7-bob. Bank krediti


Kredit hujjatlari yig’majildini tashkil qilish



Download 97,62 Kb.
bet3/3
Sana01.06.2022
Hajmi97,62 Kb.
#624718
1   2   3
Bog'liq
Банк кредити

Kredit hujjatlari yig’majildini tashkil qilish

Kredit shartnomasi bo’yicha asosiy qarzni (yoki asosiy qarzning bir qismini) qaytarish muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaganlik uchun to’lanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar shaklidagi javobgarlik bo’lmay, sudlar tomonidan unga kredit mablag’laridan foydalanganlik uchun shartnomaviy to’lov shakli sifatida qaralishi lozim.
Muqaddam kechiktirilgan majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaganlik uchun (majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun) javobgarlik choralari sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar bo’yicha qo’llaniladi. Agar kredit shartnomasida majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari ko’rsatilmagan bo’lsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq javobgarlik choralarini qo’llashni talab qilishga haqlidir.
O’zьekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to’langan bo’lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo’lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to’lanishi kerak.
Kredit shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi kredit tashkilotini kredit shartnomasini bekor qilish paytidan boshlab qaytarish kuniga qadar pul mablag’laridan foydalanilgan butun davr uchun Fuqvrolik Kodeksida nazarda tutilgan foizlarni olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Qonun bo’yicha har qanday haqiqiy majburiyat garov bilan ta’minlanishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan, mavjud qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishiga yo’l qo’yiladigan har qanday mol-mulk (korxona, bino, inshoot, jihoz, boshqalar) garov narsasi bo’lishi mumkin.
SHu bilan birga, garov huquqi shartnoma bilan garovga qo’yuvchining mulkiga kelgusida qo’shiladigan mol-mulkiga ham tatbiq etilishi mumkin.
Qarzdorning o’zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo’yuvchi bo’lishi mumkin. Kafillik — uchinchi shaxsning boshqa shaxs kreditori oldidagi mazkur shaxsning kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlari bo’yicha to’la yoki qisman javobgar bo’lish majburiyatidir.
Kafillik shartnomasi boshqa shaxsning kreditori va kafil o’rtasida tuziladi. Kafillik alohida shartnoma bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek kafillik to’g’risidagi shartlar ular bilan qaysi shartnoma majburiyatlari ta’minlanayotgan bo’lsa, shu shartnomaga kiritilishi mumkin. Bunday holda shartnoma kreditor, qarzdor va kafil tomonidan imzolanadi.
Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so’ng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko’rsatilgan holda, mijoz uchun ssuda hisobvarag’i ochish to’g’risida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga ssuda hisobvarag’i ochiladi.
Har bir berilgan kreditga unga xizmat ko’rsatuvchi kredit xodimi tomonidan qarzdorlik to’la so’ndirilgunga qadar kredit ishini umumlashtiruvchi mijozning ssuda kartochkasi ochiladi va yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasida 2015 yil 14 iyulda 2696-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom"iga muvofiq tijorat banklarining kredit qo’yilmalari tasniflanadi va ular bo’yicha maxsus zahiralar shakllantiriladi.
Kreditni tasniflash tizimi quyidagi mezonlar bo’yicha qarzdorni baholashdan boshlanadi:

  • - tendentsiya va tarmoq (iqtisodiy sektor) kelajagi; - qarzdorning moliyaviy axvoli; - mijozning kredit tarixi;

  • - muayyan loyixaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi; - korxonadagi menejment sifati.

  • Bank aktivlari qo’yidagi toifalar bo’yicha tasniflanadi: standart, substandart,qoniqarsiz, shubhali va umidsiz.



Kreditlarning sifati bo’yicha
sinflari

Ehtimoliy yo’qotishlar bo’yicha zahiralar uchun ajratmalar normasi

1

Standart

1%

2

Substandart

10%

3

Qoniqarsiz

25%

4

SHubhali

50%

5

Umidsiz

100%

O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan xo’jaliklarni kreditlash Markaziy bank tomonidan 1999 yilda tasdiqlangan yo’riqnomasi va me’yoriy xujjatlarga asosan amalga oshiriladi.


Kreditning qaytarilmay qolinishining oldini olish maqsadida bank qarzdordan kredit moddiy, pul, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa ko’rinishdagi boylik bilan ta’minlangan bo’lishini talab etadi. Ta’minlanganlikning asosiy ko’rinishlari mulk va qimmatli qog’ozlarni garovga olish, kafillik va kafolot (garantiya) bo’lib hisoblanadi. Baozi hollarda banklar tomonidan beriladigan kredit hisobiga xo’jaliklar uchun beriladigan avans pullar sug’urtalanishi mumkin (masalan, qishloq xo’jaligida). Yaqin kunlargacha bevosita kreditlarni sug’urtalanishiga yo’l qo’yilmas edi, ammo 2000 yildan kichik biznes sub’ektlari uchun kredit Ta’minoti sifatida sug’urta polisidan foydalanish mumkin.
Qimmatli qog’ozlar va mulk garovi, kafillik va garantiya xujjatlari balansdan tashqari schetda 1 sum bahoda hisobga olinadi va ssuda to’la qaytarilgach, chiqim qilinadi.
Download 97,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish