Teleskoplarning o‘rnatilishi (montirovkasi). Ma'lum tanlangan obyektga teleskoplarni yo‘naltirish, sutkali harakatdagi bu obyektni kuzatish va rasmga olish murakkab texnik vazifalardah hisoblanadi. Bunday murakkab jarayonni bajarish uchun teleskoplar maxsus qurilma ko‘rinishida montirovka qilinadi. Teleskoplar qurilganda odatda ikki - o‘zaro perpendikulyar o‘q atrofida erkin aylanadigan qilib o‘rnatiladi. Bu o‘qlar qanday fazoviy yo‘nalishlarda o‘rnatilishiga ko‘ra, teleskoplar qurilishi ikki xil - azimutal va ekvatorial (yoki parallaktik) qurilma deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |