Antiferromagnetiklar
Modda
|
Neyel nuqtasi, °C
|
Sr
|
202
|
α – Mn
|
-173
|
FeO
|
-75
|
MnC
|
-133
|
CoF2
|
-223
|
5. Magnit sistemani o`zaro ta’sir enyergiyasi
Ferromagnit xossasiga ega bo`lgan jismlar ichki elektron qavatlari to`ldirlmagan (o`tuvchan va nodir yer) metallar hisoblanadi. Bu gurux metallarga temir, kobalt va nikel (3 d -qobiq to`lmagan) kiradi (o`tuvchan metallar), shuningdek (nodir yer) metallar guruhiga godoliniy, disproziy va erbiy kiradi (4 f -qobiq to`lmagan). Ferromagnitizm - qo`shni atomlarda to`ldirilmagan qobiqlardagi elyektronlarni o`zaro ta’sir almashuvi tufayli sodir bo`ladi. O`zaro ta’sir sistemaning enyergiyasini o`zgarishiga olib keladi. Bu xodisa vodorod atomlarining yaqinlashishi misolida yaqol ko`rinadi. Bunday sistemani o`zaro ta’sir enyergiyasi
(1)
ko`rinishda yoziladi. Bu yerda 2Ye0 – o`zaro ta’sirlashmaydigan ikkita vodorod atomining enyergiyasi, K - zaryadlarning elyektrostatik o`zaro ta’sir enyergiyasi, 0(1) formula K ning ishorasiga qarab ( ) elyektron almashinuvchi atomlardagi elyektronlar spinlarining parallel (minus ishora) yo`nalganligiga mos kelsa, antiparallel hol (1) formulada plus ishora uchun mos keladi. Formuladan ko`rinadiki, A<0 (manfiy) da elyektronlarning spinlari antiparallel joylashadi, bunda sistemaning enyergiyasi kamayadi. A>0 (musbat) da spinlar parallel joylashadi, bunda sistemaning enyergiyasi ortadi. A<0 da valent bog`lanish hosil bo`lib, antiferromagnit xossasi namoyon bo`ladi, A>0 da ferromagnit xossasi nomoyon bo`ladi va spontan maganitlanishga olib keladi.
A<0 da ham elyektron spinlarining joylashishi tartibli bo`ladi, lekin spontan magnitlanish xosil bo`lmaydi, chunki qo`shni panjara tugunlaridagi ionlarning spin magnit momentlari qarama-qarshi yo`nalgan bo`lib bir-birlarini kompensatsiyalaydi.
Tashqi maydon ta’sirida bir qism spinlar yo`nalishini o`zgartirishi natijasida atiferromagnetikning magnitlanishi sodir bo`ladi. Antiferromagnetiklarning xususiyati biror temperaturadan yuqori temperaturada yo`qoladi va u paramagnitga aylanadi. Bu temperaturani antiferromagnetikning Kyuri nuqtasi yoki Neel nuqtasi deyiladi.
Antiferromagnetiklarning magnit xossasini o’rganish jarayonida quyidagi asosiy qonuniyat o’rnatildi. O’tish temperaturasi (Neyl nuqtasi) dan yuqorida antiferromagnetik o’zini oddiy paramagnetikday tutadi. hol uchun magnit qabul qiluvchanlikning temperaturadan bog’liqligi Kyuri-Veys qonuniga bo’ysinadi:
(2)
Deyarli barcha antiferromagnetiklar uchun manfiy qiymat qabul qilishi xarakterlidir.
6.MAGNITOSTRIKSIYA
Ko’pchilik magnit materiallar magnitlanish jarayonida o’zining uzunligini o’zgartiradi. O’lcham o’zgarishi hamma vaqt bir xil ishorali bo’lmaydi.Bu magnit maydon kuchlanganligi yo’nalishidan, kristal o’qidan bog’liq bo’ladi.
λ = ΔL/L
Bu magnitostriksion effekt Deb ataladi. Magnit material o’lchamining uzgarishi uning magnit holatini ham o’zgarishiga olib Keladi.0>0>0>1>
Do'stlaringiz bilan baham: |