7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Kondensatorlarning izolyatsiya qarshiligini aniqlash. Kondensatorlarning asosiy parametrlarini o’rganish



Download 249,62 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi249,62 Kb.
#666364
  1   2
Bog'liq
7-Amaliy mashg’ulot Mavzu Kondensatorlarning izolyatsiya qarshi
MOSLIKLAR11, 1-mavzu.Auditning mohiyati, zarurligi va ahamiyati. (2), soz birikmasi, soz birikmasi, soz birikmasi, soz birikmasi, soz birikmasi, Maftuna, yakuniy nazorat uchun test savollariiiiiiiiiiiii, псих общения, 6-mavzu Yozma muloqot va uning xususiyatlari-hozir.org, Sportchilarni yillik va ko\'p yillik tayyorlash jarayonida uzoq vaqtli moslashuvning tashkil topishi, Мактаб шартномаси - копия, 02s

7-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Kondensatorlarning izolyatsiya qarshiligini aniqlash. Kondensatorlarning asosiy parametrlarini o’rganish.
Hozirgi zamon radio qurilmalarida kondensatorlar keng qo‘llanilmoqda. Elektr kondensator dielektrik bilan ajratilgan ikki yoki undan ko‘p elektrodlar (qoplamalar) dan tashkil topgan tizim bo‘lib, bunda dielektrik qalinligi qoplamalar o‘lchamlariga nisbatan kichik. Elektrodlarning bunday tizimi o‘zaro elektr sig‘imiga ega bo‘ladi. Elektr kondensator tayyor mahsulot ko‘rinishida elektr zanjirlarda ishlatiladi, ya’ni jamlashtirilgan sig‘im zarur bo‘lgan paytlarda. Elektr kondensatorlarda dielektriklar sifatida gazlar, suyuqliklar va qattiq elektr izolyasiyali moddalar, shuningdek yarimo’tkazgichlar xizmat qiladi. Ular tebranish konturlarini hosil qilish, elektr zanjirlarini ajratib qo‘yish uchun, shuningdek, filtrlarning elementi bo‘lib xizmat qiladi. Elektr kondensator qoplamalari orasida gazsimon va suyuq dielektriklar bo‘lganda qoplamalar sifatida metall plastinalar tizimi foydalaniladi, bunda plastinalar oralig‘i doimiy bo‘ladi. Qattiq dielektrik holida elektr kondensator qoplamalari yupqa metall filtlardan tayyorlanadi yoki metall qatlamlari bevosita dielektrikka yotqiziladi. Ayrim turdagi elektr kondensatorlar uchun metall folga sirtiga (1 qoplama) dielektrikning yupqa qatlami yotqiziladi, 2-qoplama sifatida metall yoki Yarimo’tkazgich plyonka, u dielektrik qatlamiga boshqa tomondan yotqiziladi yoki elektrolit (unga oksidlangan folga botiriladi) ishlatiladi.
Kondensatorlarni tafsivlovchi asosiy parametrlari:
1) sig‘im nominal miqdori;
2) nominal miqdordan og‘ishi yo‘l qo‘yilgan miqdor;
3) ish kuchlanishi;
4) teshib o‘tish sinov kuchlanishi;
5) izolyasiya qarshiligi yoki sizish toki hisoblanadi.
Shuningdek, kondensator dielektrigida bo‘ladigan isrofni, harorat va namlik o‘zgarganda sig‘im miqdorining turg‘unligini tafsivlovchi miqdorlar ham uning muhim parametrlari hisoblanadi.
Sig‘im nominal miqdoridan og‘ishga yo‘l qo‘yilgan miqdor kondensatorning aniqlik sinfiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p kondensatorlarni qarshiliklarga o‘xshab, uch aniqlik sinfiga bo‘ladi:
1-sinf nominal miqdordan og‘ish ± 5 %;
2-sinf nominal miqdordan og‘ish ± 10 %;
3-sinf nominal miqdordan og‘ish ±26 %.
Kondensatorning ish kuchlanishi, uning uzoq vaqt normal ishlashini ta’minlovchi kuchlanish miqdorini ko‘rsatadi. Ish kuchlanish miqdori volt bilan kondensatorning ustida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Sinov kuchlanishi kondensatorning dielektrigi teshilmay ma’lum vaqt (odatda bir minutdan oshmaydi) chidashi kerak bo‘lgan kuchlanish miqdorini ko‘rsatadi. Kondensatorning ustida, ko‘pincha, dielektrikning teshilishi (materialining ishdan chiqishi) bir necha sekundda ro‘y beradigan teshib o‘tish kuchlanishini miqdori ko‘rsatiladi.
Izolyasiya qarshiligi keltirilgan ma’lum miqdordagi kuchlanishda kondensatorning «sezuvchi» tok miqdorini tavsiflaydi.
Izolyasiya qarshiligi odatda MegaOm yoki MOm/mkf da ifodalanadi. Izolyasiya qarshiligining miqdori kondensator korpusida ko‘rsatilmaydi, lekin uni yuqori sezgir Ommetr bilan o‘lchash mumkin.
O‘zgaruvchan tok kondensator orqali o‘tganda dielektrikda tok qisman isrof bo‘ladi, bu kondensatorni qizishga olib keladi. Tashqi muhitning harorati va namligi o‘zgarganda sig‘im miqdori ham o‘zgaradi, chunki kondensator plastinkalarining o‘lchami va dielektrikning singdiruvchanligi ham o‘zgaradi.
Kondensatorning tuzilishi shunday bo‘lishi kerakki, natijada sig‘im o‘zgarishlari juda oz bo‘lsin.
Kondensatorlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan sig‘imli bo‘ladi. O‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorda sig‘imni ma’lum oraliqda tekis o‘zgartirish mumkin.
Kondensator sig‘imini oz oraliqda o‘zgartirish uchun Yarim o‘zgaruvchan (sozlovchi) kondensatorlar ham mavjud bo‘lib, ular apparaturani sozlashda ishlatiladi.
Kondensatorlar havo dielektrikli, qattiq dielektrikli (qog‘ozli, slyudali, keramikali) va elektrolitli (quruq va nam) bo‘lishi mumkin.
O‘zgarmas sig‘imli kondensatorlarning asosiy turlarini tavsifini ko‘rib o‘tamiz.
Qog‘ozli kondensatorlar (102-rasm) past chastotalarda filtrlash, blokirovkalash va o‘tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. Bu kondensatorlardagi dielektrik—maxsus modda shimdirilgan qog‘ozdir.
10-jadvalda qog‘ozli kondensatorlarning parametrlari haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan.



Download 249,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti