JISMONIY MASHQLARNI BIR YILGA
TAQSIMLASHNING REJA-JADVALI
|
Oylar
|
Mashqlarning
nomlari
|
Sentyabr
|
Oktyabr
|
Noyabr
|
Dekabr
|
va boshqlar
|
|
Haftalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
«Mashqlarni nomlari» grafasiga barcha jismoniy mashqlar, mazkur yosh guruhi uchun bir yilga mo`ljallangan harakatli o`yinlar ham yoziladi.
Rejalashtirish va shu rejadan foydalanishning qulay bo`lishi uchun ularni muayyan izchillikda: avvalo saf mashqlari, asosiy harakatlarning barcha turlarini, harakatli o`yinlar harakat nomlari bilan, so`ngra sport mashqlari, sport harakatlari kiritilgan o’yinlarni yozish maqsadga muvofiqdir.
Dasturga muvofiq tarbiyachi o`z yosh guruhi uchun har bir oyning haftalariga mo`ljallab mashqlarni taqsimlaydi. Bunda mashqlar ishning qanday shakllarida foydalanilishini ko’rsatadi.
Buning uchun shartli belgilardan foydalanishga to’g’ri keladi: M1 – birinchi jismoniy tarbiya mashg’uloti, M2 – mashg’ulot, E – ertalabki gimnastika, Es – ertalabki sayr, Kun s – kunduzgi sayr, Kech s kechki sayr, G m – guruhchalardagi mashg’ulot, Ya m – yakka tarzdagi mashg’ulotlar, M m – mustaqil mashg’ulotlar.
Jismoniy mashqlarni rejalashtirishda «Uchinchi mingyillikni bolasi» tayanch dasturidagi ko`rsatmalarga rioya qilish lozimdir.
Jismoniy mashqlarni taqsimlashda bolalar bog’chasidagi sharoit (bino, maydoncha hajmi), jismoniy tarbiya jihozlari, atributlar, iqlim-meteorologik omillar hisobga olinishi lozim.
Rejalashtirishning to`g’riligi tarbiyachilarning nazariy tayyorgarligiga, jismoniy mashqlarning texnikasini, bolalarda harakat malakalarini shakllantirish qonuniyatlarini, ta’lim bosqichlarini, ayrim harakatlarga o`rgatish tizimini bilishlariga, shuningdek bolalar bilan ishlay olish tajribasiga bog’liqdir.
Tarbiyachi avval o`rganishga ko`p vaqt talab etiladigan murakkabroq harakatlar (sakrash, otish…) ni shuningdek har bir mashg’ulot tarkibiga kiradigan (yurish, chopish) mashqlarini taqsimlaydi. U butun yil davomi bo`yicha ma’lum bir harakatga o`rgatish jismoniy tarbiya mashg’ulotining nechtasida amalga oshirilishini, malakalarni mustahkamlash va takrorlash sonini belgilaydi; guruhchalarda va sayrlarda yakka holda mashg’ulotlar o`tkazilishini belgilaydi.
Bola organizmiga har taraflama ta’sir ko`rsatishni ta’minlash maqsadida jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jismoniy mashqlarning har-xil turlarini kiritib borish lozim. Jismoniy mashqlarni taqsimlashning yillik reja-grafigini tuzish ishiga ijodiy yondashishga to`g’ri keladi: zarur vaziyatda tarbiyachi taklif qilingan reja shaklini takomillashtiradi.
Tuzilgan rejaga ish jarayonida asosli sabablarga ko`ra o`zgartirish kiritish va to`g’rilash zarur bo`lib qolsa, yo`l qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |