Uyushtirilmagan
Maxsus yoki ishlayotgan yo’nalish bo’lib, ayrim turistlar o’zi
borishi mumkin. Bu yo’nalishlar turoperator va turagentlar tomonidan sotilmasdan,
turistlarning o’zi borib turmahsulotni joyida sotib olishi jarayonida paydo bo’ladi.
O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish istiqbollari
Ma’lumki, bundan 15-20 yillar avvallari turistik ob’ektlarning asosiy qismi
shahar joylarida va qisman shahar atroflarida hududlarda turistlarni qabul qilishi va
xizmat ko’rsatish imkoniyatlari mavjud bo’lgan bulsa, bugungi kunga kelib qishloq
joylaridagi turistik ob’ektlar ham xalqaro marshrutlarga kirib borishi qishloq
turizmini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo’ldi,
desak mubolag’a bo’lmaydi. Geografik tadqiqotlarda aholi manzilgohlaridan biri
hisoblangan shaharlar keng ko’lamli o’rganilgan. Ammo
qishloq joylari turistik
jihatdan nisbatan kam o’rganilgan. Binobarin, qishloq joylari ham murakkab
ijtimoiy kategoriyalardan hisoblanadi. Geografiya fanlari tizimida qishloq joylar –
bu kompleks tadqiqot ob’ektlaridan biridir. Boshqa soha vakillaridan farqli,
o’laroq, geograflar, eng avvalo qishloq joylarni, ularning komponentlarini (tabiati,
rekreatsiya va turistik ob’ektlari, aholisi, xo’jalik tarmoqlari) alohida olingan
holda, hamda bir butunlikda, ya’ni majmuali tarzda
rivojlanishining hududiy
qonuniyatlarini o’rganishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Qishloq joylar katta-katta
maydonlarni, muayyan tabiiy shart-sharoit, go’zal manzara, ekzotik makon va
boshqa salohiyati, aholi, uning joylashuv tizimi va ijtimoiy tuzilmalarini hamda
ishlab chiqarish salohiyatini o’zida mujassamlashtirgan hududlar yig’indisidan
iboratdir.
Hozirgi davrda
qishloq joylar bir butun, kompleks tarzda o’rganilgan
tadqiqotlarni yetarli deb bo’lmaydi, ammo iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va
turdosh fanlar doirasida uning komponentlari (turli darajada va aspektlarda) tadqiq
etilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq joylarni (xuddi
shahar joylari kabi) har tomonlama o’rganishning zarurligi ko’pchilik geograflar
mutaxassislar
(A.Soliev,
M.Nazarov,
Z.Tojieva,
A.Sattorov)
tomonidan
ta’kidlangan.
Qishloq joylar-bu shaharlardan tashqaridagi aholi yashaydigan barcha
joylardir (Kovalev, 1980). Qishloq joylarga berilgan bunday qisqa va lo’nda
ta’rifni V.A.Maksimov (1992) yanada rivojlantirgani holda, uni tabiiy sharoit va
resurslar, qishloq aholisi va uning o’ziga
xos turmush tarzi, odamlar mehnati
natijasi-turli-tuman asosiy fondlar, qishloq aholisining ishlab chiqarish faoliyati
kabilar bilan boyitdi.
Qishloq joylarni geografik tadqiq etishning metodologik muammolaridan biri-
uni o’rganishdagi turli yo’nalishlarni o’zaro nisbati va bog’liqligidir. So’nggi
yillarda qishloq joylarni sotsial-geografik jihatdan tadqiq etish ishlari
kuchaymoqda. Ularni asosiy mazmuni esa qishloq joylarning barcha qirralarini
aholi va uning turmush sharoitlari va faoliyati
nuqtai-nazaridan baholashga
qaratilgan. Qishloq joylarning barcha elementlarini bir xilda o’rganilgan deb
bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligidan tashqari moddiy ishlab chiqarishning boshqa
elementlari, va shuningdek xizmat ko’rsatish sohalari, qishloq turizmi, agroturizm
kabi sohalar yaxshi o’rganilmagan. Qishloq joylar aholisining o’ziga xos turmush
sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlari qishloq turizmini
hududiy tashkil etish nuqtai nazaridan o’rganish katta ahamiyatga ega deb,
hisoblaymiz.
O’zbekistonga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarning
mamlakatimizda
sayohat qilish vaqtini uzaytirish, mahalliy turistlar uchun dam olishning yangi
turlarini tatbiq etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan
agroturizmni rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda.
2018 yil uchun davlat dasturining 104-punkti - Faol tadbirkorlik, innovatsion
g’oyalar va texnologiyalar ijrosi maqsadida 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Agroturizmni rivojlantirish dasturi" tasdiqlandi.
Agroturizm Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gresiya va Fransiyada
yaxshi rivojlangan. Bu mamlakatlarga borgan sayyohlar
muayyan vaqt davomida
qishloq joylarda yashab, mahalliy xalq madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bilan
tanishishadi, an’anaviy qishloq xo’jalik ishlarida ishtirok etishadi. Masalan, Buyuk
Britaniyada fermerlarning 60 foizi turizm sohasidan tizimli ravishda daromad
olishni yo’lga qo’yishgan, o’rtacha yillik daromad 10-50 ming AQSh dollarini
tashkil qiladi.
Qishloq turizmi uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va rivojlantirish istiqbollari.
Bugungi kunda qishloq turizmi turizmning yangi va istiqbolli yo’nalishlaridan biri
hisoblanib, mamlakat ichki va xalqaro turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga
ega bo’lgan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qishloq
hududlarini barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, qishloq
joylarida infratuzilmalar
faoliyatini rivojlantirishda, qishloq aholisi turmush
darajasini oshirishda, mahalliy aholi daromadini o’stirishda, yangi ish o’rinlarini
yaratishda, madaniy urf-odatlar va milliy an’analarni qayta tiklashda, shuningdek,
atrof-muhitni himoya qilishda qishloq turizmi muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: