7. harbiy faoliyatda tafakkur va nutq


Amalga oshish shakliga ko’ra hissiyotlar quyidagi uch turga bo’linadi



Download 37,2 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2021
Hajmi37,2 Kb.
#56276
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya

Amalga oshish shakliga ko’ra hissiyotlar quyidagi uch turga bo’linadi:

- kayfiyat;

- affekt;

- ishtiyoq.

Inson emotsiya va hissiyotlarining birlamchi manbai uni ehtiyojlaridir. Emotsiya va hissiyotning manba-sabablarga insonning maqsad va ehtiyojlariga mos keladigan yoki aksincha mos kelmaydigan buyumlar va hodisalardan axtarish kerak. Ko’plab ijobiy hissiyotlar (qoniqish, xursandchilik va hokazo) inson istaklari qondirilganda tug’iladi yoki aksincha, ular qondirilmaganda esa salbiy his-tuyg’ular paydo bo’ladi. Agar bordiyu atrofdagi buyum va hodisalar insondagi maqsad v ehtiyojlarga aloqador bo’lmasa, ular hissiy munosabatlarni yuzaga keltirmaydi, ya’ni inson ularga nisbatan befarq munosabatda bo’ladi.

Emotsiya va hissiyotlar kechinmalar sifatida qa’tiy o’zaro aloqadorlikka ega bo’lsalar-da, ular o’rtasida muhim farqlar ham mavjud. Organizmning ovqatga, sovuqdan va jaziramadan himoyalanishga, uyquga, o’z-o’zini saqlab qolishga nisbatan bo’ladigan ehtiyojlari bilan bog’liq qoniqish (yoki qoniqmaslik) hissiyotlari emotsiyalarga misol bo’ladi. Emotsiyalar insonlarga ham, hayvonlarga ham xos. Biroq, inson emotsiyalari hayvonlarnikidan butunlay farqlanadi: ular ma’lum darajada ijtimoiy tajriba ta’siri ostida o’zgargan, qayta tuzilgan bo’ladi. Insondagi emotsiyalarning namoyon bo’lish shakli ham (emotsional kechinmalar vaqtida o’z xulq-atvorini boshqara olish imkoniyati), shuningdek, u yoki emotsiya bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarni qondirish va maqsadga erishish usullari ham ijtimoiy hayot sharoitlari bog’liq bo’ladi.

Insonning faoliyat jarayonida tug’iladigan vaziyatlarga shuningdek, unga ta’sir etadigan buyumlarning alohida xususiyatlariga nisbatan bo’ladigan reaktsiyalari vaqtida emotsiyalar paydo bo’ladi. Masalan, musiqiy ohanglar yoqimli bo’lgani holda, ikkita shisha bo’lagini bir-biriga ishqalash bilan ifodalanadigan aqliy operatsiya. Masalan, «qiymat»ni «odamning qimmati», «tovarning qiymati» deb, konkretlashtiriladi.

Yoki konkretlashtirishga yana bir misol: komandir «dushman tanklariga qarshi har xil qurollar vositasida kurashish mumkin», - deydi:

- tankka qarshi granatalarni qo’llash bilan;

- granatamyotlar vositasida;

- har xil tankka qarshi minalar vositasida va hokazo.

Keyin esa u har bir usulning mohiyatini ochib beradi. Tafakkur jarayoni ma’lum bir shakllarda kechadi: tushuncha, hukm, xulosa.

Tushuncha-narsa va hodisalarning muhim belgilarini, bog’lanishlarini, mohiyatini so’zlar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat tafakkur shakli. Boshqa psixologik mahsullar kabi, tushunchaning ham manbai moddiy dunyodir.

Hukm-narsa va hodisalar, ularning belgi hamda xususiyatlari haqida tasdiq yoki inkor ma’nosini bildirgan fikr.

Xulosa – bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida yangi hukm hosil qilishdan iborat tafakkur shakli. Xulosada mavjud hukmlar asoslar deyiladi, ulardan hosil bo’lgan yangi hukm esa, xulosa deyiladi. Masalan, «Barcha sayyoralar harakatlanadi, oy sayyora, demak, oy harakatlanadi».

TSitseron: «Insonlar bir-birlaridan uzishi kerak bo’lgan soha – bu insonni hayvondan farqlovchi narsa, ya’ni nutqdir», - degan edi.

G’aliz odamning nutqi ham qo’pol, qashshoq bo’ladi, garchand har xil maqol-matallarni, ajnabiy iboralarni, begona fikrlarni so’z ko’rki deb ko’p ishlatsa-da, aslida esa bular o’zining fikri sayozligidan, nutqi qashshoqligidandir. Bu jihatdan tarbiya ko’rgan odam esa so’zga boy bo’ladi, fikrini ifodalash uchun begona unsurlarga ehtiyoj sezmaydi, bir aytgan so’zni boshqa ishlatmaydi.

1697-1773 yillarda yashab, faoliyat yuritgan mashhur ingliz davlat arbobi Chesterfild o’zining «Farzandga maktublar» asarida nutqning inson hayot faoliyatidagi ahamiyati haqida shunday deb yozadi: «Kimki ko’zga ko’ringan inson bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ysa, faqatgina bilim olish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Bilimni ko’rsata olish, unga munosib libos tanlash, jilo berish, ya’ni boshqalarga o’z fikrini, ilmini namoyish qilish san’atini egallamoq, muhim ahamiyat kasb etadi. Agar fikr qo’pol, palapartish ifodalangan bo’lsa, uning mazmuniga hamma ham birdek tushunib yetavermaydi. Ko’p yillik tajribamga asoslanib aniq aytishim mumkinki, sof til, nafis uslub bilimdagi ancha-muncha kamchilikni sezdirmaydi. Nutq tushunarli bo’lishi uchun yana ba’zi bir narsalar kerak bo’ladi, Demosfen (eramizdan avvalgi 387-322 yillarda yashagan afinalik jamoat arbobi ma’lumki, u tutulib gapirardi) o’zida mavjud bo’lgan tabiy nuqsonni yo’q qilish uchun nimalar qilganini eshitgan. Bundan tashqari, u buron paytida sohilga borib, o’z-o’ziga nutq so’zlar, shu yo’l bilan olomon oldida, uning shovqin-suroni: bosgudek nutq so’zlashni mashq qilardi. Xullas, nutqing biron-bir kamchilik, nuqson bo’lsa, astoydil o’z ustingda ishlasang, hammasi bartaraf bo’ladi".

Insonning tafakkuri va nutqi o’zaro birlikda rivojlanadi va namoyon bo’ladi. Tafakkurning har qanday turida nutq intiroq etadi. So’z tushunchalar, mulohazalarni ifodalash tuzish, buyum hamda hodisalarni ongda aks ettirish vositasi bo’lib hisoblanadi.

Inson nutqining mazmuni va shakli uning kasbiga, tajribasiga, temperamentiga, xarakteriga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga bog’liq bo’ladi. Nutq vositasida odamlar o’zaro bilim va axborotlar almashadilar, bir-birlariga hamda o’zlariga ta’sir o’tkazadilar. Ammo, nutq va til ba’zilar o’ylaganlaridek bir narsa emas.



Tilbu insoniy muloqot, tafakkur va ifoda vositasi bo’lgan belgilar tizimi. Til yordamida inson tashqi dunyoni, shunindek, o’zini biladi, xulq-atvorini boshqaradi va hokazo. Til mazmunan ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, uni o’zlashtirish inson ruhiyatiga juda katta ta’sir ko’rsatadi ham uning ongining shakllanishiga sharoit yaratadi. Til tarix jamiyat paydo bo’lishi bilan hamkorlikdagi mehnat jarayonida yaratilgan.

Dunyoda 5000 atrofida tillar bo’lib, har biri o’ziga xos so’zlar zahirasiga va grammatik tuzilishiga ega. Har bir so’z ma’no xususiyatlariga ega va biron-bir tushunchani o’zida ifodalashi mumkin. Ular yordamida insonlar borliqni undagi qonuniyatlarni anglaydilar.

Tilning rivoji birinchi o’rinda muloqot va o’zaro ta’sirni taqozo qiladigan jamoa mehnati bilan bog’liq. Dastlab til juda sodda va tovushlardangina iborat bo’lgan. Haqiqiy insoniy nutqning paydo bo’lishi bilan inson, uning ongi jamiyat rivojlanishi uchun katta imkoniyat tug’ildi. Til yordamida insonlar o’zlarining ijtimoiy tajribalarini, madaniy me’yor va an’analarini boshqa kishilarga hamda kelajakdagi avlodga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Til, tafakkur bilan izchil aloqadorlikka ega bo’lganli uchun ham ruhiy jarayonlarning hammasida ishtirok etadi. Imo-ishoralar, garchi, ular vositasida juda ko’p narsani yetkazi berish imkoniyati mavjud bo’lsa-da, tilga nisbatan yordamchi vazifasini o’taydi. Dastlab tovushlar va ularning birikmalari ibtidoiy jamoa a’zosi uchun xulq-atvor sababchisi, kiyinroq esa boshqaruvchisi vazifasini bajargan. Keyinroq nutqiy muloqotning murakkablashishi bilan esa u haqiqiy belgilar tizimiga aylandi.

So’z va gap tilning haqiqiy birliklari hisoblanadilar, Ular mazmun va ma’noga ega. So’zda ifodalangan axborot uning mazmunini tashkil qiladi. So’z yordamida ob’ektlar belgilanadi, ularning belgilari umumlashtiriladi. So’zning ma’nosi esa ob’ektiv borliqdagi buyum va hodisalarni individual idrok qilish hamda tushunishda namoyon bo’ladi. Shaxsda so’z mazmun va ma’nosini yaqinlashuvi bir nechta bosqichlar orqali o’tadi, ya’ni avval u tarqoq tushuniladi va boshqa shunga o’xshash so’zlardan ko’p ham farqlanmaydi, keyinroq esa ushbu so’z nisbat berilayotgan ob’ektning mohiyati anglanib, so’z bilan ular o’rtasida munosabat o’rnatiladi.

Har bir odam dunyoga kelar ekan nafaqat tafakkur, balki, hamma ruhiy jarayonlar rivoji uchun zarur bo’lgan tayyor til bilan uchrashadi.



Nutq – bu tildan individual foydalanish jarayoni. Boshqalar bilan muloqot jarayonida biz tildan eng ko’p foydalanamiz. Insonga tovushlardan buyumlarni belgilashda foydalana bilash va voqelikni anglash layoqati berilgan. Inson nutqi voqelikni miyada belgilar vositasida aks ettirishdan iborat. Bu esa axborotni kodlash va uzatishning asosiy vositalaridan biridir. O’zga kishilar nutqini tushunish uchun uni qaytadan kodlash, ya’ni ichki ma’noga ko’chirish kerak bo’ladi. Shu orqali so’z anglatadigan ma’no bilib olinadi. Bu esa miya analitik-sintetik faoliyatining natijasi.

Nutqni idrok qilish jarayonida uning eng ko’p axborot beradigan qismi ajratiladi, ayni vaziyat uchun muhim bo’lgan ma’no tanlanadi. Nutqni tanish va anglash jarayoni ma’lum bir belgilarni ajratib olishga asoslanadi. SHaxs alohida harflar yig’indisini idrok qilish bilan nutqni tushunadi.

So’z qo’zg’atuvchi sifatida uch xil shaklda namoyon bo’ladi: eshitish, ko’rish va harakat. SHunga mos ravishda miyada uchta nutq markazlari rivojlangan: eshitish markazi, kurish markazi va harakat markazi. Ular shartli reflekslar orqali butun miya bilan bog’langan bo’lib, bir odam nutqining boshqa kishiga har tomonlama ta’sir etish mexanizmini, shuningdek, o’z-o’zini ishontirish, o’z-o’ziga buyruq berish va hokazolarni tushuntirish mumkin.

Insondagi nutq markazlari nafaqat u gapirayotganda, balki, o’ylayotganda ham qo’zg’aladi. Masalan, inson biron masalani yechayotganda bir vaqtning o’zida nutq markazi va nutq harakat apparatida kuchli qo’zg’alish kuzatiladi. So’z ta’sirida miya qobig’ida insonga o’zidagi ruhiy jarayonlar (ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va hokazo)ni ongli ravishda boshqarish imkonini beruvchi muvaqqat bog’lanishlar tizimi – ikkinchi signallar tizimi shakllanadi. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha predmetli harakatlarning aqliy harakatlarga aylanishida nutq faoliyati muhim vosita bo’ladi. Aqliy harakatlarning shakllanishida tashqi harakatlar tartibi dastlabki tanishuvdan tashqari ularni nutqda bajarish tashqi va ichki ham muhim bosqich bo’lib hisoblanadi.

So’z miya qobig’ini faollashtirishga va oldingi tajribalarni faoliyatga jalb etishga qodir. U nafaqat ikkinchi signallar tizimiga, balki, u orqali birinchi signallar tizimiga va hatto miya qobig’i ostiga ham ta’sir etadi. So’z yordamida inson ruhiyati va faoliyatini zarur tomonga yo’naltirishi mumkin.

Psixologiya nuqtai nazaridan nutq ko’p vazifalarni bajaradi. U eng avvalo belgilash, atash vazifasini bajaradi. Har bir so’z yoki gap, predmet va hodisalarni aks ettiruvchi muayyan mazmunga ega bo’ladi. Ko’pgina so’zlar bir guruh predmetlarni anglatadi: tank, samolyot, raketa va hokazo. Ushbu so’zlarning o’zi muayyan tank, samolyot va hokazolarni belgilash uchun ham ishlatiladi. Nutqning ma’lumot berish vazifasi axborot, bilim va tajribalarni yetkazib berishda moyon bo’ladi.

Nutqning ifoda vazifasi insonning o’z hissiyotlar ehtiyojlari va munosabatlarini gapining talaffuzida, urg’usida, tuzilishida, qiyoslashda, maqollarda berishida o’z ifodasini topadi.

Nutqda insonning temperamenti va xarakteri, uning aqliy hissiyot va iroda sifatlari ko’rinib turadi. Insondagi o’zini qo’lga ola bilish, tashkilotchilik, maqsad sari intilish yoki aksincha, faoliyatsizlik, loqaydlik, shubha kabilar uning nutq talaffuzida aks etadi.




Download 37,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish