7-laboratoriya ishi (2-qism) Differentsiyalovchi va integrallovchi zanjirlarni tadqiq etish Integriallovchi elektr zanjirlarni tadqiq etish Ishning maqsadi



Download 279,86 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi279,86 Kb.
#889630
  1   2   3
Bog'liq
7-laboratoriya ishi 2 qism


7-laboratoriya ishi (2-qism)
Differentsiyalovchi va integrallovchi zanjirlarni tadqiq etish

Integriallovchi elektr zanjirlarni tadqiq etish



Ishning maqsadi: -passiv va aktiv integrallovchi zanjirlarning (IZ) amaliyotda uchraydigan sxemalarini o’rganish;
- IZning har xil kirish kuchlanishlari va elementlari parametrlarida zanjir chiqishidagi signallar shakllarini eksperimental tekshirish.
1. Nazariy ma’lumotlar
Zamonaviy telekommunikatsion tizimlari, impuls texnikasi, hisoblash texnikasi va boshqa sohalarda shunday chiziqli elektr zanjirlari (ChEZ) keng qo’llaniladiki, ularning chiqish klemmalaridagi u2(t) signallar ularning kirishi kuchlanishidan u1(t) olingan integralga proportsional bo’ladi
,
bunda - proportsionallik koeffitsienti.
Bunday ChEZ integrallovchi zanjirlar deb ataladi.
Aksariyat ketma-ket ulangan rezistor va kondensatordan (1,a-rasm) iborat bo’lgan passiv IZ qo’llaniladi. Chiqish kuchlanishi u2 kondensator S dan olinadi.

1-rasm. Passiv IZ sxemalari: a) RC-zanjir; b) RL-zanjir
1,a-rasmda keltirilgan RC-zanjirning uzatish funktsiyasi quyidagi shaklga ega
. (7.1)
IZning tavsifiy tenglamasi bitta ildizga teng

bunda τ q RC - zanjirning vaqt doimiysi.
Qoniqarli integrallashni amalga oshirish uchun zanjirning integrallash doimiysi impuls davomiyligidan juda katta bo’lishi zarur, ya’ni
qRC>>ti,
bunda ti – kirish signalining davomiyligi.
Vaqt doimiysi  =RC yoki  = L /R qancha katta bo’lsa, integrallash aniqligi shuncha yuqori bo’ladi. Ammo, vaqt doimiysi juda ham katta bo’la olmaydi, chunki bunda chiqish kuchlanishi juda kichik qiymatga aylanadi. 2-rasmda IZning kirish klemmalariga to’g’ri burchakli musbat ishorali yakki kuchlanish (2,a-rasm) va bipolyar to’g’ri burchakli signal (2,b,v-rasm) berilgandagi kirish u1 va chiqish u2 signallarining grafiklari keltirilgan.

2- rasm. Passiv va aktiv integrallovchi zanjir kirish u1 va chiqish u2 kuchlanishlari diagrammalari
Kompleks shakldagi kuchlanini integrallashga kompleks kuchlanishning j qiymatga bo’linishi mos keladi, shuning uchun ixtiyoriy to’rtqutblik quyidagi ifoda shartini bajarsa, u integrallovchi zanjir bo’ladi
U2(jω)≈U1(jω)/j
yoki, boshqacha shaklda keltirganda
H(j) U2(jω)/U1(jω)=1/j = (1/ω) exp(-90 0).
1,a-rasmdagi zanjir uchun
(7.2)
Demak, ideal IZ H() 1G’ amplituda-chastotaviy tavsifiga ega bo’lishi yoki
RC>>1 yoki f >>(1/2)RC=(1/2)=f0 /2π (7.3)
tengsizlik bajarilishi zarur.

3-rasm. Passiv integrallovchi RC-zanjirlarning AChT
(R=100 kΩ, C=50 nF, τ=5ms., f0 =1/τ =200Hz)

Integrallovchi RC-zanjir FChTdan (12.1,a-rasm) shu ko’rinadiki, f = f0 = = 1/ τ = 1/RC=200 Hz. chastotada va kuchlanishni uzatish koeffitsienti H(f0) = U2/U1=0,155 bo’lganda kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi fazalar farqi φ(f0)= 80, chastota ikki marta f = 2f0 = 400 Hz. ortgandagi va kuchlanishni uzatish koeffitsienti H(2f0)=U2/U1=0,08 bo’lgan holatda fazalar farqi φ(2f0) q 850 va integrallash sifati anchagina yuqori. Kuchlanishning o’n marta kuchsizlanishi esa chastota f=300 Hz.da va fazalar farqi φ =830 bo’lganda ko’riladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, berilgan passiv integrallovchi RC-zanjirda berilgan chastota f uchun vaqt doimiysi ni aniqlash uchun ikkinchi variantni tanlaymiz. Buning uchun


f = 2f0=2/τ,
undan  =2/f=2T. (7.4)

Ushbu holatda IZning chiqishidagi kuchlanish kirishdagiga nisbatan U1 /U2 = 12,5 marta kichik bo’ladi.


IZlarni kirish signallariga nisbatan davomiyligi kattaroq va frontining qiyaligi kichikroq bo’lgan chiqish signallarini olish uchun ishlatiladi. Bunday zanjirlar turli funktsiyalarni bajaradi. Masalan, impuls shovquni ta’sirini kamaytirish imkonini beradi, uzunligi bo’yicha farq qiladigan signallarni amplitudasi bo’yicha farq qiladigan signallarga aylantirib beradi va h.k. Qisqa impulslar ta’sir qilganda kondensator to’liq zaryadlanishga ulgurmaydi, davomiyligi katta bo’lgan ta’sirda esa – ulguradi, shu sababli zanjir chiqishidagi kuchlanishlar orasida farq yuzaga keladi. (3-rasm).
Passiv IZlar kichik aniqlikka ega bo’lishi sababli, analog texnikasi amaliyotida invertorlovchi operatsion kuchaytirgich (OK) va RC-zanjirlar asosida qurilgan aktiv integrallovchi zanjirlar (AIZ) qo’llaniladi.
Invertorlovchi OK asosida qurilgan IZning printsipial sxemasi 4-rasmda keltirilgan.

4-rasm. OK asosidagi aktiv IZ sxemasi


5-rasm. IZ yordamida amplitudali modulyatsiyalangan to’g’ri burchakli impulslarning o’ramasini ajratib olish
ARC integratorning operatsion uzatish funktsiyasi (3-rasm) quyidagi ko’rinishda bo’ladi
(7.5)
Tavsifiy tenglamasi F2(p)=0, ya’ni

Download 279,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish