№7-Laborotoriya mashg’uloti. 3G avlod mobil aloqa tizimini o‘rganish Ishdan masad



Download 75,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.04.2023
Hajmi75,56 Kb.
#932149
  1   2   3
Bog'liq
DevJDXman01h4iZnbIMJA7WtW8TwKORiaVdArUyp (1)



№7-Laborotoriya mashg’uloti. 3G
 avlod mobil aloqa tizimini o‘rganish
 
 
Ishdan masad 
UMTS
 
standartidagi 
raqamli sotali radioaloqa tizimining arxitekturasi, 
radioulanish tarmog‘ining tuzilmasi va interfeyslarini o‘rganish
Topshiriq 
 
1.
UMTS
 
standartining umumiy
arxitekturasi bilan tanishish. 
2.
Asosiy bloklarning o‘zaro ta’sirlashini o‘rganish. 
3.
Radioulanish tarmog‘ining tuzilmasini o‘rganish 
4.
W
DMA 
standartining 
parametrlarini hisoblash. 
 
Hisobot tarkibi 
 
1. Ishning nomi va maqsadi. 
2. 
UMTS
 
standartidagi 
raqamli sotali radioaloqa tizimining arxitekturasi, 
radioulanish tarmog‘ining tuzilmasi 
va
hisoblash natijalari. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar 
UMTS 
texnologiyasi 
Evropa 
telekommunikatsiyalar 
sohasida 
standartlashtirish bo‘yicha instituti (European Telecommunications Standards 
Institute, ETSI) tomonidan maxsus Evropa uchun ishlab chiqilgan. Amalda UMTS 
IMT-2000 konsepsiyasining evropa versiyasi hisoblanadi. WCDMA texnologiyasi 
bu erda radiointerfeys sifatida qo‘llaniladi. Ta’kidlash zarurki, UMTS va WCDMA 
bu hozirgi vaqtda ular sinonimlar sifatida ishlatilsada, ikkita turli tushunchalar 
hisoblanadi. 
UMTS-texnologiya ko‘pincha mavjud 2G va ishlab chiqiladigan 3G - 4G-
texnologiyalar orasidagi o‘tish varianti sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, 
UMTS mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirishning keyingi bosqichiga mavjud 
qurilmalar sezilarsiz o‘zgartirilishi bilan yumshoq o‘tishni amalga oshirishga 
imkon beradi. Bu texnologiyada bazaviy magistral tarmoq sifatida GSM MAP 
ishlatiladi, radioulanish tarmoqlari sifatida esa kombinatsiyalangan GSM/EDGE va 
WCDMA qo‘llaniladi. 
UMTS tarmog‘i ikkita 2100 va 900 MGs (chastotaga bog‘liq ravishda 
standart shartli UMTS2100 va UMTS900 nomlarga ega) chastotalardagi 
detsimetrli diapazonda ishlaydi. 990 MGs chastotada to‘lqinlarning singib o‘tish 
qobiliyati 2100 mGs chastotada uzatiladigan to‘lqinlarga qaraganda anicha yuqori 
bo‘ladi. SHu bilan birga, uzatiladigan ma’lumotlar sifati va tezligini to‘lqinlar 
chastotalariga teskari bog‘lifqligi mavjud. YUqoriroq chastotalarda ma’lumotlarni 
uzatish tezliklari UMTS standartidagi maksimal qiymatlarga yaqinlashadi, pastroq 
chastotalarda esa ma’lumotlarni uzatish tezliklari marttalarga kamayadi. 


Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) talablariga muvofiq, 3G tarmog‘i 
ma’lumotlarni uzatilishini, shuningdek ovozni uzatilishini ta’minlashi kerak. 
Bunda quyidagi ma’lumotlarni uzatish tezliklari sharti bajarilishi kerak: 
1. Abonentlarning yuqori tezlikli harakatlanishi uchun (yoki boshqacha 
aytganda 120 km/soat chegaralardagi eng yuqori mobillik darajasili) – 144 
Kbit/sekunddan ortiq; 
2. minimal darajadagi mobillikli abonentlar uchun (3 km/soatgacha 
harakatlanish tezligi) – 384 Kbit/sekund; 
3. Qo‘zg‘almasi abonentlar uchun – 2048 Kbit/sekund. 
3G (UMTS) tarmoqdagi mavjud trendlar deb 3G formatlarni qo‘llaydigan 
mobil qurilmalar trafigi ustidan data-cards trafigini ustunligi (ya’ni, turli USB-
modemlar va noutbuklar kartalari turlarining avzalligi) va mobil operatorlarning 
eng zamonaviy va texnik takomillashtirilgan texnologiyalar va qurilmalarga o‘tishi 
keltirib chiqaradigan axborot birligi narxining pasayishini hisoblash mumkin.
UMTS radiosignalni uzatishning turli ikkita GSM's Mobile Application Part 
va GSM family of speech codecs usullarini o‘zida birlashtiradi. UMTSni 
ishlatadigan er usti uzatish qurilmalari uchun bir necha UTRA interfeyslari 
belgilanadi. SHuningdek bu spetsifikatsiyada UMTS tarmog‘iga universal 
radioulanish bazaviy bloki (UTRAN) atroflicha tavsiflangan. 2 Mbit/sgacha 
ma’lumotlarni yuqori uzatish tezliklarini ta’minlash ishlatilgan. Hozirgi vaqtda
3GPPning 11 ta spetsifikatsiyalari mavjud.
UMTS va UTRAN bloklarining tuzilish sxemalari 7.1- va 7.2-rasmlarda 
keltirilgan. Bu erda quyidagi belgilashlar qabul qilingan: 
• UTRAN (Universal Terrestrial Radio Access Network) — UMTS 
tarmog‘iga universal radioulanish bazaviy bloki; 
• Service — servis bloki; 
• CN (Core Network) — t
ayanch tarmog‘i bloki

• UE (User Equipment) — foydalanuvchi qurilmasi; 
• SGSN (Serving GPRS Support Node) — GPRSni qo‘llash bazaviy
nimstansiyasi ; 
• MSC Server (Mobile Services Switching Centre) — mobil aloqa 
kommutatorlarini qo‘llash serveri; 
• MGW (Media gateway) — tarmoq shlyuzi; 
• RNC (Radio Network Controllers) — tarmoq radiokontrolleri; 
• NodeB — bazaviy stansiya; 
• Iu, Uu, Iub, IuR, IuBC, IuPS, IuCS Iub — UTRANni boshqa qurilmalar 
bilan aloqasini ta’minlaydigan tashqi, ichki va yordamchi interfeyslar. 


7.1-rasm. UMTS arxitekturasi 
7.2-rasm. UTRANning tuzilish sxemasi 
UTRAN bazaviy stansiya va tarmoq radiokontrollerini bilashtiradi va 
UMTS 
barcha radiochastota kanallari va modullarining ishlashiga javob beradi. RNC 
tarmoq kontrolleri bir yoki bir necha bazaviy stansiyalarning funksionalligini 
ta’minlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri BS qurilmasiga montaj qilinishi mumkin. Bu 
variantda 
real 
fizik 
interfeys 
haqiqatda 
yo‘qligiga 
qaramasdan, 
standartlashtirishning qulay bo‘lishi uchun bazaviy stansiya va kontroller orasida 
Iub bilan belgilanadigan mantiqiy interfeys kiritiladi. Standartlar tarmoq 


bloklarining o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflamaydi, lekin bunda elementlar 
orasidagi mantiqiy va fizik interfeyslar belgilanadi. U ko‘plab hollarda RNC 
markaziy dispetcherlik punktida joylashgan va bir necha tumanlar bazaviy 
stansiyalarini bir vaqtda nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Bazaviy stansiya va unga mos RNC kontrollerdan tashkil topgan ikkita 
elementlar birligi UMTS tuzilish modelida nimtizimli tarmoq (Radio Network 
Subsystem, RNS) deyiladi. Bitta bazaviy UTRAN blokida bunday nimtizimlar bir 
nechta bo‘lishi mumkin. UMTS arxitekturasida UTRAN bazaviy bloki tarmoqning 
boshqa elementlari bilan o‘zaro ta’sirlashadigan interfeyslar 7.1- va 7.2-rasmlarda 
tasvirlangan. Uu tashqi radiointerfeys mobil abonentlar stansiyalarining (MS) 3G 
tarmoqlar uchun mo‘ljallangan parametrlarini aniqlaydi. 
Iu interfeys ochiq hisoblanadi, bu UMTS tarmoqlarida turli ishlab 
chiqaruvchilarning qurilmalarini ishlatishga imkon beradi. IuR interfeys ochiq 
bo‘lish bilan trli qurilmalar bilan jihozlangan stansiyalar orasida abonentlarni 
yumshoq estafetali uzatilishini ishlatilishiga imkon beradi. Iub interfeys 3G 
tarmoqlarni rivojlantirish uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchilari investitsiyalarini 
jalb etish uchun maxsus to‘liq ochiq ishlab chiqilgan. 
Tayanch tarmog‘i bloki GSM/GPRS tarmoqlari an’anaviy qurilmalarini o‘z 
ichiga oladi, maslan, ularga quyidagilar kiradi: 
• transkoder (Transcoder and Rate Adaptation Unit, TRAU); 
• manzil registri (Home Location Register, HLR); 
• tashrif registri (Visitor Location Register, VLR); 
• harakatdagi aloqa kommutatsiyalash markazi (Mobile Services Switching 
Centre, MSC); 
• boshqa tarmoqlarga chiqish uchun shlyuz (Gateway Mobile Switching 
Centre, GMSC); 
• GPRSni ta’minlash bloki (Serving GPRS Support Node, SGSN); 
• bazaviy stansiyalar kontrolleri (Base Station Controller, BSC). 
Bazaviy stansiyalar kontrolleri kanallar resursini taqsimlaydi, kanallarni 
kommutatsiyalaydi, estafetali uzatishni (handover) tashkil etadi, telemetriyani 
to‘plash va uni boshqarish va xizmat ko‘rsatish nimtizimiga uzatilishini amalga 
oshiradi. Transkoder nutq signallarini siqishli kodlash va dekodlashni amalga 
oshiradi. Manzil registri bu operatorning barcha abonentlari haqidagi ma’lumotlar 
ombori hisoblanadi. Mehmon registri tarmoqning ishlash zonasida bo‘lgan 
abonentlar haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 
CN blokida bajariladigan eng muhim operatsiyalar umumiy holda mobil 
abonent stansiyasini (MS) tarmoqqa, uning peyjingiga ulanishiga, sotalarning 
saralanishiga va abonentni ajratilishiga, kirish va chiqish chaqiruvlarini amalga 
oshirilishiga va bazaviy stansiyalar orasida abonentni estafetali uzatilishiga
keltiriladi. CN CS va PS domenlarga mantiqiy bo‘linadi. UMTS bazaviy 
stansiyasining asosiy funksiyasi radiosignallarni qayta ishlash, kanalli kodlash va 
tezlikni moslashtirish, spektrni kengaytirish va boshqalardan iborat. Bundan 
tashqari, bazaviy stansiya ichki konturda quvvatni boshqarish bo‘yicha asosiy 
operatsiyalardan birini bajaradi. Bazaviy tarmoq bloki tarkibiga kiradigan mobil 
aloqa kommutatsiyalash markazi UMTS/GSMni turli tashqi tarmoqlarga ulaydi. 


Bu tarmoqlar ikkita kanallar kommutatsiyalanadigan (telefon tarmoqlari) va 
ma’lumotlar paketlari kommutatsiyalanadigan (Internet) guruhlarga bo‘linadi. 
Binobarin, kommutatsiyalash markazi (MSC) radioaloqa tizimini statsionar 
tarmoqlar bilan ishlashini muvofiqlashtiradi, u kanallarni kommutatsiyalanishi 
uchun zarur bo‘ladigan barcha funksiyalarni bajaradi, shuningdek bog‘lanishni 
boshqarishga javob beradi. Bundan tashqari, kommutatsiyalash markazi joylashish 
o‘rnini ro‘yxatga olish va va xizmat ko‘rsatishni uzatilishi uchun zarur bo‘ladigan 
protseduralarni bajarishi kerak. Tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan CS arxitekturasini 
ta’minlash uchun CN blokda MGW muhit serveri (foydalanuvchilar 
ma’lumotlarini uzatilishini ta’minlaydigan) va MSC serveri (signalizatsiyani 
ta’minlash uchun) kiritiladi. Bunday yondashish universal IP-tarmoqlarni 
ishlatilishiga va kommutatsiyalash qurilmasiga bog‘liq bo‘lmagan xizmat 
ko‘rsatish muhitlarini yaratishga imkon beradi. UMTS arxitekturasida MGW 
shlyuzi PSTN/PLMN transport tarmog‘ining oxirgi punkti hisoblanadi va 
UTRANni Iu interfeys orqali CN bilan ulaydi.. 
Hozirgi vaqtda ulanish tarmoqlarining ikkita asosiy turlari mavjud. BSS 
GSM, GPRS va EDGE (GERAN) ulanish tarmoqlari uchun, RNS esa WCDMA 
ulanish tarmog‘i uchun ishlatiladi. GERAN ulanish tarmog‘i ikkita an’anaviy 
interfeyslar (Gb va A-interfeys) yoki Iu interfeyslari orqali CNga ulanishi mumkin. 
IuPS interfeysi GERAN ulanish tarmog‘i va bazaviy tarmoq PS domeni orasidagi 
aloqani ishlatadi. IuCS interfeysi GERAN ulanish tarmog‘i va bazaviy tarmoq 
kanallari kommutatsiyalash domeni (CS) orasidagi o‘zaro ta’sirlashish uchun 
ishlatiladi. 
UMTS tarmoqlarida bir necha so‘zlashuvli, oqimli, interaktiv va fonli 
ustivorliklarli QoS (Quality of Service) funksiyasi ko‘zda tutilgan. 

Download 75,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish