7-mavzu: Adabiy nutq va uning uslublari Reja: Adabiy til me’yorining shakllanishi va rivojlanishi. Leksik va talaffuz me’yorlarining o‘ziga xos tomonlari



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#396154
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu.



7-MAVZU:ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI

REJA:


1. ADABIY TIL ME’YORINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI.

2. LEKSIK VA TALAFFUZ ME’YORLARINING O‘ZIGA XOS 

TOMONLARI.



Таянч иборалар:

меъёр, адабий тил, шева, сўз ясалиши, грамматика, реклама, лаҳжа, лексика, хусусий меъёр.



“Juda boy, nihoyatda chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u, holat yo‘q...

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni

buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?”

Abdulla Qahhor


1. Adabiy til me’yorining shakllanishi va rivojlanishi.

Adabiy tilning tirik tirgagi adabiy me’yorlardir, chunki ularsiz adabiy til tushunchasi mohiyatini yo‘qotadi. Bu

me’yorlar kishilar nutqiy axloqining boshqaruvchisi, so‘zlov

chisi

sifatida xizmat qiladi. Ayni me’yorlar bu tildan

foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy bo‘lganligidan so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashuv

jarayonida til belgilarining to‘g‘ri, adekvat, bir xil anglanishini ta’minlaydi (albatta, bunda boshqa vositalar ham

ishtirok etadi).

Adabiy me’yorlar anchayin barqaror hodisadir, aks holda nutqiy aloqa qiyinlashishi tabiiy. Aytaylik, bugun bu shakl

me’yor, ertaga boshqa shakl me’yor bo‘lsa, kishilarning bir-birlarini anglashlari mushkullashadi. Masalan, muayyan

so‘z mavjud bir narsaga nisbat berib yasalgan va bu so‘z adabiy me’yorga kirgan, ammo vaqtlar o‘tishi bilan bu

narsa o‘rnini boshqa narsa egallaydi. Buni

otlanmoq

so‘zi misolida ko‘rish mumkin. Iste’dodli yozuvchi Orif

Farmonov "Tadqiqotlar va kashfiyotlar" hajviyasida ayni holatni juda chiroyli tavsiflab kulgi chiqargan:

"...Taraqqiyot shunchalik tezlashib ketdiki, sal bo‘shashsang, yo modadan orqada qolasan, yo avtobusdan. Hatto

so‘z tug‘ilish sur’ati ham bu taraqqiyot oldi juda imillayapti. Masalan, qadimda

Yo‘lga otlandi

degan gap bor edi.

Hozir otlar o‘rnini texnika egallab oldi. Lekin

Yo‘lga otlandi

gapi hamon tilimizda.



Yo‘lga otlangan

odam esa


yallayib mashinada o‘tirgan bo‘ladi. Demak,

Yo‘l mashinalandi

degan gap tug‘ilishi kerak edi-da."



Otlanmoq

tilimizda barqaror leksik me’yor sifatida yashamokda, uning dastlabki ma’nosi, ya’ni "otga minmoq" bugun

xiralashgan.



Adabiy

til me’yorlarini tartibga solish, mustahkamlash, o‘zgarish va taraqqiyot tamoyillarini belgilash

maqsadida davlat, ilmiy-adabiy jamoatchilik, umuman, jamiyat til me’yorlariga oqilona ta’sir etib boradi. Zero,

adabiy me’yorning mohiyati



tildagi

u yoki bu qo‘llanishning shu til jamoasi tomonidan maqbul ko‘rilishi, nufuzli

adiblar asarlarida keng yoyilishi, jamiyat hayotining ayni davrida nutqiy urfga kirishidan iborat. Jamiyatdagi

muayyan katta-kichik o‘zgarishlar tilda aks etar ekan, adabiy me’yorlarda kam o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu

holatlarda maqbul variant

— adabiy

me’yor yuzasidan tegishli davlat idoralari, jamoatchilik komissiyalari,

tilshunoslar, yozuvchilar va boshqa kishilar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Masalan, o‘tgan asrning 90-

yillarida bir muddat iste’molga kirgan



ilmgoh, bilimgoh, tahrilgoh

kabi so‘zlar ana shunday tavsiyalar asosida

adabiy me’yordan chiqarilib, uning o‘rniga

institut

so‘zi me’yorlashtirildi.

Adabiy til me’yorlarining mustahkamlanishida, jamiyat a’zolarining unga doimiy amal qilishlarini targ‘ib etishda 

maktab, litsey-kollejlar, oliy maktab, badiiy adabiyot, televidenie, radio, gazeta va jurnallarning alohida o‘rni bor





Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish