Signal chizig'i. U o'rtacha MACD sifatida hisoblanadi, ya'ni har bir qiymat olinadi va o'rtacha hisoblanadi. Odatda, bu qiymat 9 ga teng.
Gistogramma. Narx ko'tarilishi / tushishi bilan MACD chizig’i va signal chizig’i orasidagi masofa o'zgaradi. Gistogramma ana shuni ko'rsatadi. Uning vazifasi- ikkita MACD chizig'ining bir-biridan uzoq yoki yaqin joylashganligini aniq ko'rsatib berishdir.
Foydalanishning umumiy prinsipi quyidagicha. Gistogramma nol chizig'idan yuqori bo'lsa va uning qiymati oshsa, demak, narx oshib bormoqda. Aksincha, agar gistogramma nol chizig'idan past bo'lsa, narx tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |