7-amaliy mashg‘ulot
1. Yozuv deb tilning matn orqali ifodalanishiga aytiladi. Bunda matn yozuv tizimi deb nomlanuvchi tayinli belgi va ramzlardan iborat bo’ladi. Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o’rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri.
3. Voqea – hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi. Bu atama “chizilgan” va “yozaman” degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
6. Biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo’g’in belgilar majmui.
7. Piktografik yozuvda hodisani ifodalash uchun chizmalardan foydalaniladi. Bu yozuv faqat boshlang’ich tushunchalari ifoda etishga yordam beradi. Ideografik yozuv turida esa piktogrammalar orqali ifodalab bo’lmaydigan yozuv turidir.
8. Yozma nutq og’azki nutqni yozma shaklda ifolashning shaklidir. Yozma nutq, avvalo, u manba. Hozirgi paytda uni qayta o’qish, tuzatish, boshqa so’z va so’z birikmalari bilan almashtirish mumkin. Yozma nutq namunasidagi maqsadni to’la anglash uchun imlo hamda tinish bеlgilarining xususiyatlarini o’quvchi ham yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi lozim. Aks holda, matn zavq-u shavqidan bеbahra qolinadi.
1 – topshiriq: Piktografik, logografik, iyeroglifik, fonografik kabi yozuv turlari haqidagi ma’lumotlaringizni ushbu jadvalga joylang.
Piktografik
|
Logografik
|
Iyeroglifik
|
Fonografik
|
Voqea – hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv. Bu atama “chizilgan” va “yozaman” degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.
|
Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (yunoncha “idea – tushuncha”,”grafo – yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos – so’z”, “grafo - yozaman”). Yozuvdagi ramzlar narsa – buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.
|
Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif yunoncha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi.
|
|
2 – topshiriq:
Aa Bb Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu Vv Xx Yy Zz O’o’ G’g’ Shsh Chch Ngng ’(tutuq belgisi)
3 – topshiriq:
Аа Бб Вв Гг Дд Ее Ёё Жж Зз Ии Йй Кк Лл Мм Нн Оо Пп Рр Сс Тт Уу Фф Хх Цц Чч Шш Ъъ Ьь Ээ Юю Яя У’у’ К,к, FF Х,х,
Do'stlaringiz bilan baham: |