9.4. Proporsional-integral (izodrom) rostlagichlar
PR3.21 rostlagichning vazifasi PR 2.5 rostlagichning vazifasiga uxshash. U taqqoslash elementlari I, III, VI, droselli summator II, kuvvat kuchaytirgich IV, uzuvchi relelar V, VII va sigim VIII dan iborat (7.2- rasm). Bu rostlash bloki ikkita: proporsional va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayetgan kattalik-ning pnevmatik signali Rn va ikkilamchi asbobga urnatilgan topshriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2 ... 1 kg/sm2 oralikda bo`ladi. Blokning proporsional qismi galayenlanishdan sung harakatga kelib, uning uzi esa summator I, III va drosselli summator II dan tuzilgan. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffitsiyenti K=1 bo`lgan birinchi darajali aperoidik zvenodan tuzilgan bo`lib, pnevmatik integrallovchi zvenodan iborat. Proporsional va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da kushiladi. Buning uchun integrallovchi zvenoning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim.
Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffitsiyenti - Kr, izodrom vaqti - Тi) o`zaro bog’liq emasligi blokning muhim afzalligidir. Kuchaytirish koeffitsiyenti (Kr) drosselli summatordagi o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi, drossellash diapazoni DD=3000... 5 chegarada o`zgaradi, bu esa kuchaytirish koeffitsiyentining qiymati 0,03 ... 20 bo`lishiga mos keladi. Izodrom vaqti Тi aperiodik zveno tarkibiga kirgan o`zgaruvchi drosselning o`tkazuvchanligini o`zgartirib urnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha bo`lishi mumkin. PR3.21 rostlagich ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.
Mahalliy topshriq bergich PR3.22 rostlagichi PR3.21 dan asbob kirishining topshiriq liniyasida qo`l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi.
PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo`lgan drossellash diapazonini o`rnatish imkonini beruvchi qayta qo`shgich bilan ta’minlangan. Kayta kushgichning uchta qayd qilingan holati bor:
I. DD=2 ... 50% . II. DD=50 ...200% . III. DD=200 ... 800% .
Тi =0,025 minutdan gacha o`zgaradi. PR3.29 rostlagichi PR3.26 dan mahalliy topshiriq bergichi borligi bilan farq qiladi.
Тo`gri chiziqli statik tavsifnomali PR3.21 va PR3.32 rostlagichlarida drossellash diapozonini 2 ... 3000% gacha sozlash mumkin.
PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini ushlab turish maksadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish uchun xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat zvenosi bo`lib, unga doimiy drossel, rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1 dan 5:1 gacha yeki 1:1 dan 10:1 gacha.PR3.24 va PR3.34 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo`yicha tugrilash bilan ushlab turish maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta’sirini olish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |