Marshrutda ishlash grafiklari.
Ma’lum vaqt yoki butun smena davomida transport vositalari aniqishlashi uchun marshrutda ishlash grafigi tuziladi. Buning uchun avtomobillarning yeng qulay yurish marshruti aniqlanadi, transport vositalari samarali ishlashini va marshrutishini tashkil yetishni nazarda tutib yuk tashish uchun zarur bo’lgan vaqt hisoblab chiqiladi.
Grafikni tuzishda harakat tezligi me’yori, orti-tushirish ishlarida bo’lish, agar zaruratga ko’ra yo’llarda to’xtalsa, unga sarflanuvchi vaqtlar hisobga olinishi kerak. Puxta ishlab chiqilgan grafiklar yuklarni tez va o’z vaqtida yetkazib berish, transport vositalariishining ma’lum ritmda bo’lishi va mijozlardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Eng asosiysi, transport jarayonidagi barcha qatnashchilar (transport xodimlari, orti-tushirish punktlari ishchilari va mijozlar)ning intizomli bo’lishini ta’minlaydi.
SHahar sharoitlarida yuk avtomobillarining harakat grafigini tuzish ancha murakkab, chunki ko’pincha orti-tushirish punktlari bir va ikki smena davomida bir yoki bir necha qatnovlarnigina amalga oshiradi. Odatda, aksariyat mijozlar uchun yuk tashish grafiklari oldindan ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. Bunday grafiklarning tashkiliy-tezkor ahamiyati katta.
Aniq ishlab chiqilgan harakat garfigi avtomobillarning yuk oqimi o’zgarmas tashishlarda ortish-tushirish punktlararo qatnov jadvali tuzish uchun asos bo’ladi. Grafikka nisbatan jadvalning farqi shundaki, jadvalda har bir transport vositasining aniq harakat vaqtlari ko’rsatilgan bo’ladi. Ayni marshrutda ishlovchi keyingi avtomobillar uchun ish grafigi, undan oldingisiday bo’lib, faqat boshlanish vaqti avtomobillarni ishga chiqarish interval miqdorida suriladi.
Haydovchilarning ish rejimlari
Haydovchining ish vaqtiuning avtomobilni boshqarish, ishga chiqishga tayyorgarlik ko’rish va ish nihoyasidagi operatsiyalarga sarf qilingan (avtomobilni qabul yetish va topshirish, yonilg’i quyish, xujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa), sog’liqni tibbiy tekshirish vaqtlari yig’indisidani borat. Avtomobilni boshqarishdan tashqari keltirilgan vaqt sarflari ularning marshrutda bo’lish vaqtni qisqartirishi sababli, ayni ishlarni bajarishga sarflanuvchi vaqtlarni iloji boricha qisqartirish yoki minimumga keltirish zarur.
Haydovchi marshrutda smena davomida bir o’zi yoki boshqa haydovchilar bilan almashib ishlashi mumkin. Haydovchilar almashuvi usulida ular belgilangan grafik bo’yicha kun davomida almashishib ishlaydilar. Haydovchilar almashuvi marshrutichida yoki avtomobil saroyida amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holdanolinchi qatnov masofasi oshadi.
Transport ishi xafta davomida uzluksiz bo’lishini hisobga olganda 5 kunlik ish rejimiga binoan har 5 avtomobilga 7 haydovchi, agaravtomobil ikki smenaishlaydigan bo’lsa 14 nafar haydovchi zarur bo’ladi. Bunda haydovchilar almashib ishlashlari sababli avtomobillar holatiga qarovga javobgarlik hissi pasayadi. Lekin, aytilganga qaramay, ishni uzuluksiz almashuvchi haydovchilarbilan tashkil yetish ilg’or (prossiv) bo’lib, avtomobillardan uzluksiz (xaftaning 7 kunida) foydalanishimkoniyaratiladi. Aytilgan (haydovchilar almashuvi usuli) usul bo’yicha temir yo’l, suv va havo transportlarida qo’llaniladi.
Nazora savollari.
1. Avtomobil transporti vositasi harakatini tashkil yetish tamoyillari qanday
2.Transpor tvositasining liniyaga chiqishini tashkil yetishni tushuntiring ?
3.Transpor tvositalariish rejimi tashkil qilishni tushuntiring ?
4.Haydovchilarish rejimini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |