7-amaliy mashg’ulot. Shamsiy va qamariy harflar Reja


Fors tilining yirik namoyandalari



Download 51,76 Kb.
bet4/11
Sana01.01.2022
Hajmi51,76 Kb.
#302762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Inoyatova Zuhro (5)

4.Fors tilining yirik namoyandalari.

Fors tilining yangi davr taraqqiyoti bosqichida juda ko‘p boy yozma asarlar yaratildi. Bular, asosan, fors adabiyotining yirik vakillari tomonidan yaratilgan adabiy-badiiy asarlar va mashhur tarixshunoslar tomonidan yozilgan tarixiy-ilmiy yodgorliklardan iborat. Masalan, Buxoroda Rudakiy (X asr), Xurosonda Firdavsiy (X–XI asr), Nishopurda Umar Hayyom (XI–XII), Sa’diy (XII–XIII) va Hofiz (XIV) Sherozda, Jomiy (XV) Hirotda ijod qilganlar.

Fors tilida buyuk olim Abu Ali Ibn Sino, buyuk tarixchilar Gardiziy, Bayhaqiy, Rashiddinlar ijod qilishgan. Bu davrda turli markazlarda bu tilda yozilgan badiiy va ilmiy asarlar til nuqtai nazaridan bir-biriga qiyos qilsak, ba’zi bir leksik xususiyatlarini nazarda olmaganda, bu yodgorliklar tilining umumiy bo‘lganligini ko‘ramiz.

Bu davr fors-tojik tilida yaratilgan adabiyot O‘rta dengizdan tortib, Hindistonga qadar bo‘lgan keng hududni o‘z ichiga oladi va bu adabiyot eron, afg‘on, tojik, ozarbayjon, hind va o‘zbek xalqlari tomonidan yaratilgandir.

Fors tili tarixini bunday davrlarga – taraqqiyot bosqichlariga bo‘lib o‘rganish bir muncha shartlidir. Til juda sekinlik bilan o‘zgarib boradi. U to‘satdan jiddiy o‘zgarishlarga uchramaydi, aks holda omma uchun tushunarli bo‘lmay qoladi, o‘zining aloqa quroli bo‘lishidek ulkan vazifasini yo‘qotib qo‘yadi. Shuning uchun tilning taraqqiyot davrlarini bir-biridan qat’iy chegaralar bilan ajratib qo‘yib bo‘lmaydi .

IX asrda adabiy til sifatida rasmiylashgan fors tili o‘zining hozirga qadar bo‘lgan ming yillik taraqqiyoti davrida ancha o‘zgarishlarga uchradi. Bu o‘zgarishlar asosan uning lug‘at tarkibida paydo bo‘ldi. Ya’ni qadimgi adabiy yodgorliklar tilida uchragan juda ko‘p so‘zlar hozirgi zamon fors tilida uchramaydi va aksincha, fors tili arab, turk-mo‘g‘ul, hamda G‘arbiy Ovrupo tillaridan kirgan juda ko‘p so‘zlar hisobiga lug‘at tarkibini boyitdi.

XX asr boshlariga kelib, Eronda fors adabiy tilini jonli tilga yaqinlashtirish harakati boshlandi. Ko‘p yozuvchilar o‘z asarlarida jonli tilga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni ishlatishga harakat qildilar. Shunday bo‘lishiga qaramay, Fors adabiy tili bilan jonli til o‘rtasida ancha tafovut saqlanib kelmoqda. X1X asrning oxiriga kelib bu tilda proza juda rivojlandi. Uning rivojlanishiga hozirgi Eron yozuvchilaridan Sodiq Hidoyat, Bo‘zo‘g Alaviy, Muhammad Ali Jamolzoda, Sodiq Chubak, Jalol ol Ahmad, Xusrav Shohani, G‘ulomhusayin Saidiy, Bahrom Sodiqiy, Jalol Mir Sodiqiy, Ismoil Fosih, Ahmad Mahmud shoirlardan Suxrob Sepahri, Ahmad Shomlular katta hissa qo‘shdilar.

Savollar

  1. Fors tili qaysi tillar oilasiga mansub?

  2. Eroniy tillar guruhiga oid tillarni sanang.


  3. Fors tilining tarixiy taraqqiyotini olimlar necha davrga bo’lib o’rganadilar.


  4. Qadimgi davr fors tili qaysi sulolaning davlat tili bo’lib, nechachi asrlarni o’z ichiga oladi va qaysi yozuv asosida yozilgan?


  5. O’ta davr fors tili nechanchi asrni o’z ichiga oladi, qanday yozuvdan foydalanilgan, qaysi sulolaning davlat tili bo’lgan, bizgacha qanday manbalar etib kelgan?


  6. Yangi davr fars tili nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi. Qanday yozuvdan foydalanilgan. Qaysi sulolaning davlat tili hisoblangan?


  7. Qadimgi fors tili bilan hozirgi fors tilining qanday farqlari bor?


  8. Fors adabiyotining yirik vakillari va ularning asarlarini sanab o’ting.





Download 51,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish