30. Kimning davrida gruzin-osetin urushu yakunlangan? =Eduard Shevardnadze.
31. Qachon o‘tkazilgan saylovlarda E.Shevardnadze Gruziya Oliy Kengashi raisi etib saylangan? =1991-yil oktabrda.
32. Qachon o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng E.Shevardnadze iste’foga chiqqanligini e’lon qilgan? =2003-yilda.
33. Qanday omil E.Shevardnadze boshqaruviga nisbatan aholining noroziligini kuchaytirgam? =Iqtisodiy ahvolning og‘irligi.
34. E.Shevardnadzedan keyin kim Gruziya presidenti bo‘lgan? = Mixail Saakashvili.
35. E.Shevardnadze iste’foga chiqqanligini e’lon qilgan keyin Mixail Saakashvilining saylovlarda g‘olib chiqishi Gruziya va G‘arb matbuotida qanday nom olgan? = «Atirgullar inqilobi».
36. Mixail Saakashvili hukumati Gruziyada qanday ishlar amalga oshirgan? =Fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishini yengillashtirish, soliqlarni kamaytirish, davlat mulkini xususiylashtirish kabi islohotlar. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilingan.
37. Qachon Gruziya, Rossiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya ishtirokida harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan? =2008-yil avgustda.
38. Gruziya, Rossiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya ishti rokida bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuv oqibatida Rossiya qaysi davlatlarning mustaqilligini tan olib, ular bilan ikki tomonlama munosa batlar o‘rnatgan? Abxaziya va Janubiy Osetiya.
39. Qachon bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida muxolifatchi «Gruziya orzusi» partiyasi g‘olib chiqqan? =2012-yil.
40. 2012-yil kim Gruziya prezidenti etib saylangan? =Georgiy Margvelashvili.
41. 2016-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida qaysi partiya g‘olib chiqqan? =«Gruziya orzusi» partiyasi.
42. Qachon Armanistonda respublika maqomi bo‘yicha referendum o‘tkazilgan? =1991-yil 21-sentabrda.
43. Qaysi voqeadan keyin «Armanistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qilingan? =1991-yil 21-sentabrda Armanistonda respublika maqomi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda qatnashganlarning mutlaq ko‘pchiligi Armanistonning SSSR tarkibidan chiqishi uchun ovoz berganidan keyin.
44. Armanistonning birinchi prezidenti etib kim saylangan? =Levon Ter-Petrosyan.
45. Armanistonning birinchi prezidenti qachon saylangan? =1991-yil oktabrda.
46. Armanistonda qachon mustaqillik uchun kurash qaysi paytda boshlangan? =XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida tashqi omil – Tog‘li Qorabog‘ muammosi qizigan paytda.
47. Qanday omil arman jamiyatida etnik birlashish, tarixiy adolat ning qaror topishi sifatida qaralgan? =Tog‘li Qorabog‘ni Armanistonga qo‘shib olish.
48. Tog‘li Qorabog‘ muammosi jarayonida kommunistik partiya rahbarlari o‘rniga hokimiyatga …… kelgan? Milliy siyosiy elita.
49. Armaniston mustaqillikdan so‘ng qayer bilan munosabatlarini aniq belgilab olgan? =Moskva bilan.
50. Nima sababdan Armaniston sovet respublikalari qatorida sovetlarning aybi uchun Rossiyani ayblamagan? =Sababi Tog‘li Qorabog‘ masalasida Armaniston Rossiyaga tayanar edi.
51. Nima uchun Armaniston Tog‘li Qorabog‘ masalasida Rossiyaga tayangan? Chunki Armanistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan chegaralari yopiq, Gruziya bilan munosabatlari murakkab, Eron bilan munosabatlarida ancha jiddiy geosiyosiy kelishmovchiliklar mavjud edi