7-bob. Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi


Aholi turmush darajasi sifatini oshirish



Download 0,98 Mb.
bet17/20
Sana16.06.2021
Hajmi0,98 Mb.
#68210
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
7-mavzu

Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.Ko’pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati” ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tovarlarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;

  • mehnatga haq to’lash darajasi;

  • madaniy muhitning sifati va boshqalar.

Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing eng avvalo tovarlar to’planib, sotilmay qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, yaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.

Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu siz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida hisoblash chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi – mavjud bozor segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati – uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor psixologiyasi tovar va firma bog’lanib qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir.



Marketologlar, soda veb sahifalarni tashkil etgan holda, iste’molchilarga yordam berib, kuchilroq iste’molchi munosabatini tashkil etishlari mumkin.

Axborot texnologiyasidagi rivojlanish, T-T ga marketing jarayonini o’zgartirib yubordi.Online sotib olish, ko’p hollarda e-xarid deb atalib, ohirgi yillarda tezlikda rivojlandi. 15 yil oldin nomalum bo’lgan, hozirgi kunda ko’p korxonalar uchun odatiy jarayonga aylanib ulgurdi.

E-xarid, ko’p hollarda korxonalarga yetkazib beruvchilarni aniqlashda yangi imkoniyatlarni ochib, xarid harajatlarini kamaytirgan holda, ishni ancha yengillashtirdi. O’z navbatida, marketologlar, iste’molchilar bilan onlayn tarzda aloqaga kirishgan holatda ma’lumot yetkazish, mahsulot yoki servisni sotish, iste’molchini quvvatlash xizmatini bajarib, mavjud iste’molchi munosabatini rivojlantirishi mumkin.

Korxonalar, e-xaridni, ko’p yo’llar orqali bajarishlari mumkin.Ular teskari auksion, ya’ni buyurtmasni internetga joylashtirgan holda, yetkazib beruvchilar taklifini kutishlari mumkin.Shuningdek, korxona e-xaridni bajarish maqsadida, o’ziga tegishli bo’lgan, kompaniya xarid saytlarini tashkil etishlari mumkin. Misol uchun, GE, o’z ehtiyojlari joylashtirib, takliflarini qabul qilib, muzokara qilish, joyni kelishish kabi ishlarni bajaruvchi kompaniya xarid saytlarini tashkil etishlari mumkin. Ba’zi hollarda, kompaniya tanlangan yetkazib beruvchilar bilan ekstranet ssilkalarini tashkil qilishlari mumkin. Misol uchun, ular Dell yoki Staples kabi korxonalar bilan umumiy akkaunt ochgan holda, bunda korxona jixoz, manbalarni to’g’ridan to’g’ri xarid qilishadi. Staples, tadbirkorlikdan tadbirkorlikka ishlaydigan, Staples Advantage bo’limini tashkil qilib, 20 ta ischi dan tortib Fortune dagi 1000 ta ishchini o’ziga oluvchi, istalgan kattalikdagi bizneslar uchun offis jixozlarini yetkazib berish bilan shug’ullanadi. 6

Yuqorida sanab o’tilgan marketing harakatlarining barchasidan bir vaqtda foydlanish lozim. Mana shundagina marketingli faoliyat iste’molsidan sanoat korxonalariga va savdoga, ulardan esa qarama-qarshi yo’nalishdagi uzluksiz axborot oqimini ta’minlaydi. Bu esa o’z vaqtida ishlab chiqarishda, tovar assortimentiga. Sotish shartlariga, xizmat ko’rsatish sohasiga o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Marketingning sanab o’tilgan maqsadlari va vazifalari bozor faoliyatini tashkil qilish to’g’risida to’liq tushuncha bera olmaydi. Chunki bozor muammolarini to’liq halqilish uchun tayyor retseptning o’zi bo’lishi mumkin emas.



Zigmund Freydning ta’kidlashicha inson hatti harakatlariga asos bo’luvchi haqiqiy omillarni anglatmaydi. Masalan, BMW usti ochiq sport versiyasini olgan xaridor, xaridining sababi qilib shunchaki unga shamol esib turishi istagi deb keltirishi mumkin. Balki u boshqalarda taassurot qoldirishni yoki o’zini yana yosh his qilishni istaydi. 7

113-rasm



Marketingni qo’llashdan oldin avvalombor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini hisobga olish lozim. Chunki marketing – murakkab, harakat va sabr-toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U bir tomondan aholining yetarli darajada yuqori bo’lgan ehtiyoji va talabiga, uning xarid qobilyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka javob berishi kerak.

Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash erkinlikka javob berishi kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta’minlash uchun tovar assortimentini tez o’zgartirish , uni ommaviy ravishda o’zlashtirishga javob beradigan bo’lishi lozim.Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradi. Bunda tashqari marketingli faoliyatyuritish uchun, korxonani boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashqi savdodagi aloqalar, yuqori darjada jihozlangan bozor kanallari orqali realizatsiya qilishdan iborat tashkiliy masalalarni hal qilish zarur.



Osiyo-Amerikan iste’molchilar. 16 millionni tashkil etuvchi, 2015 yilga kelib, yillik xarid quvvati 775 milliard dollarga yetgan guruh vakillari hisoblanadi. Osiyoliklar eng shiddatli rivojlanish bo’yicha Ispan-Amerikanlardan keyingi o’rinda turgan bozor segmenti hisoblanishadi. Shuningdek, ular Ispan-Amerikanlarga o’xshab turli guruhlardan tashkil topgan. Xitoyliklar eng katta qismni tashkil etsada, ulardan keyin Filippinlar, Hindlar, Vietnamlar, Koreyaliklar va Yaponlar guruxituradi. Faqatgina turli xilshevada gapiruvchi Ispanlardan farqli o’laroq, bu guruh vakillari tili bir birinikidan keskin farq qiladi.

Osiyolik iste’molchilar ko’p xarid qilishadi va boshqa millat vakillaridan farqli o’laroq, bitta brendga va bitta mahsulotga juda sodiq bo’lishadi. Shu sababdan, ko’p korxonalar shu guruh vakillariga o’z e’tiborlarini qaratmoqdalar. Misol uchun, Subaru kompaniyasining asosiy xaridorlari Osiyoliklar, aniqroq qilib aytganda Amerika Xitoyliklari bo’lganliklari sababli, korxona aynan shu guruhga bor e’tiborini qaratgan.8

114-rasm



Ko’p hollarda, marketologlar xaridorlarni ularda muammo borligiga ishontirishadi va shu mahsulot shu muammolarni hal qilishga yordam berishini ta’kidlashadi.

Misol uchun, Quill.com ning mashhur reklamasi, xaridor ko’p hollarda uchraydigan muammosini ko’tarib chiqadi: Printeringiz siyohi tugab qolsa, nima qilish kerak. Reklamadagi vizual effektlar, mavzuni hiralashtirib va yana paydo qilib, juda ham samarali tarzda, ham muammoni ham yechimni ko’rsatadi. “Siyohingiz tugab qolsa, biz uni tezlik bilan almashtirib beramiz” deb yoziladi, Quill.com da.9

Tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonida ko’pgina ta’sirlar duchor bo’lishadi. Ayrim iqtisodchilar bu ta’sirlarni iqtisodiy deb ta’kidlashadi. Ular, xaridorlar eng yaxshi mahsulot yoki xizmatlarni eng past narxlarda yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilishadi deb o’ylaydi. Iqtisodiyotda turg’unlik davrlarida, bunday omillar xaridor uchun juda muhim hisoblanadi. Zero, tadbirkor xaridorlar aslida ham iqtisodiy ham insoniy omillarni hisobga olishadi. Tadbirkor xaridorlar ham odam, jamiyat a’zolari. Ular ham sabab ham xis tuyg’uga asoslanishadi. Ko’pgina marketologlar tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonlarida xis tuyg’u muhim rol o’ynashini tan olishmoqda.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish