4.Vatanimiz tarixini o‘rganishda arxiv materiallarining ahamiyati.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovardir. SHuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv hujjatlarining o‘rni juda muhim.
Arxiv – lotincha “arxivus” – hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butunlay boshqacha. Arxiv – bu idoralar, korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlarining ahamiyati kattadir.
Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi rahbaryati arxiv hujjatlarini har tomonlama o‘rganib, tarix inson va jamiyat darslarida foydalanish va yoshlarni shu yo‘l bilan har tomonlama etuk, aqlan rivojlangan qilib tar biyalash vazifasini yuklamoqda.
Yozuvning vujudga kelishi doimiy ravishda arxiv ishining takomillashib borishiga sabab bo‘ladi. Mutaxasislarning fikricha Yozuvning paydo bulishida xukumron doirada va mahalliy jamiyatda axborotlarga ega bo‘lish, uni etkazish yoki boshlang‘ich holatini tiklash ehtiyojlarining ortib borishi sabab bo‘lgan. Yozuv paydo bo‘lmasdan oldin davlatlar o‘rtasidagi muloqotlar og‘zaki tarizda olib borilgan. Hukumdorlarning xabarlari maxsus choparlar (elchi) tomonidan og‘zaki usulda etkazilgan. Buning natijasida choparlar tomonidan ortiqcha yoki ayrim so‘zlarning unutib qoldirish xollari ko‘p uchrab turgan. Buning natijasida axborot va xabarlarning to‘liq xaqqoniy etkazishning imkoniyatlari cheklangan. Bunday axborot almashunuvlar tomonlarning bir-birini o‘zaro to‘laqonli tushunmasliklarini keltirib chiqargan. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi Yozuvlardan biri oromiy Yozuvi hisoblanib bu Yozuv Ahamoniylar davrida keng tarqalganini ko‘rishimiz mumkin.
Malumotlarga ko‘ra O‘rta Osiyo xududida mil.avv. III asrdan boshlab uch xil Yozuv tarqalganligi takidlangan 1.Oromiy yoozuvi, 2. Grek grafikasidagi Yozuvlar (turk va grek-baqtirya ), 3.Hind Yozuvlari (Kxoroshtxi braxmi). XX asrning 90 yillariga qadar O‘rta Osiyo davlatlaridagi ish yuritish va arxiv ishi haqida malumotlarning kamligi uchun juda kam malumotlarga ega edik. Mustaqillik yillarida Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Parfiya va Xorazimda hujjatshunoslik va ish yuritish mavjud bulganligi aniqlandi. SHuningdek, SHimoliy Afg‘onistondan, Janubiy Baqtiryadan Baqtirya Yozuviga asoslangan 100 dan ortiq xujjatlar topildi. Topilgan hujjatlar orasida shartnomalar, savdo-sotiq ijara, qullikdan ozod qiluvchi xujjatlar mavjud xamda Kushonlar imperyasiga oid turli xildagi malumotlar bayon qilingan.
Malumotlarga o‘ura bu xujjatlar mil.avv. 342, milodiy 81 yillarga tegishli bo‘lgan. 1948-49 yilng YAngi Nisodan Parfiyaliklarga tegishli sopolga bitilgan Yozuvlar topilgan (Mill.avv II asr) Nisodan topilgan sopoldagi Yozuvlar qimmatli manba hisoblanib Parfiya davlatining butun xronologik davrini yoritib beradi.
Bizga malumki Xorazim hududidan ham qadimgi Yozuv namunalari topilgan. Mill.avv. IV asrning oxirida Xorazim Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritiladi va oromiy Yozuvi bu erda rasmiy Yozuv sifatida joriy qilinadi. Ahamoniylar imperyasi qulagach mil.avv. III asrning boshlarida oromiy xati asosida Xorazim Yozuvi paydo bo‘ladi. S.P.Tolistov tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Tuproqqaladan sopol bitiklarga bitilgan Yozuvlar topildi. Tuproqqaladan 140 ta Yozuv namunasi topilgan bo‘lib, shundan 122 tasi qora tush bilan teriga Yozilgan 18 tasi esa taxtachalarga bitilgan. Malumotlarga ko‘ra yog‘ochdagi Yozuvlarni uch guruxga bulish mumkin.
Birinchisida ozod va uy qullari haqidagi malumotlar berilgan bo‘lib, uning azolari katta oilalarga taalluqligi uy ro‘yxatiga kiritilgan.
Ikkinchi gruh taxtachalarga Yozilgan malumotlar xo‘jalikka oid Yozuv bo‘lib, uning 4 tasi uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarda g‘ildirak va aravalarga Yozilgan
Uchunchi guruhda ettita tayoqcha bo‘li, ularda mulk egaliklarining isimlari Yozilgan.
O‘rta Osiyoni arablar bosib olgandan so‘ng arab Yozuviga o‘tildi. Arab xalifaligida davlat g‘aznasiga oid hujjatlar shuningdek, diniy ahamiyatdagi va qozilik hujjatlarini saqlaydigan bino vazifasini masjidlar bajargan. O‘z o‘rnida malum bir boshqaruv tizimidagi devonlar vujudga kelishi bilan ular faoliyatiga oid hujjatlar xam to‘plana borgan. Masalan, devoni al-borid (pochta xizmati) devoni xalifalik vaqtida xukumat hujjatlarini choporlar orqali belgilangan manzilga etkazishi bilan shug‘ullangan. Bunday faoliyat natijasida poytaxtdan viloyatlarga, viloyatlardan poytaxtga jo‘natilgan hujjatlarning nusxalari, shuningdek, soliq va soliqqa oid qog‘ozlar devonda to‘planib borilgan. Abbosiylar davrida devonlar boshqaruvi mukamal darajaga etganligi kuzatiladi. Hujjatlar asosan pergament va papiruslarga Yozilgan bazi hollarda Xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
IX asrning oxiri XI asrlarda O‘rta Osiyoda mahalliy Tohariylar, Somoniylar, Xorazimshohlar va Qoraxoniylar davlatida rasmiy til arab tili o‘rnida fors va turk tillaridan foydalanilgan. O‘rta asrlardagi kutubxona va arxivlarda elchilar, sayoxatchilar va boshqalar tomonidan Yozib qoldirilgan malumotlar saqlangan.
Amir Temur davrida ham saroy tarixchilari mavjud bo‘lgan. Ular voqealar va xabarlar yilnomasini tuzishgan. Hujjat va qulYozmalarning ko‘pchillik qismi saroy qoshidagi kutubxonalarda saqlangan. Amir Temur kutubxonasida istilochilik yillarida to‘plangan juda ko‘p nodir kitob va qulYozmalar kam saqlangan. Malumotlarga ko‘ra Temurning onasi Kesh shahrida kutubxona tashkil qilgan. Keyinchalik Samarqandga ko‘chirilgan. Kutubxona maxsus binoda joylashgan bo‘lib, unda qulYozma va hujjatlar sandiq va shkaflarda saqlangan.
1931 yilda Buxoro arxivi erto‘lasidan “qushbegi arxivi” topilgan. Buxoro muziye xodimi M.Hakimov arxiv hujjatlarini quyidagi guruhlarga ajratgan. Moliyaviy masalalarga oid xujjatlar, Buxoro amirligi va Rossiya hukumati o‘rtasidagi Yozishmalar, Amir xaziynasidan xarajatlar uchun hujjatlar, Xorijiy davlatlar bilan diplamatik aloqalarga oid hujjatlar, Buxoro amirligidagi er-suv munosabatlariga taluqli hujjatlar, Turli xil Yozishmalarga oid hujjatlar.
1930 – yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi yodgorlik xarobalaridan Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80 dan ortiq qo‘lYozma hujjatlari topildi. Bizga tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX-X asrlarda Abu Ali ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bo‘lgan. O‘rta Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida keyinchalik, Oltin O‘rdada, Temuriylar, Ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi o‘zbek xalqining hujjatli madaniyat D.A yodgorliklari saqlanadigan yirik arxiv xazinasidir. Bu erda saqlanayotgan eng qadimgihujjatlar vaqfnomalar bo‘lib, ular XIII-XIX asrlarga oiddir.
Xonliklarning XIX asrgacha bo‘lgan hujjatlari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. Ular o‘zoro feodal urushlari, vayronagarchiliklar natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi qisman saqlangan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan. O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. CHorizm bu xonliklarni bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peteburgga-imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar 1930-yilning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay keldi. Keyin Qo‘qon, Xiva arxivlari ekanligi aniqlanib, keng foydalanila boshlandi.
Qo‘qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda “Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka” nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1962 yilda bu xujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy Davlat Arxiviga olib kelingan. Xiva xonlari arxivi hujjatlarini birinchi bo‘lib 1939 yildaolim P.P. Ivanov o‘rganib chiqib, ular to‘g‘risida xabar beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Davlat Arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston geniral – gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O‘zbekistonning oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr, sobiq ittifoq davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Unda bir milliondan ortiq yig‘ma jildlar bor bo‘lib, u O‘rta Osiyodagi eng katta arxiv hisoblanadi.
Arxiv hujjatlari Yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Og‘zaki tarixiy xujjatlar har xil texnika vositalari bilan Yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylarga, sohalarga ajratilgan va xronologik sanalarga ajratilgan. O‘zRMDA da XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha bo‘lgan juda ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general – gubernatorligiga qarashli, hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va qisman Qozog‘iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uezdlar, volostlar, muassasa korxona va tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar ushbu markaziy arxivda mujassamlashgan.
O‘zRMDA hujjatlarida Turkistondagi chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, rus xalqi bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan o‘zbek xalqining madaniy aloqalari, chor burjua apparati olib borgan siyosat to‘g‘risidagi boy materiallar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur o‘rganishda bebaho durdona bo‘lib xizmat qiladi. Arxivda Turkiston o‘lkaidagi chor hukumatining ma’muriy tashkilotlari faoliyatlariga oid bo‘lib, unda mahalliy aholining ayanchli ahvoli, chorizmning shfvqatsiz zulmi, chorizm amaldorlarining hatti- harakatlari va ularga qarshi xalqning kurashi o‘z aksini topgan.
O‘rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlar deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Ayrim jarayondagi harbiy tuqnashuvlar davomida yo‘q qilib yuborilgan. Akademik V.V. Bartoldning so‘zlariga qaraganda, bosib olgan joylardan xonliklarning kutubxonalari va arxiv hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday chora-tadbir ko‘rilmagan, umuman ular O‘rta Osiyo xonliklarining madaniyati va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga ahamiyat bermaganlar.
Umuman, 1917 yilgacha arxiv ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Undan keyin saqlanib qolgan hujjat esa O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivining maxsus bo‘limlarida talab darajasida saqlanmagan.
1917 yilgi oktabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotlarning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan va markazlashmagan edi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtanom respublika sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. SHuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta kurish va markazlashtirish to‘g‘risida” dekret qabul qilindi. Bu dekretda asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi.
1919-yil 15 noyabrda Turkiston Respublikasi Maorif xalq komissarligi qaroriga binoan arxiv ishlari Markaziy Bosh boshqarmasi tuzildi va V.N.Kucherboev boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.
Davlat arxiv bo‘limi 8 ta setsiya va 4ta bo‘limdan iborat edi.
bo‘lim – ma’muriy –diplomatik (yuridik seksiyalarini birlashtiradi).
bo‘lim – harbiy seksiya
bo‘lim – maorif va iqtisodiyot
bo‘lim – tarixiy – inqilobiy, sharq va matbuot seksiyalari.
Davlat arxiv jamg‘armasiga faqat 1917 yildan oldingi arxiv xujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv xujjatlari ham to‘plana boshlandi. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin Davlat arxiviga topshirilishi belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrdan kuchga kirdi. Joylarda viloyat arxiv jamg‘armalari tashkil qilindi. Masalan, 1920 yil martda Farg‘onada, 1920 yil iyunda – Samarqandda, shu yilning noyabrida – Ettisuvda, 1921 yil martda Zakaspiyda ana shunday arxiv jamg‘armalari tashkil etildi.
Ma’lumki, 1924 yili O‘rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy davlat chegaralanishi o‘tkaziladi. Natijada RSFSR, O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari, Tojikiston ASSR (O‘zR tarkibida), Qozog‘iston ASSR va Qirg‘iziston avtanom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zRning o‘z arxiv tashlilotlari vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |