Ish natijalarining tahlili, xulosani shakllantirish: 1. Ish yakunida talaba bo’yalgan namunaning rang ravonligini kuzatadi
2. Faol bo’yovchi moddаlаr bilаn uzlukli bo’yash jаrаyonigа elеktrolit konsеntrаtsiyasi tа’sirini o’rgаniladi
Nazorat savollari: Aktiv bo’yovchi moddаlаr bilan qaysi tolalar bo’yaladi?
Aktiv bo’yovchi moddаlаr bilan bo’yashda natriy karbonatning vazifasi qanday?
Mavzu: BEVOSITA BO’YOVCHI MODDALAR BILAN BO’YALGAN GAZLAMALARDAGI RANG MUSTAHKAMLIGINI BAHOLASH
Laboratoriya ishidan maqsad: Bevosita bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan gazlamalardagi rang mustahkamligiga sovun eritmasining ta’sirini aniqlash, mato rangini ishqalanishga chidamliligini aniqlash uslubi bilan tanishish.
Laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlar va kimyoviy moddalar:Elektr plita, ip-gаzlаmа namunasi, aralashtirgich, termometr, distillangan suv, bo’yovchi moddа, NaHCO3, Na2SO4 ,SFM.
Rang mustahkamligiga sovun eritmasining ta’sirini aniqlash Bo’yalgan matolar rangini sovun eritmasiga chidamligini aniqlash uchun, matoning bir tomoniga oq holatdagi namuna va ikkinchi tomoniga ishlatiladigan bo’yovchi modda bilan bo’yalishi mumkin bo’lgan boshqa oq mato namunasi tikib tayyorlab olinadi. Sovunga mustahkamlikni tekshirish vannasi moduli 50ga teng. Rangning sovunga mustahkamligini aniqlash uchun tarkibida 5g/l sovun bo’lgan eritma 400C haroratgacha qizdiriladi. Oldindan tayyorlangan namunaga shu vannada 30 min davomida ishlov beriladi. Ishlovdan so’ng namuna sovuq suvda chayib quritiladi.
Rang mustahkamligini terga chidamliligini tekshirish Bo’yalgan namunalarning terga rang mustahkamligini GОST 153-57 bo’yicha aniqlanadi. Rang mustahkamligi aniqlanishi kerak bo’lgan namunalardan 0,2g tortib olinadi va ularni tabiiy ipak va ip – gazlamalar orasiga qo’yib tikiladi, ter tarkibiga yaqin aralashma bilan ishlov beriladi
Aralashma tarkibida quyidagilar kiradi: 5g osh tuzi NaCl, 6 ml 25%li ammiakning (NH3) suvli eritmasi (GОST 19-57). Har bir tekshirilayotgan namuna alohida idishlarda 450 C haroratda 30 min yuqoridagi eritmada ushlanadi. Keyin tikilgan iplar olinib, xona haroratida quritiladi.
Rang mustahkamligi etalon bilan taqqoslash orqali baholanadi
Mato rangini ishqalanishga chidamliligini aniqlash uslubi Matoning rang mustahkamligini ishqalanishga chidamligini aniqlashda mahsus uskunadan foydalaniladi. Uskuna quyidagi elementlardan tashkil topgan :
1. Stolcha
2. Stolcha qulog’i
3. Rezina tiqini .
4. 16 mm diametrli va 9 H yuk kuchi beruvchi moslama .
5. Stolchaga mato mahkamlovchi hal.
Ishqalanishni ikki hil holatda sodir etish lozim :
Namuna quruq bo’lgan holatda .
Namuna ho’l bo’lgan holatda .
Bo’yalgan matodan 50x50 mm kattalikda to’rtburchak shaklida namuna kesib olinadi. Uni yuza tomoni bilan yuk beruvchi moslamaga rezina tiqin orqali mahkamlanadi. Yuk moslamasi og’irligi ostida bo’yalgan matoga ishqalanish berish uchun stolcha qulog’idan ushlab uni 10 marta oldinga va 10 marta orqaga harakatga kelriladi. Bunda yuk moslamasi ichiga rezina yordamida mahkamlangan bo’yalgan mato oq rangli ip gazlamaga ishqalanadi va rang ustahkamligiga qarab, o’z rangini yo’qotadi.
Ishqalanish sodir etilgandan so’ng, bo’yalgan mato hamda stolchaga qoplangan oq mato uskunadan yechiladi. Baholash etalon asosida ballarda ifodalanadi. Baholash natijasida ikkita sondan iborat bo’lgan ball qo’yiladi. Birinchisi bo’yalgan matoni rangsizlanishiga va ikkinchisi oq mato namunasini bo’yalganlik darajasiga tegishli ekanligini bildiradi.
Mato rangining mustahkamligini ho’l holatda ishqalanishga chidamliligini aniqlashda yuqoridagi tajriba qaytariladi, lekin bo’yalgan namuna ho’l holatda bo’ladi.
Ikki xol uchun ham alohida baho beriladi.