan shartnoma asosida ish yuritadilar yoki bitimlar to’zadilar, ya’ni sotuvchilar va xaridorlar vakillari vazifasini bajaradilar.
Savdo agentlarining faoliyati, odatda majburiyatlar va ish shartlarini nazarda tutuvchi agentlik bitimlariga asoslanadi.
Sotuvchi vositachilar (distribyuterlar). Distribyuterlar boshqa vositachilardan farq qilib, sotuvchilar va xaridorlar bilan shartnomalar to’zib, keng doiradagi vazifalarni bajarib o’z nomi va hisobidan tovarlarni qayta sotish bilan shug’ullanadi. Masalan, tovarlarning bo’zilishi va yo’qotishi, xaridorlar bergan kreditlar bo’yicha barcha tavakkallarni o’z zimmasiga oladi.
U tovarni sotish baholari va shartlarini belgilashi mumkin. Distribyuterlar tovarlarni reklama qilish bilan shug’ullanadilar, tovarlarga sotishdan oldingi xizmat ko’rsatish va uni maromiga yetkazishni amalga oshiradilar, mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishni ta’minlaydilar, hududlarda sotish tarmog’ini tashkil etadilar.
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo tashkilotlari tijorat ishida ko’pchilik xorijiy mamlakatlar distribyuterlari xizmatidan foydalanadi.
Vositachilar faoliyatining mazmuni va xarakteri ko’p jihatdan ular bajarayotgan vazifalar va ularning huquqiy holatiga bog’liq bo’ladi.
Sotuvchilar va vositachilar munosabati shartnoma va ulardan kelib chiquvchi huquqlar asosida tashkil etiladi.
Shartnomalarning quyidagi turlari farqlanadi:

  • shartnoma komissiyalar, bularning shartlariga ko’ra vositachi o’z nomidan ammo eksport-import qiluvchi hisobiga xorijiy firma bilan shartnomalar to’zib, komission taqdirlar soni;

  • shartnomalar yetkazib berishlar, bunda vositachiga tovarni o’z nomidan va o’z hisobiga sotib olish, ishlardan ajratmalar olish huquqiga ega bo’ladi;

  • shartnoma-topshiriq, vositachiga o’z nomidan va eksport yoki import qiluvchi hisobiga tegishli taqdirlash evaziga kontraktlar to’zish huquqini beradi;

  • oddiy va agentlik vositachilik bitimlari.

Tegishli shartnoma shartlari asosida mutlaq bo’lmagan va mutlaq (monopol) sotish huquqi, shunindek sotishda afzallik huquqi (birinchi qo’l huquqi) farqlanadi.
Mutlaq bo’lmagan huquq vositachilarga ma’lum nomenklaturadagi tovarlarni shartnomada belgilangan muddat davomida aytib o’tilgan hududlarda sotishlariga imkon beradi. Bu huquq eksport qiluvchilar yangi bozorga chiqqanlarida qo’llanadi va samarali faoliyat ko’rsatuvchi va istiqbolli sherik (xaridor)ni tanlashni maqsad qilib oladi.
Vositachining mutlaq huquqi eksport qiluvchiga bitimda kelishilgan ro’yxat bo’yicha tovarlarni mazkur hududlarda mustaqil yoki vositachilar orqali sotishni man etadi. Bu huquqqa ko’ra vositachi bozordagi monopolist hisoblanadi. Bu uni faoliyat ko’rsatishga, sotuv tarmog’ini rivojlantirish va shu kabilarga rag’batlantiradi.
Vositachining mutlaq huquqi eksport qiluvchi uchun ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomoni shundaki, mutlaq huquqining vositachiga berilishi uni bozorni egallash tashvishidan xalos etadi. Salbiy tomoni – qandaydir sabablarga ko’ra vositachining qiziqishlari so’nsa, bozorni to’sib qo’yilishi (blokirovka qilinishi) mumkin. Bunday holatlarning ro’y bermasligi uchun shartnomaga kafolatlar kiritiladi, tovarlarni sotish hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish, sotishning nazorat miqdorlari bajarilmagan holda muddatidan oldin bekor qilish va shu kabilar nazarda tutiladi.
Sotishdagi afzallik huquqi. Bu huquqqa ko’ra vositachi sotish buyurtmasini birinchi bo’lib oladi. Vositachilarning tovarlarni sotishga aloqalar faoliyatlari ma’lum sarflarni talab qiladi, jumladan:

  • ma’muriy chiqimlar, bunga bino, uskuna, avtotransportni saqlash xarajatlari ham kiritiladi;

  • bojxona va transport xarajatlari;

  • reklama xarajatlari;

  • soliqlar va boshqa to’lovlar.

Jahon amaliyotida vositachilar xizmatini taqdirlashning olti usulidan foydalaniladi.
1. Eksport qiluvchi narxlari va tovarlarni sotish narxlari o’rtasidagi farq tarzida haq to’lash.
2. Vositachi foydasiga eksport baholaridan foizlar hisoblab o’tkazish.
3. Aralash shakl (I va II).
4. Belgilangan taqdirlash. Vositachi alohida xizmatlar (reklama, bozorni tadqiq qilish va maslahat berish va boshqalar)ni bajarganda qo’llanadi.
5.«Cost +» tizimi bo’yicha rag’batlantirish – kelishilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bo’yicha haq to’lash, kelishilgan summaga oshirilgan (ish, xizmatlar summasidan foizlar). Bu nazarda tutilayotgan sarflar summasini oldindan aniqlash qiyin hollarda qo’llanadi.
6.Xizmat, majburiyatlarni yaxshi bajarganlik, tashabbusga tadbirkorlik uchun qo’shimcha to’lovlar.
Vositachilar bilan ularning xizmatlari uchun hisob-kitobni ikki usulida foydalaniladi, birinchisi – tovarlar uchun eksport qiluvchilar to’lovlari summasidan ushlab qolish, ikkinchisi sotilgan tovarlar uchun to’lovlardan sotuvchilarga moddiy taqdirlar o’tkazish.
O’zbekiston Respublikasida kooperasiyaning rivojlanish vositachilik faoliyatining tiklanishiga turtki bo’ladi. Ishlab chiqarish sohasida kooperativlar tarmog’ining jo’shqin rivojlanishi xom ashyo, material va uskunalar, shunindek tovarlar, mahsulotlarni xarid qilish sohasidagi xizmatlarning kengaytirilishini taqozo etdi.
Vositachilikni yanada rivojlantirish yo’lidagi ichki rag’bat faoliyati davlat moddiy resurslari bilan ta’minlanmaydigan kichik korxonalar va xo’jalikni yuritishning boshqa yangi shakllarini tashkil etilishi bo’ldi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi vositachilik o’z rivojida ikki davrni bosib o’tdi.
Birinchi davr bu faoliyatdagi demokratiyalashuv boshlanishidan oldin o’tgan bo’lib, rasmiy tusda bo’lgan, chunki tashqi savdo markazlashgan holda amalga oshirilgan. Eksport mahsulot ishlab chiqaruvchilar unda deyarli qatnashmaganlar. Bu davrda vositachilik vazifasini vazirlik va mahkamalar bajarganlar.
Ikkinchi davr – korxona va tashkilotlarning tashqi bozorga mustaqil chiqishi bo’lib, bu jarayonda vositachilik xizmati bilan shug’ullanadigan ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’la boshladi.
Bozor iqtisodiyotini tashkil etilishi bilan vositachilik faoliyatining yangi shakl va turlari rivoj topdi, jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatda vositachilik bilan birjalar, ayrim jismoiy shaxslar shug’ullana boshladi.
Vositachilik xizmatlarining rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadlarida uning yuridik asoslarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun amaldagi ruxsat olish tartibini ro’yxatga olish tartibi bilan almashtirish, boshqa to’siqlarga barham berish lozim bo’ladi.
MDH mamlakatlarida vositachilik faoliyatini rivojlantirishni jadallashtirishni talab etuvchi obyektiv sabablar quyidagilardir:
a) bozor munosabatlariga o’tish, bu jarayonda sanoat mahsulotlari va tovarlarni fondlash va taqsimlash bilan erkin savdo shug’ullanadi;
b) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bu mahsulotni sotishning yangi shakl hamda kanallaridan foydalanishni taqozo etadi;
s) muomala sohasiga bozor sharoitidagi ish tajribasiga ega bo’lmagan, undagi qoidalardan bexabar tadbirkorlar armiyasining jalb qilinishidir.
Hozirgi kunda MDH respublikalarida vositachilikning yorqin ifodalangan uchta shakli ko’zga tashlanadi. Birinchisi an’anaviy – bu hozircha saqlanib qolgan harbiy sanoat kompleksi, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan korxonalar (aviasiya, flot, temir yo’l, aloqa tizimi, maorif, tibbiy va kommunal xizmat va boshqalar)ni ish bilan ta’minlaydigan davlat ta’minot-sotish tashkilotlaridir. Ikkinchisi – brokerlik kontoralari tarmog’ini qamrab oluvchi birja savdosi tizimi. Uchinchisi – vositachi korxona va tashkilotlar. Bunga vositachilik xizmatlarining ayrim turlarini ko’rsatuvchi ixtisoslashgan tashkilotlar ham, masalan, savdo-sanoat palatasi tashkilotlari va xo’jalik yuritishning yangi keng rivoj topgan tashkiliy shakllari: uyushmalar, kichik korxonalar ham kiradi.
Aytib o’tilgan shakllarning barchasi yaqin istiqbolda saqlanib qolsa kerak. Ammo bu shakllarda ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishini ham kutish mumkin.
Xizmat ko’rsatish sohasining keng xususiylashtirilishi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra fikr yuritadigan bo’lsak, ta’minot-vositachilik vazifalarini bajaruvchi ulgurji omborlar tarmog’ini tashkil etuvchi uyushma, birlashmalarning tarkib topishiga olib keladi. Masalan, do’kon yoki nonvoyxona egasiga unni birjaga borib xarid qilgandan ko’ra vositachidan olishi qulayroqdir. Buning ustiga vositachi kerakli hajmdagi unni yetkazib berishni zimmasiga olishi mumkin.
Birjalar raqobati, uning belgilari ko’zga tashlanmoqda tabiiyki, ularni yashash yo’llarini izlashga majbur qiladi. Birja savdosida qanday o’zgarishlarni kutish mumkin? Raqobat natijasida birjalar soni kamayadi, birjalar uyushmasi tarkib topadi, bu hozor sodir bo’lmoqda. Brokerlik kontoralari soni kamayadi.
Birja tashkilotlari sonining kamayishi ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi bevosita aloqalarning rivojlanishi ta’sirida ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari, tashkilot ishlab chiqaruvchilar o’z savdo agentliklari tarmog’ini rivojlantirishlari ham mumkin. Bu o’rinda xorijiy mamlakatlarning yirik kompaniyalari vositachilar xizmatidan foydalanishni istisno qiluvchi o’z ta’minot sotish kanallari tarmog’iga ega bo’lishini ma’qul ko’rishlarini aytish mumkin, bu ma’lum foyda keltiradi, bozorning joriy ahvolidan nisbatan mustaqil bo’lish imkonini beradi.
Xususiy vositachilar – jismoiy shaxslar va yashirin birja vositachilik faoliyati unsurlarning taqdiri qanday? Yaqin orada ularning yo’q bo’lib ketishiga umid qilmasa ham bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlar (AQSh, Yaponiya, Polsha va boshqalar) tajribasi dalolat berishicha, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida odatda chayqovchilik va yashirin bitimlar avjiga chiqadi. Bu sodir bo’lishi muqarrar ko’ngilsizlikdir. Hozir biz buning guvohi bo’lib turibmiz. U bozor munosabatlari qaror topgan, ishlab chiqarish barqarorlashgan, tadbirkorlikning boshqa turlari bilan shug’ullanish foydaliroq bo’lgan hollarda yo’q bo’ladi.



Download 161,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish