7 - AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: ELEKTROMAGNIT O’LCHASH O’ZGARTKICHLARI.
Ishdan maqsad: Kiruvchi fizik kattaliklarni chiquvchi elektr signallarga aylantirib beruvchi signal o`zgatkichi haqidagi elektromagnit effektni o`rganish.
Kerakli asbob va materiallari. Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlarini konstruksiyasi bilan tanishish. Elektromagnit o’lchash o’zgartkichlarining asosiy harakteristikalarining nazariy va eksperimental tekshiruvlari.
Elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlarida o‘lchanayotgan noelektrik kattaliklar materialning magnit xossalari hisobiga unga proporsional bo‘lgan elektrik kattalik (e.yu.k. yoki tok) ka va R, L, C, M parametrlariga aylantiriladi. Qo‘llaniladigan elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlaridan induksion, induktiv, transformator va magnit qisiluvchi o’lchash o’zgartkichlarikeng tarqalgan.
o’lchash o’zgartkichlarivazifasi va ishlash prinsipiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Ular vazifasiga ko‘ra mexanik, gidravlik, issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar o’lchash o’zgartkichlariga bo‘linadi. Generator o’lchash o’zgartkichlarida o‘lchanayotgan noelektrik kattalik unga proporsional bo‘lgan e.yu.k. yoki tokka o‘zgartiriladi.
Ularga elektromagnit, induksion, termoelektrik (termojuftliklar) yezoelektrik
va galvanomagnit o’lchash o’zgartkichlarikiradi. Parametrik o’lchash ’zgartkichda o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induksion, transformator va magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistorlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyoviy (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik o’lchash o’zgartkich kiradi (7.1- rasm).
Elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanib, chiziqli yoki burchak tezligi
ularga proporsional bo‘lgan e.yu.k. yoki tokka aylantiriladi. Induksion o‘zgartkichlar qo‘zg‘almas magnit va qo‘zg‘aluvchan g‘altak (7.1-a, b rasmlar) yoki qo‘zg‘aluvchan magnit va qo‘zg‘almas g‘altakli ko‘rinishida (7.1- d rasm) yasalishi mumkin. Bu qurilmalar ko‘pincha taxogeneratorlar deb ataladi. Ularning o‘zgartirish funksiyasi (statik xarakteristikasi) deb, chiqish kuchlanishi (U) yakorning aylanish tezligi ga bog‘liqligiga aytiladi: U = k, bu yerda: k – taxogenerator doimiysi. Real ish sharoitlarida chiqish kuchlanishi qiymatiga yakor reaksiyasi va kontakt qarshiligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
7.1- rasm. Induksion o‘zgartkichlar konstruksiyalari.
Shuning uchun ham taxogeneratorlarning statik xarakteristikasi nochiziq bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok taxogeneratorlarida:
bu yerda: k – elektromagnit koeffitsiyenti; Ф – magnit oqimi; p – statorning juft
qutblar soni; n – rotorning aylanish chastotasi, ya’ni o‘zgartkichning kirish
kattaligidir.
Maksimal sezgirlikli elektromagnit siljish o'zgartkichi. Avtomatik rostlash tizimlarida keng qo'llaniladigan adaptatsiya prinsipini rivojlantirish, uni an'anaviy
elektromagnit siljish o'zgartkichlarini takomillashtirishda joriy etish, o'zgartkichlarning metrologik va dinamik xarakteristikalarini butun o'zgartirish
diapazonida yaxshilash imkonini beradi.
Quyida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida dotsentlar Baratov R.J. va Yoqubov M.S. lar tomonidan tavsiya qilingan chiziqli siljishlarni maksimal sezgirlik bilan kuchlanishga o'zgartiruvchi elektromagnit o'lchash o'zgartkichini
ko'rib chiqamiz. O'lchash o'zgartkichning funksional sxemasi 7.2 – rasmda keltirilgan. Uning maksimal sezgirligi butun diapazonda manba kuchlanishi chastotasini avtomatik ravishda rostlash orqali, zanjirni rezonans rejimida ushlab turish yordamida amalga oshiriladi.
O'lchash o'zgartkichi П-simon qo'zg'almas magnit o'tkazgich asosiga qo'zg'atish w1 va o'lchash w2 chulg'amlari o'rnatilgan. Magnit o'tkazgich bo'ylab siljish imkoniyatiga ega bo'lgan yakor - ekran siljishi o'lchanishi lozim bo'lgan ob'ektga mahkamlanadi. O'lchash chulg'ami qismalariga uncha katta bo'lmagan qo'shimcha rezistor Rqo'sh orqali o'lchash chulg'amining induktivligi L2 bilan rezonans kontur hosil qiladigan o'zgarmas sig'im C li kondensator ulangan.
Bu konturdagi rezonans rejim, ya'ni o'lchash chulg'amidagi Uchiq kuchlanish va rezonans konturi toki o'rtasidagi faza siljish burchagi). Chastotasi o'zgartiriladigan sinusoidal tok generator (ChO'G) chiqishi qo'zg'atish chulg'amiga ulangan. ChO'G kirishiga faza sezgir detektor(FSD)ning chiqishi ulangan. FSD tayanch kirishiga qo'shimcha Rqo'sh qarshilikdagi kuchlanish pasayishi, boshqarish kirishiga esa o'zgartkich chiqishidagi kuchlanish kvadraturali faza aylantirgich (KFA) orqali beriladi. Bunda FSD ning chiqishida burchak kattaligi va ishorasiga proporsional bo'lgan kuchlanish shakllanadi. Bu kuchlanish ChO'G chastotasini avtomatik ravishda o'zgartirib, L2 C konturni rezonans rejimida ushlab turadi.
Elektromagnitlar o'zgaruvchan kuchlanish manbaidan ta'minlanganda disk harakatlanmagan paytda ham unda transformatsiya EYuK lari hosil bo'ladi. Lekin, elektromagnitlar magnit oqimlari diskni bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishlarda kesib o'tganligi va gerkon elektromagnitlardan bir xil uzoqlikda joylashtirilganligi sababli EYuK lardan hosil bo'ladigan toklarning gerkon joylashtirilgan magnit o'tkazgich 11 dagi natijaviy magnit oqimi nolga teng bo'ladi. Disk harakatga kelganda unda elektromagnitlar magnit oqimlaridan o'zaro qo'shiluvchi generator EYuK lar hosil bo'ladi. Bu EYuK lar ta'sirida diskda hosil bo'lgan generator toklar magnit maydoni ta'sirida gerkon kontaktlar o'zaro tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |